Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Loyli va loy-toshli sel oqimlarning eng katta sarflarini aniqlash


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   200
Bog'liq
pdf

Loyli va loy-toshli sel oqimlarning eng katta sarflarini aniqlash. 
Loyli va loy-toshli sel oqimlarining izlari asosida ularning maksimal 
sarflari va oqim tezligini aniqlash ancha murakkab masaladir. O‘zan 
qismlarini tanlashga doir yuqorida keltirilgan talablar mazkur holda ham 
o‘rinlidir. O‘zanning hisoblash qismlariga bo‘lgan qo‘shimcha talablar 
quyidagicha bo‘lib, ularga rioya qilmaslik yuzlab foizlarda qayd etiladigan 
xatoliklarga olib kelishi mumkin:
1. Tanlangan qismdagi sel o‘zani yuvilmaydigan tub jinslardan 
o‘tgan bo‘lishi lozim.
2. Nafaqat qismning o‘zida, balki uning yon-atrofida ham torayish 
yoki to‘siqlar bo‘lmasligi kerak.
3. Hisob qismidagi qiyalik unga tutash qismlardagi qiyalikdan bir 
muncha kattaroq bo‘lishi zarur. Agar belgilangan maydon ostona bilan 
tugasa, yanada samarali bo‘ladi. 
Qayd etilgan barcha talablarni to‘laligicha bajarish ancha mushkul 
ekanligi tabiiy, biroq ularga imkoniyat darajasida rioya qilinmasa, keyingi 
o‘lchashlar va hisoblashlarni olib borish har doim ham kutilgan natijani 
bermaydi.
Loyli va loy-toshli oqimlarning maksimal sarflari ikkala sohillar 
bo‘yicha ham aniq qayd etilishi lozim, Chunki oqimning yuza qismi 
ko‘pincha notekis bo‘ladi. Qirqimlar balandligini nivelir bilan o‘lchaganda 
shuni ham esda tutish muhimki, ko‘ndalang kesim maydonining hosil 
bo‘lgan terrasalar yoki sel uyumlari bilan qoplangan qismi umumiy hisob 
maydoniga kiritilishi lozim. Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tiladigan 
sharoitlarga mos keladigan qismlarda sel cho‘kmalari hosil bo‘lmaydi.
Loyli va loy-toshli oqimning o‘rtacha tezligi, yuqorida keltirilgan 
ifodadan farqli ravishda, V.V.Golubsovning quyidagi ifodasi yordamida 
aniqlanadi: 
17
,
0
50
,
0
75
,
3
i
h




Suv-oqiziqli sel oqimlaridagi kabi loyli va loy-toshli sel oqimlarining 
maksimal sarfini qismdagi oqimning o‘rtacha tezligini ko‘ndalang kesim 
maydoniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Qo‘shimcha sifatida 
qayd etish mumkinki, loyli va loy-toshli oqimlarning qo‘shimcha belgilari 
hosil 
bo‘lgan 
qatlamlarning 
turlarga 
ajralmaganligi, 
oqiziqlar 
yoyilmalarida tarmoqlangan va qotib qolgan «tillar»ning mavjudligi, bir 
necha tonnali xarsang toshlarning oqizib o‘tmaganligi va boshqalarda aks 


188 
etadi. Ayniqsa, buday harakat belgilariga oddiy suv oqimlari qodir 
bo‘lmaydi. Shu sababdan eng katta toshlar o‘lchamlariga baho berish, shu 
yerli aholidan so‘rab-surishtirishga asoslanib, ushbu qatlamlar aynan shu 
sel oqimiga tegishli ekaniga ishonch hosil qilish yoki mazkur qatlamlar 
hosil bo‘lishining taxminiy sanasini belgilash zarur. 


189 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling