Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
20.3. Sel toshqinlarini o‘rganish bo‘yicha
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sel havzalarini o‘rganish.
181 20.3. Sel toshqinlarini o‘rganish bo‘yicha dala tadqiqot ishlari “O‘zgidromet” tizimida sel toshqinlari masalalari bilan ixtisoslashgan maxsus bo‘limlar shug‘ullanadi. Gidrometeorologik stansiyalar va postlarga ega bo‘lgan suv obyektlari (daryolar, soylar)da sel oqimlarining shakllanishi va o‘tishi doimiy kuzatib boriladi. Ixtisoslashgan bo‘limlar turli dala tadqiqotlari va Gidrometeorologiya xizmati markaziga biriktirilgan hududlardagi sellar haqida to‘plangan ma’lumotlarni tartibga soladilar. O‘z faoliyati davomida selni o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan qismlar stansiya va postlarga tayanadilar, oxirgilari esa sellarning hosil bo‘lishi haqida axborot beradilar. Sellarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar xodimlari dala sharoitida ishlash qoidalari bilan tanishtiriladi va selni o‘rganuvchi guruhlar bilan birgalikda o‘sha joyning o‘zida kuzatish obyektlarini tanlaydilar. Har yili hosil bo‘ladigan barcha katta va kichik sel oqimlari imkon qadar o‘rganilishi lozim. Misli ko‘rilmagan kuchli sel oqimlari o‘tgan hollarda gidrometeorologik stansiyalar bu haqda “O‘zgidromet”ga darhol xabar berishlari shart. Sel havzalarini o‘rganish. Sel havzalarini o‘rganish va tadqiq etish quyidagi masalalarni hal etish maqsadida olib boriladi: a) daryo havzalarida qor to‘planishi, baland tog‘lardagi ko‘llar holati, daryo o‘zanlarida tog‘ jinslarining mavjudligi va hokazolarga baho berish; b) sel havzalari aks etgan aerofotosuratlarni deshifrovkalash natijalarini tahlil qilish; v) turli havzalarda sel faoliyati ko‘lami va sel havzalarini solishtirma baholash. Dala tekshiruvlarini olib borishdan avval, bo‘lib o‘tgan sellar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, sel o‘choqlarini oldindan aniqlash maqsadida kartografik va aerofotosurat materiallarini o‘rganish zarur. Odatda, shu maqsadda 1:40000-1:25000 masshtabdagi aerofotosuratlar bo‘yicha sel obyektlari deshifrovka qilinadi, so‘ng nazorat aerovizual kuzatuvlari olib boriladi. Deshifrovka natijalari 1:100000, 1:50000 masshtabdagi topoasosga tushiriladi. Tipik va nisbatan katta bo‘lmagan joylarda sel obyektlari topilsa, ularni har tomonlama o‘rganish maqsadida kattaroq masshtabdagi aerofotosuratlar yoki topografik kartalardan foydalanish mumkin. Shuningdek, aerovizual kuzatuvlar bevosita yer yuzasidagi rekognossirovka tekshiruv ishlari bilan birgalikda olib borilishi ham 182 mumkin. Tekshirilayotgan hududni aerovizual o‘rganish natijasida ma’lum bo‘lgan va yangi aniqlangan sel obyektlari yirik masshtabli topografik kartada maxsus, masshtabdan tashqari belgilar bilan ko‘rsatiladi. Sel toshqinlari oqiziqlarining daryo yoki soylar uzunligi bo‘yicha va ularning qayirlarida cho‘kish zonalarini tekshirish jarayonida kutilayotgan sel hodisasi zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarga alohida e’tibor berish lozim. Dala sharoitida amalga oshirilgan kuzatuvlar natijasida sel ko‘lamlariga ko‘ra va sel xavfi bo‘lgan yerlarda, xalq xo‘jaligi obyektlarining mavjudligini hisobga olgan holda, ixtisoslashgan maxsus tekshiruvlarning zarurligi va ularning taxminiy hajmi baholanadi. Rekognossirovka tekshiruvlarining yakuni sifatida maxsus jadvallar va texnik hisobotlar tuziladi. Mutaxassislar tomonidan sel hazalarining karta - sxemalari tuziladi. Ushbu karta - sxemalar sellarni o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan texnik hisobotlarga ilova qilinadi. Karta - sxemalarni tuzishda sel o‘choqlari va sel o‘zanlarining alohida belgilaridan foydalaniladi (20.3-rasm). Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling