Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   200
Bog'liq
pdf

Iqlimiy omillar - atmosfera yog‘inlari, uning miqdori, qor yoki 
yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ishi, davomiyligi, yog‘ish jadalligi kabilar 
daryolardagi loyqa oqiziqlarning hosil bo‘lishida muhim hisoblanadi. 
Ayrim hollarda havo harorati, namligi va shamol tezligining ta’siri ham 
sezilarli bo‘lishi mumkin. 
Relyef 
elementlaridan 

havzaning 
balandligi, 
nishabligi, 
yonbag‘irlarning ekspozitsiyasi, o‘lchamlari va shakli daryo suvining 
loyqaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Havzaning tuproq sharoiti va geologik tuzilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan omillardan asosiylari sifatida tuproq va tog‘ jinslarining mexanik 
tarkibi, tabiiy xususiyatlari, suv shimish qobiliyati kabilarni aytib o‘tish 
mumkin. Sanab o‘tilganlardan tashqari havzada to‘rtlamchi davr jinslari-
ning mavjudligi ham muhim ahamiyatga ega. O‘simlik qoplami va uning 
turlari ham yuvilish jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatadi. 
Inson xo‘jalik faoliyatining oqiziqlar hosil bo‘lishiga ta’siri keyingi 
yillarda, ayniqsa, ko‘proq sezilmoqda. Bu hodisa irrigatsiya, yaylov va 


157 
texnik eroziyalar tufayli bo‘ladigan yuvilishlarning kuchayishida o‘z aksini 
topmoqda. 
 
17.4. Daryolar oqiziqlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari 
Daryo oqiziqlari o‘zandagi harakat tartibiga ko‘ra muallaq va o‘zan 
tubi oqiziqlariga bo‘linadi. Oqiziqlarni bunday ikki guruhga ajratish 
shartlidir. Chunki suvning oqish tezligi o‘zgarishiga hamda oqiziqlar 
oqimini tashkil etgan zarrachalar o‘lchami ­ diametriga bog‘liq holda ular 
suvda muallaq holda va, aksincha, o‘zan tubida yumalab (sudralib) 
harakatlanishi mumkin. Oqiziqlarni ikki guruhga ajratish gidrotexnik 
inshootlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarini echishda 
qulaylik yaratadi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling