Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


O‘zandagi suv oqimining gidrodinamik tahlili


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   200
Bog'liq
pdf

 
21.2. O‘zandagi suv oqimining gidrodinamik tahlili 
O‘zandagi suv oqimining gidrodinamik tahlilini quyidagi ikki 
yo‘nalishda amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Ochiq o‘zanlarda suv harakati rejimining turlariga bog‘liq holda. 
2. Ochiq o‘zanlarda suv harakatining turlariga bog‘liq holda. 
Quyida o‘zandagi suv oqimining gidrodinamik tahlilini har ikki 
yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, barcha suyuqliklar, shu jumladan, ochiq o‘zanlarda 
oqayotgan suv ham quyidagi ikki xil rejimda harakat qiladi

1) laminar rejimli harakat

 
2) turbulent rejimli harakat. 
Suyuqlik zarrachalarining va shu zarrachalardan tashkil topgan 
qatlamlarning bir-biriga nisbatan tartibli va parallel harakati laminar 
rejimli harakat bo‘ladi (21.1-rasm). 
21.1-rasm. Laminar rejimli harakat sxemasi
Laminar rejimli harakatda quyidagi shartlar bajariladi

1. Suv oqimini tashkil etgan zarrachalarning tezligi o‘zgarmas va bir 
xil yo‘nalishda bo‘ladi. 
2. O‘zan tubida tezlik «0» ga teng bo‘lib, yuqori tomon ortib boradi 
va suv yuzasiga yaqinlashishi bilan kamayadi. 
3. Suv oqiminining harakati uning yopishqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tabiiy o‘zanlarda laminar rejimli harakat juda kam hollarda 
kuzatiladi. Masalan, bunday harakat tekislik daryolarida kam suvli davrda 
uchrashi mumkin. Laminar rejimli harakat sun’iy o‘zanlar - kanallarda 
ham suv kam bo‘lgan va shu tufayli tezlik juda kichik bo‘lgan holatlarda 
uchraydi. 
Ochiq o‘zanlarda suvning tartibsiz, girdobsimon harakati turbulent 
rejimli harakat deb nomlanadi. Unda quyidagilar kuzatiladi

1. Oqimning har bir nuqtasida tezlik miqdor va yo‘nalishi jihatdan 
o‘zgarib turadi. 


192 
2. O‘zan tubida tezlik «0» ga teng bo‘lmaydi, eng katta tezlik esa 
oqim markazida kuzatiladi. 
3. Suv oqimining harakati uninig yopishqoqligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Laminar rejimli harakat qilayotgan suvning tezligi ortishi bilan 
turbulent rejimli harakatga aylanadi. Ular orasidagi chegara masalasi XIX 
asr oxirlarida O.Reynolds tomonidan o‘rganilgan. U taklif etgan son, ya’ni 
Reynolds soni ana shu chegarani aniqlashga imkon beradi. Tabiiy ochiq 
o‘zanlar uchun Reynolds soni quyidagi ifoda bilan aniqlanadi



ўрт
ўрт
h


Re

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling