Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   200
Bog'liq
pdf

solishtirma (kilometrli) quvvati hosil bo‘ladi: 
kVt/km
,
L
N
N
sol


Daryoning butun uzunligi bo‘yicha ajratilgan uchastkalar quvvati 
yig‘indisi daryoning to‘la quvvatini beradi: 
kVt.
,
81
,
9





H
Q
N
Daryoning to‘la quvvatini havza maydoni 
F
ga bo‘lib yuborsak, 
daryo havzasining solishtirma quvvati (
n
) ga ega bo‘lamiz: 
F
N
n



Tabiiy sharoitda daryolar energiyasi suv zarrachalari va qatlamlari 
orasidagi ishqalanishlarni, yer yuzasidagi, o‘zan tubi va qirg‘oqlari 
qarshiliklarini yengishga, suvda muallaq holda va o‘zan tubida yumalab 
(sudralib) harakatlanadigan oqiziqlarni, shuningdek, suvda erigan 
moddalarni oqizishga sarf bo‘ladi. Shu ish natijasida eroziya (yuvilish) va 
oqiziqlarning akkumlyatsiyasi jarayonlari ro‘y beradi, ular esa, o‘z 
navbatida, yer yuzasi va daryolar o‘zani shakllarining o‘zgarishiga olib 
keladi. 
 
17.2. Oqiziqlarni o‘rganishning maqsadi, vazifalari 
Daryo oqiziqlarini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Ularni o‘rganish natijasida to‘plangan ma’lumotlardan xalq xo‘jaligining 


154 
juda ko‘p tarmoqlari va yo‘nalishlarida foydalaniladi. Bu yo‘nalishlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- gidrotexnik inshootlar ­ suv omborlari, GESlar, kanallar va 
ko‘priklarni loyihalash, qurish va ulardan samarali foydalanish
- daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonlari 
qonuniyatlarini o‘rganish; 
- daryo havzasida o‘rmon ­ melioratsiya ishlarini reja asosida amalga 
oshirish; 
- daryolarda suv transporti harakatini doimiy ta’minlash; 
- suv havzalari ixtiologiyasi va gidrobiologiyasi maqsadlari uchun 
o‘rganish. 
Oqiziqlar rejimini to‘g‘ri baholay olmaslik, xalq xo‘jaligiga katta 
zarar yetkazadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
Turkmanistondagi Murg‘ob daryosiga qurilgan, suv sig‘imi 75 mln. m
3
bo‘lgan Sultonbent suv ombori qisqa muddat ichida loyqa oqiziqlar bilan 
to‘lib qolgan. Dog‘istonda qurilgan Oqsuv suv ombori ham foydalanishga 
topshirilgandan keyingi uch yildayoq loyqa oqiziqlar bilan to‘lib, yaroqsiz 
holga kelib qolgan. 
Qadim zamonlardanoq daryolarda kemalar qatnovini yaxshilash 
maqsadida daryo o‘zanini to‘g‘rilash, oqiziqlar bilan to‘lib qolgan joylarni 
tozalashga majbur bo‘lganlar. Daryo o‘zanini to‘g‘rilash ishlarini amalga 
oshirish, ularni kemalar qatnovi uchun yaroqli holga keltirish, albatta, 
olimlarning ishtiroksiz bo‘lmagan. Masalan, Rossiyada V.M.Loxtin 
(1849­1919), N.S.Lelyavskiy (1853­1905), N.E.Jukovskiy (1873­1943) 
kabi yirik olimlar bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z 
tavsiyalari bilan ishtirok etganlar. 
Yuqoridagi ishlarni bajarishda oqiziqlarning miqdori, yil ichida 
taqsimlanishi, granulometrik tarkibi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj 
seziladi. Shu sababli daryolarda suv rejimining elementlari bilan bir 
vaqtda, oqiziqlarni ham doimiy­statsionar ravishda muntazam kuzatib 
borish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday kuzatishlar O‘rta Osiyoda birinchi marta 
1909 - yilda V.G.Glushkov rahbarligida tashkil etildi. Oqiziqlarni kuzatish 
usullari, ularni amalga oshirish haqidagi "Ko‘rsatma" ham shu olim 
tomonidan tayyorlangan. 
V.G.Glushkov loyqa oqiziqlarning granulometrik (mexanik) tarkibini 
tahlil qilish jarayonida pipetkalar va fraksiometrlardan foydalanish 
usullarini ishlab chiqdi va qo‘lladi. U yaratgan usullar va uskunalarning 
ba’zilari hozirgi kunlarda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. 
Rus olimi B.V.Polyakov ham oqiziqlarni hisobga olish uslublarini, 
ularni o‘lchash asboblarini takomillashtirish ustida ko‘pgina ilmiy tadqiqot 


155 
ishlarini bajargan. Bu olim tomonidan daryo oqiziqlarining rejimi va 
harakati qonuniyatlari ham o‘rganilgan. Keyinchalik daryo oqiziqlarini 
o‘rganadigan maxsus laboratoriyalar ochildi. Ularning eng yirigi DGI 
(Davlat Gidrologiya Instituti) dadir. Xuddi shunga o‘xshash laboratoriya 
Toshkentda SANIIRI (O‘rta Osiyo Irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti) da 
ham ishlab turibdi. Uning asosiy tadqiqot yo‘nalishi Amudaryo 
qirg‘oqlarida o‘pirilish hodisasi (deygish)ni o‘rganish, unga qarshi kurash 
va qirg‘oqni mustahkamlash choralarini ishlab chiqishdir. 
O‘zMU ning Geografiya fakulteti “Gidrologiya” kafedrasida ham 
daryo oqiziqlari rejimi G‘arbiy Tyanshan va Pomirdagi tog‘ daryolari 
havzasida kechadigan eroziya jarayonlari qonuniyatlarini ochib berish 
maqsadida o‘rganilmoqda. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling