Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Erigan moddalar oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlari
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
18.2. Erigan moddalar oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlari
va ularni hisoblash Daryolar suvida ma’lum miqdorda organik va noorganik moddalar ionlimolekulyar yoki kolloid holatda uchraydi. Ularning ma’lum bir hududdan ma’lum bir vaqt davomida daryolar suvi bilan oqizilib ketgan miqdori erigan moddalar oqimini tashkil etadi. Erigan moddalar oqimining eng katta qismini ionli oqim tashkil etadi. Asosiy ionlar sarfi ( U Q ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: U Q Q U , bu yerda: Q suv sarfi, m 3 /s; U minerallashuv darajasi, mg/l. Ionlar sarfi kg/s da ifodalanadi. Ma’lum bir vaqt davomidagi ionli oqim ( U W ) hajmi tonnalarda ifodalanadi va quyidagicha hisoblanadi: T Q W U U , ifodadagi T hisoblash davri (oy, yil) bo‘lib, sekundlarda ifodalanadi. Ionli oqim miqdorini quyidagi kattalik yordamida ham aniqlash mumkin: U W W U , bu yerda: W hisoblash davri (oy, yil) dagi suv oqimi hajmi (m 3 ); U shu davr uchun minerallashuv darajasining o‘rtacha qiymati (mg/l). Daryoning ma’lum bir hisob davridagi (oy, yil, fasl) ionli oqimining havzaning birlik yuzasiga to‘g‘ri keladigan miqdori ionli oqim moduli deb ataladi, uni quyidagi ifodalar bilan hisoblash mumkin: F W M U U yoki U M M U 0315 , 0 , ifodalardagi F daryo havzasining maydoni (km 2 ), M suvning oqim moduli ( 2 / km sek l ), ∑U hisoblash davridagi minerallashuv darajasining o‘rtacha qiymati (mg/l). Ionli oqim moduli , / 2 yil km tonna oy km tonna 2 / kattaliklar bilan ifodalanadi. Bayon etilgan yo‘l bilan organik moddalar, biogen elementlar oqimi ko‘rsatkichlarini ham hisoblash mumkin. Ionli oqim miqdori va uning yil ichida taqsimlanishi daryoning 167 suvliligi va minerallashuv darajasiga bog‘liq. Shu tufayli bir xil sharoitda eng ko‘p ionli oqim miqdori eng yirik daryolarga to‘g‘ri keladi (18.1jadval). Shu bilan bir qatorda, suv oqimi miqdori bir xil bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda joylashgan daryolarda ionli oqim miqdori katta bo‘ladi. Masalan, Amudaryo (63 km 3 ) va Indigirka (58 km 3 ) daryolarining o‘rtacha yillik oqimi hajmi deyarli bir xil, lekin Amudaryoning ionli oqimi Indigirkaga nisbatan 10 martadan ko‘proqdir. Ionli oqim moduli tog‘ daryolarida tekislik daryolariga nisbatan katta bo‘ladi. Masalan, tog‘ daryolariRioni (Kavkaz) daryosida 146 t/km 2 ·yil yoki Amudaryoda 85 yil km tonna 2 / ga teng bo‘lsa, tekislik daryolari hisoblangan Shimoliy Dvina daryosida boryo‘g‘i 2,94 yil km tonna 2 / yoki Neva daryosida 10,4 yil km tonna 2 / ga teng. 18.1jadval Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling