Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   200
Bog'liq
pdf

 
19.2. Daryolarda muzlash hodisalari 
Suv havzalari, jumladan, daryolar, ko‘llar va suv omborlarida 
muzlash hodisalarini o‘rganish xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Bu 
masala, ayniqsa, suv transporti, gidroenergetika, irrigatsiya, ichimlik suv 
ta’minoti va boshqa sohalar ish faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
O‘zbekiston sharoitida muzlash hodisalari ko‘llar va suv omborlari 
bilan bir qatorda, ko‘plab kichik tog‘ daryolari, Sirdaryo va Amudaryoning 
yirik irmoqlari hamda ularning o‘rta va quyi oqimlarida deyarli har yili 
kuzatiladi. Bu daryolarda muz qoplami, asosan, kuz va qish oylarida 
shakllanadi. Bu jarayon yuqorida yoritilgan mavzu, ya’ni daryolarning 
harorat rejimi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
O‘zbekiston daryolarida kuzatiladigan muzlash hodisalarini quyidagi 
uch guruhga ajratish mumkin: 
1) barqaror muzlash hodisalari kuzatiladigan daryolar. Bu guruhga 
asosan Amudaryoning quyi oqimi kiradi. Daryoning mazkur qismida 
muzlash hodisalari har yili noyabr, ba’zan dekabr oylarida boshlanib
fevralning oxiri – mart oyigacha davom etadi. Umuman olganda, bu yerda 


173 
muzlash hodisalari har yili takrorlanadi va barqaror muz qoplami eng 
kamida 40-60 kun saqlanib turadi; 
2) barqaror bo‘lmagan muzlash hodisalari kuzatiladigan daryolar. 
Bu guruhga Sirdaryoning Kal qishlog‘idan Chinozgacha bo‘lgan qismi, 
Norin va Qoradaryolarning quyi oqimi, Kosonsoy, G‘ovasoy, Sox, Isfara, 
Zominsuv, Sangzor, Piskom kabi daryolar misol bo‘ladi. Mazkur 
daryolarda muz qoplami qish faslida daryolarning qirg‘oq qismlarida 
shakllanadi. Daryoda suvning oqish tezligi nisbatan kichik bo‘lgan 
uchastkalarda esa suv yuzasi muz bilan to‘la qoplanadi, lekin bu jarayon 
uzoq davom etmaydi; 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling