Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


suv sarfi va minerallashuvining yil davomida o‘zgarishi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   200
Bog'liq
pdf

suv sarfi va minerallashuvining yil davomida o‘zgarishi 
Nazorat savollari 
1. Daryo suvining gidrokimyoviy rejimini belgilovchi asosiy ionlarni 
ayting. 
2. Daryo suvining minerallashuvini qanday tushunasiz? 
3. Tabiiy suvlar O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha qanday sinflarga 
bo‘linadi? 
4. Daryo suvida mavjud bo‘lgan ionli oqim qanday hisoblanadi? 
5. Ionli oqim moduli nima va qanday aniqlanadi? 


169 
XIX BOB. Daryolarning harorat rejimi va ularda muzlash hodisalari 
 
19.1. Daryo suvining harorat rejimi 
Daryo suvining harorati uning gidrologik rejimida muhim o‘rin 
egallaydi. Chunki, daryolarda kuzatiladigan muzlash hodisalari, ularning 
muz bilan qoplanishi yoki muzdan xalos bo‘lishi, daryolarda kechadigan 
kimyoviy va biologik jarayonlar, daryo suvining ichimlik sifatidagi 
xususiyatlari harorat bilan bog‘liqdir.
Daryolarning harorat rejimini belgilaydigan asosiy omillar Quyosh 
nurlari va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan havo haroratidir. Bu 
jarayonda o‘zandagi suv massalari bilan atmosfera havosi o‘rtasida, 
shuningdek, o‘zan tubi bilan unda harakatlanayotgan suv massalari 
o‘rtasidagi issiqlik almashinishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Daryolarning harorat rejimi yuqoridagilar bilan bir qatorda, quyidagi 
tabiiy-geografik omillarga ham bog‘liqdir: daryo va daryo havzasining 
geografik o‘rni; iqlim sharoiti, o‘lchamlari, daryoda suvning oqish tezligi, 
daryo suvining fizik hamda kimyoviy xossalari va boshqalar.
Daryo suvi harorat rejimining kunlik, oylik, mavsumiy, yillik va 
ko‘p yillik o‘zgarishlari kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi shu 
muddatlarda daryodagi suv massalarining issiqlik balansi bilan bog‘liqdir. 
Daryoning ma’lum qismi va istalgan muddat uchun issiqlik balansi 
tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
,
Q
P
R
bk
S
m
m
q
q
q
q
yu
g
ki
o
m










bu yerda: 
R
- radiatsiya balansi deb ataladi va uning qiymati 
I
r
q




)
1
(
)
Q
(
R
ifoda bilan aniqlanadi. Oxirgi ifodada 
)
Q
(
q

- to‘g‘ri 
va sochilgan radiatsiya; 
r
- suv yuzasi albedosi; 
I
- suv yuzasidan 
samarali (effektiv) nurlanish;
P
- daryodagi suv massalari bilan atmosfera 
havosi o‘rtasida issiqlik almashish
bk
Q
- bug‘lanish yoki kondensatsiya 
jarayonlari hisobiga issiqlik almashish; 
m
q
- suv muzlashi yoki muz hamda 
qorning erishi hisobiga issiqlik almashish;
o
q

- suv massalari bilan o‘zan 
tubi orasida issiqlik almashish;
ki
q
- kinetik energiyaning issiqlik 
energiyasiga aylanishi natijasida suv massalarining isishi; 
g
m
- issiqlikning 
gurunt - yer osti suvlari bilan qo‘shilishi yoki shimilish natijasida 
sarflanishi; 
q
yu
m

- yuqori va quyi gidrologik stvorlar orqali issiqlik 
almashish; 
S
- hisob intervali oralig‘ida daryodagi suv massalarida 
issiqlik zahirasining o‘zgarishi. 
Yuqoridagi tenglikda barcha kattaliklar 
2
sm
g

da ifodalanadi. Ularning 
barchasi, shuningdek 
S
ham, manfiy yoki musbat qiymatlarda kuzatilishi 
mumkin. Lekin, 
ki
q
faqat musbat qiymatlarga ega bo‘ladi.


170 
Yuqorida keltirilgan ifodani qisqartirgan holatda quyidagicha yozish 
mumkin: 
,
)
(
1
2
C
B
A
c
H
S
p










Yuqoridagi ifodada: 
H
- daryoning chuqurligi, 
sm


- suvning 
zichligi, 
3
sm
g

p
c
- suvning issiqlik sig‘imi, 
K
g


g

2
1
va


- boshlang‘ich 
1
t
va oxirgi 
2
t
vaqtlardagi suvning harorati; 
A
- suv bilan havo, 
B
- suv bilan 
o‘zan tubi va 
C
- suv bilan boshqa turdagi (
m
q
,
o
q


ki
q

g
m
,
q
yu
m

) issiqlik 
almashinishlar.
Yuqoridagi ifodalarda barcha kattaliklar birlik yuza, ya’ni 1 sm
2
ga 
tegishlidir. Shuning uchun yuqoridagi tenglamada suv massasi asosining 
yuzasi 1 sm

va balandligi 
H
sm bo‘lgan suv ustuni hajmining zichlik (


ga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Suv haroratining ma’lum 
1
t
va 
2
t
vaqtlar oralig‘idagi o‘zgarishi, 
yuqoridagi ifodaga asosan, quyidagicha aniqlanadi:









p
c
H
C
B
A
1
2

Ushbu ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryo suvi haroratining 
o‘zgarishi, ya’ni ko‘tarilishi yoki pasayishi, suv - havo, suv - o‘zan tubi va 
suvning harakati natijasidagi hamda boshqa ko‘rinishlardagi issiqlik 
almashishlar bilan bog‘liqdir. 
Yuqoridagi 
jarayonlarni 
o‘rganish 
asosida 
P.P.Kuzmin, 
A.P.Braslavskiy, Z.A.Vikulina va boshqalar quyidagilarni qayd etadilar. 
Ular o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yozda suv massalari o‘zan 
tubini, kuz va qishda esa, aksincha, o‘zan tubi guruntlari suv massalarini 
isitadi. 
Daryodagi suv oqimi kinetik energiyasining issiqlik energiyasiga 
aylanishi natijasida qo‘shiladigan issiqlik miqdori 
)
(
ki
q
quyidagi ifoda 
bilan hisoblanadi: 



i
h
q
ki





bu yerda: 

- suvning solishtirma og‘irligi, 

- suvning oqish tezligi, 
h

daryoning chuqurligi, - suv yuzasi nishabligi; 

- issiqlikning mexanik 
ekvivalenti. 
Yuqori va quyi gidrologik stvor (kesma)lar orqali issiqlik 
almashinuvi 
)
(
q
yu
m

ning qiymatini quyidagi ifoda bilan hisoblash 
mumkin:
t
Q
Q
c
m
p
q
yu







)
(
2
2
1
1



,


171 
bu yerda: 
1
Q
va 
2
Q
- vaqt oralig‘i(
t

) da yuqori va quyi gidrologik 
stvorlarda qayd etilgan o‘rtacha suv sarfi; 
1

va 
2

shu gidrologik 
stvorlarda kuzatilgan suv haroratining o‘rtacha qiymatlari. 
Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryolarda o‘zgaruvchan 
harakat bo‘lganda, ya’ni to‘linsuv yoki toshqin davrlarida
)
(
q
yu
m

ning 
qiymatlari ortadi. 
Kuzda Quyoshdan keladigan issiqlik radiatsiyasi miqdori keskin 
kamayib, aksincha, suv yuzasidan samarali nurlanish ortadi. Shuningdek, 
bu mavsumda daryodagi issiqlikning ma’lum qismi daryo yuzasiga 
yog‘adigan qor zarrachalarini eritishga, muzlashga sarflanadi. Bu 
jarayonlarning hammasi daryolarda issiqlik miqdorining kamayishiga, 
natijada, undagi suv harorati pasayishiga olib keladi. 
Daryo yuzasi muz bilan qoplanganda issiqlik almashinuvi, asosan, 
o‘zan tubi bilan kechadi. Bahorda esa, daryolar muz qoplamidan xalos 
bo‘lgach, issiqlik almashinuvida quyosh nurlari va atmosfera havosining 
hissasi keskin ortadi.
Yuqorida bayon etilgan omillar ta’sirida, daryolarning harorat 
rejimida kunlik, mavsumiy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlar kuzatiladi 
(19.1-rasm). 
S
u
v
n
in
g
h
ar
o
ra
ti

0
С
O y l a r 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling