Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.1-rasm. Ugom daryosining o‘ng sohilidagi sel o‘yiqlari va loy-toshli sel uyulmalari
Siljituvchi sel jarayoni. Ushbu turdagi jarayon tufayli hosil
bo‘ladigan sel oqimlarining shakllanish imkoniyati PSM ga keladigan suv oqimi va siljitish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ta’rif qoya tubi sel o‘choqlarida yig‘iluvchi yumshoq - chaqiq qatlamlarga taalluqlidir. Muzlagan morenalarda filtirlovchi toshqin ta’sirida ivib qolgan tog‘ jinsi bo‘lagi massivi PSM bo‘ladi. Agar PSMda loyli qatlam katta miqdorda mavjud bo‘lsa, sel oqimi o‘z harakatida plastik xususiyatlarni namoyon qiladi. 177 Siljituvchi jarayon yumshoq - chaqiq tog‘ jinslarning ichki ishqalanish burchagi soyliq (o‘zan)ning qiyalik burchagidan uncha katta bo‘lmagan holda kuzatiladi. Shuningdek, bu jarayon PSM da suv toshqini natijasida yuzaga kelgan siljituvchi kuchlar ularga qarshilik qiluvchi kuchlardan katta bo‘lganda rivojlanib boradi. PSMdagi tog‘ jinslarining siljishi va keyinchalik ularning suv oqimi bilan birga harakatlanishi natijasida sel massasi hosil bo‘ladi. Bu jarayonda loyli va loy-toshli sel toshqinlarining shaklllanishi ro‘y beradi. Ta’kidlash joizki, sel oqimining atigi bir turi bilan tavsiflanadigan sel havzalari ham uchrashi mumkin. Biroq ko‘p hollarda yagona bir o‘zanda barcha turdagi sel oqimlari birgalikda yoki navbatma-navbat kuzatilishi mumkin. Barcha holatlarda suv oqimlari o‘zandagi loyli, loy-toshli va boshqa ko‘rinishdagi tog‘ jinslari uyumlarini yuvib, seldan keyingi o‘yiqlarni vujudga keltiradi (20.1-rasm). 20.1-rasm. Ugom daryosining o‘ng sohilidagi sel o‘yiqlari va loy-toshli sel uyulmalari 178 20.2. Sel toshqinlarining tarqalish xususiyatlari Sel jarayonlari tog‘li mamlakatlarda keng tarqalgan. Mamlakatimizning tog‘li, ya’ni Sharqiy qismi sel jarayonlari faol bo‘lgan yirik hududlardan biri sanaladi. Bu yerlardagi deyarli barcha vaqtinchalik oqar jilg‘alar, soylar va daryolarda sel toshqinlari tez-tez kuzatiladi. Ular tabiat boyliklari, xalq xo‘jaligi obyektlari va turli inshootlarga katta zarar yetkazadi. Umuman, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi sel jarayonlari va ularning ko‘lami haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Birgina Farg‘ona vodiysiga uni o‘rab turgan tog‘ yonbag‘rlaridan 300 ga yaqin sel xavfi mavjud bo‘lgan daryo va soylar oqib tushadi. Bu yerlarda kuzatiladigan sel toshqinlarining turlari, taqsimlanishi va takrorlanishida balandlik mintaqalariga xos bo‘lgan qonuniyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, tog‘larning yuqori zonalarida loyli va loy-toshli sel oqimlari vujudga keladi. Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan past tog‘ etaklarida esa o‘ziga xos suv-oqiziqli sel oqimlari - adir sellari shakllanadi. Ular uzoq vaqt tinimsiz yoqqan jala yomg‘irlar natijasida paydo bo‘ladi va ba’zi daryolar havzalarida yil davomida bir necha bor takrorlanishi mumkin. Sel jarayonlari G‘arbiy Tyan-Shan (Chotqol, Qurama, Sandalash, Ugom, Piskom, Qorjantov tizmalari) daryolari va soylarida ham o‘ziga xos tarzda, tez-tez kuzatiladi. Ular jala yomg‘ir yoki qorning jadal erishi natijasida, ba’zan esa har ikki omilning birgalikdagi ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Pomir-Oloy daryolari va soylari, shu jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalari ham sel oqimlarining faolligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston hududida, tog‘ daryolari havzalarida yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha yillik normadan katta bo‘lgan yillarda sel toshqinlari xavfi ortadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi deyarli har yili fevralning oxiri yoki mart oyining boshlarida maxsus qaror qabul qiladi. Ushbu qarorlarning asosiy maqsadi mamlakatimizda sel oqimlari tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning, ularning og‘ir oqibatlarining oldini olish, moddiy zararni bartaraf etish yoki, hech bo‘lmaganda, ularning zararini kamaytirishdan iboratdir. Tog‘li hududlardagi daryolar havzalarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham sel toshqinlari kuzatilishi mumkin. O‘zMU “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasida ishlab chiqilgan “Sel toshqinlari” kartasida (20.2-rasm) muammoni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan yoritishda asosiy e’tibor quyidagi ikki holatga qaratilgan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling