Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
solishtirma (kilometrli) quvvati hosil bo‘ladi:
kVt/km , L N N sol . Daryoning butun uzunligi bo‘yicha ajratilgan uchastkalar quvvati yig‘indisi daryoning to‘la quvvatini beradi: kVt. , 81 , 9 H Q N Daryoning to‘la quvvatini havza maydoni F ga bo‘lib yuborsak, daryo havzasining solishtirma quvvati ( n ) ga ega bo‘lamiz: F N n . Tabiiy sharoitda daryolar energiyasi suv zarrachalari va qatlamlari orasidagi ishqalanishlarni, yer yuzasidagi, o‘zan tubi va qirg‘oqlari qarshiliklarini yengishga, suvda muallaq holda va o‘zan tubida yumalab (sudralib) harakatlanadigan oqiziqlarni, shuningdek, suvda erigan moddalarni oqizishga sarf bo‘ladi. Shu ish natijasida eroziya (yuvilish) va oqiziqlarning akkumlyatsiyasi jarayonlari ro‘y beradi, ular esa, o‘z navbatida, yer yuzasi va daryolar o‘zani shakllarining o‘zgarishiga olib keladi. 17.2. Oqiziqlarni o‘rganishning maqsadi, vazifalari Daryo oqiziqlarini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ularni o‘rganish natijasida to‘plangan ma’lumotlardan xalq xo‘jaligining 154 juda ko‘p tarmoqlari va yo‘nalishlarida foydalaniladi. Bu yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - gidrotexnik inshootlar suv omborlari, GESlar, kanallar va ko‘priklarni loyihalash, qurish va ulardan samarali foydalanish; - daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonlari qonuniyatlarini o‘rganish; - daryo havzasida o‘rmon melioratsiya ishlarini reja asosida amalga oshirish; - daryolarda suv transporti harakatini doimiy ta’minlash; - suv havzalari ixtiologiyasi va gidrobiologiyasi maqsadlari uchun o‘rganish. Oqiziqlar rejimini to‘g‘ri baholay olmaslik, xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Turkmanistondagi Murg‘ob daryosiga qurilgan, suv sig‘imi 75 mln. m 3 bo‘lgan Sultonbent suv ombori qisqa muddat ichida loyqa oqiziqlar bilan to‘lib qolgan. Dog‘istonda qurilgan Oqsuv suv ombori ham foydalanishga topshirilgandan keyingi uch yildayoq loyqa oqiziqlar bilan to‘lib, yaroqsiz holga kelib qolgan. Qadim zamonlardanoq daryolarda kemalar qatnovini yaxshilash maqsadida daryo o‘zanini to‘g‘rilash, oqiziqlar bilan to‘lib qolgan joylarni tozalashga majbur bo‘lganlar. Daryo o‘zanini to‘g‘rilash ishlarini amalga oshirish, ularni kemalar qatnovi uchun yaroqli holga keltirish, albatta, olimlarning ishtiroksiz bo‘lmagan. Masalan, Rossiyada V.M.Loxtin (18491919), N.S.Lelyavskiy (18531905), N.E.Jukovskiy (18731943) kabi yirik olimlar bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z tavsiyalari bilan ishtirok etganlar. Yuqoridagi ishlarni bajarishda oqiziqlarning miqdori, yil ichida taqsimlanishi, granulometrik tarkibi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj seziladi. Shu sababli daryolarda suv rejimining elementlari bilan bir vaqtda, oqiziqlarni ham doimiystatsionar ravishda muntazam kuzatib borish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday kuzatishlar O‘rta Osiyoda birinchi marta 1909 - yilda V.G.Glushkov rahbarligida tashkil etildi. Oqiziqlarni kuzatish usullari, ularni amalga oshirish haqidagi "Ko‘rsatma" ham shu olim tomonidan tayyorlangan. V.G.Glushkov loyqa oqiziqlarning granulometrik (mexanik) tarkibini tahlil qilish jarayonida pipetkalar va fraksiometrlardan foydalanish usullarini ishlab chiqdi va qo‘lladi. U yaratgan usullar va uskunalarning ba’zilari hozirgi kunlarda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Rus olimi B.V.Polyakov ham oqiziqlarni hisobga olish uslublarini, ularni o‘lchash asboblarini takomillashtirish ustida ko‘pgina ilmiy tadqiqot 155 ishlarini bajargan. Bu olim tomonidan daryo oqiziqlarining rejimi va harakati qonuniyatlari ham o‘rganilgan. Keyinchalik daryo oqiziqlarini o‘rganadigan maxsus laboratoriyalar ochildi. Ularning eng yirigi DGI (Davlat Gidrologiya Instituti) dadir. Xuddi shunga o‘xshash laboratoriya Toshkentda SANIIRI (O‘rta Osiyo Irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti) da ham ishlab turibdi. Uning asosiy tadqiqot yo‘nalishi Amudaryo qirg‘oqlarida o‘pirilish hodisasi (deygish)ni o‘rganish, unga qarshi kurash va qirg‘oqni mustahkamlash choralarini ishlab chiqishdir. O‘zMU ning Geografiya fakulteti “Gidrologiya” kafedrasida ham daryo oqiziqlari rejimi G‘arbiy Tyanshan va Pomirdagi tog‘ daryolari havzasida kechadigan eroziya jarayonlari qonuniyatlarini ochib berish maqsadida o‘rganilmoqda. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling