Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   200
Bog'liq
pdf

Nazorat savollari 
1. 
Daryoning issiqlik balansi tenglamasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? 
2. Radiatsiya balansining qiymati qanday ifoda bilan aniqlanadi? 
3. To‘g‘ri va sochilgan radiatsiyani izohlab bering. 
4. Suv yuzasi albedosi nimani ifodalaydi? 
5. Suv yuzasidan samarali (effektiv) nurlanish daryoning issiqlik 
balansiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
6. Daryodagi suv massalari bilan atmosfera havosi o‘rtasida 
kunduzgi va tungi issiqlik almashish qanday farq qiladi? 
7. 
Kinetik 
energiyaning 
issiqlik 
energiyasiga 
aylanishini 
ifodalaydigan kattalik manfiy qiymatga ega bo‘lishi mumkinmi? 
8. Daryolarda muzlash hodisalarini o‘rganish xalq xo‘jaligining 
qaysi sohalari uchun muhim hisoblanadi? 
9. O‘zbekiston daryolarida muzlash hodisalari kuzatiladimi? 
10. Muzlash hodisalarini prognozlashning qanday turlarini bilasiz? 
 


175 
XX BOB. Daryolarda sel toshqinlari 
Ushbu mavzuda asosiy e’tibor sel toshqinlari hosil bo‘lishining asosiy 
qonuniyatlarini yoritishga hamda sellarning hudud bo‘yicha tarqalishi va 
takrorlanishi masalalariga qaratiladi. Shuningdek, sel havzalarini umumiy 
va maxsus o‘rganish, sel o‘choqlari, sel o‘zanlari va yoyilmalarini tadqiq 
etish, sel havzalarida nazorat obyektlarini o‘rnatish, sel oqimlari ta’siriga 
tushishi mumkin bo‘lgan hududlarda maxsus kuzatish ishlarini tashkil etish 
masalalari alohida ko‘rib chiqiladi. Ayni paytda, sel toshqinlarining 
maksimal sarflari va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini yoritishga 
alohida e’tibor qaratiladi. 
 
20.1. Sel toshqinlari, ularning hosil bo‘lishi va turlari
Respublikamiz xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining o‘sib 
borishi bilan ilgari inson kam yashaydigan tog‘li hududlarda yangi aholi 
maskanlari va turli xalq xo‘jaligi obyektlari, suv inshootlari barpo 
etilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, tog‘li yerlar jadal sur’atlarda 
o‘zlashtirilmoqda. Bu jarayon tog‘li hududlarda kuzatiladigan sel 
toshqinlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
Sel toshqinlari tog‘ oldi va tog‘li hududlardagi daryolarda kuzatiladi. 
Ularning kelib chiqishi uzoq davom etadigan kuchli jala yomg‘irlar, havo 
haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida qor qoplami hamda 
muzliklarning jadal suratlarda erishi va boshqa omillar bilan bog‘liqdir. Sel 
toshqinida daryodagi suv sathi va sarfining qisqa muddat ichida juda tez 
sur’atlarda ortishi kuzatiladi. 
Sel toshqinlari o‘zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan 
kattaligi bilan ajralib turadi. Ular qulay gidrometeorologik sharoitlarda 
ayni bir daryo yoki soyda deyarli har yili bahor va yoz oylarida kuzatilishi 
mumkin. 
Sel toshqinlari jarayonlarining quyidagi uch turini farqlash lozim: 
 eroziya - tashuvchi sel jarayoni; 
 eroziya - siljituvchi sel oqimi; 
 siljituvchi sel jarayoni.
Ushbu turlarning birinchisi suv va loyqa oqiziqlar oqimlarining 
paydo bo‘lishi va daryo yoki soy o‘zanida harakatlanishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Qolgan ikkitasi o‘zanda katta zichlikka ega bo‘lgan loyli va loy-
toshli oqimlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Ushbu har uch turdagi 
jarayon o‘zining xavfli tarzda namoyon etishi bilan ajralib turadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling