Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
nerallashuvi deb, uning bir litrida mavjud bo‘lgan gramm yoki milligram
miqdoridagi erigan moddalarga aytiladi. O.A.Alyokin barcha tabiiy suvlarni, shu jumladan, daryo suvlarini ham ular tarkibidagi anionlar miqdoriga bog‘liq holda quyidagi uchta sinfga bo‘lgan: 1) gidrokarbonatli (karbonatli) suvlar: ularda / 3 HCO va // 3 CO anionlari boshqa anionlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi; 2) sulfatli suvlarda SO 4 '' anionlari ko‘p; 3) xloridli suvlarda Cl' anionlari ko‘p bo‘ladi. Yer kurrasidagi daryolarning juda katta qismi gidrokabonatli suvlar sinfiga mansubdir. Ulardan so‘ng sulfatli suvlar va oxirida xlorli suvlar sinfi turadi. Daryolarning to‘yinish manbalariga va suv rejimi davrlariga bog‘liq holda asosiy ionlar orasidagi nisbat yil davomida o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik daryolarda toshqin va to‘linsuv davrlarida / 3 HCO anionlari va Ca'' kationlari miqdori nisbatan ortsa, kam suvli davrda SO 4 '', Cl' anionlari va Na' kationlari ko‘payadi (18.1, 18.2rasmlar). Ayrim daryolar to‘yinish manbalariga bog‘liq holda minerallashuv darajasi bo‘yicha yilning turli davrlarida turli sinflarga mansub bo‘ladi. Masalan, Amudaryo yozda (iyulavgust), asosan, muzlik suvlari hisobiga to‘yingani uchun gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, qishda (yanvar mart) xloridli sinfga, qolgan vaqtlarda esa sulfatli sinfga mansub bo‘ladi. Shunga o‘xshash, Lena daryosi to‘linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga 164 tegishli bo‘lsa, qishda esa xloridli sinfga kiradi. Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasiga, ya’ni tarkibida erigan moddalar miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin tomonidan quyidagi to‘rtta guruhga ajratilgan: 1. Kam minerallashgan suvlar: minerallashuv darajasi 200 mg/l, ya’ni har litr suvda 200 milligrammcha erigan modda bo‘ladi. 2. O‘rtacha minerallashgan suvlar (200500 mg/l). 3. Yuqori darajada minerallashgan suvlar (5001000 mg/l). 4. O‘ta minerallashgan suvlar (1000 mg/l dan katta). Yer kurrasidagi daryolar suvining minerallashuvi ular suv to‘playdigan havzalarning namlik darajasi bilan bog‘liqdir. Masalan, nam iqlimli hududlarda daryolar suvi minerallashuvi juda kichik (Amazonka daryosida 3550 mg/l ga teng) bo‘lsa, qurg‘oqchil hududlarda (O‘rta Osiyo, Qozog‘iston) 1000 mg/l dan ortadi. Daryolar suv sarfi bilan minerallashuv darajasi orasida teskari bog‘lanish mavjud, ya’ni suv sarfining ortishi natijasida minerallashuv darajasi kamayadi (18.1, 18.2rasmlar). Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling