Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
-rasm. Norin daryosi suvining (Uchqo‘rg‘on yaqinida)
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
18.1-rasm. Norin daryosi suvining (Uchqo‘rg‘on yaqinida)
minerallashuvi va undagi asosiy anionlar miqdorining yil davomida o‘zgarishi. Shu tufayli daryo suvlarining eng kam minerallashuvi toshqin va to‘linsuv davrlarida kuzatilsa, yuqori darajadagi minerallashuv kam suvli davr (mejen) ga mos keladi. Masalan, Sirdaryo oqimining tabiiy holati uncha o‘zgarmagan vaqtda (1962- yilgacha) Kal qishlog‘i yaqinida 165 to‘linsuv davridagi minerallashuvi 300500 mg/l bo‘lsa, kam suvli davrda 500800 mg/l ga teng bo‘lgan. Daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi qismi tomon ortib boradi. Masalan, Volga daryosining boshlanish qismida minerallashuv darajasi 100 mg/l bo‘lsa, quyilish qismida 300 mg/l ga yetadi, ya’ni uch marta ortgan. 18.2-rasm. Ohangaron daryosi suvining (Samarskoe qo‘rg‘oni yaqinida) minerallashuvi va undagi asosiy anionlar miqdorining yil davomida o‘zgarishi. Hozirgi kunda o‘lkamizdagi daryolarning, ayniqsa ularning quyi qismida, gidrokimyoviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgardi. Buning asosiy sabablari ekin maydonlarida hosil bo‘lgan oqava suvlarning, shaharlar va sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarning to- zalanmay, bevosita daryolarga oqizilishi bilan bog‘liqdir. Kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo havzasida daryo suvlari minerallashuvining o‘sishi 50yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Masalan, 1961- yilda Kal qishlog‘i yaqinida daryo suvining minerallashuv darajasi tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta, 1974- yilda 2,3 marta ortgan. Xuddi shu daryoda, uning quyi qismida - Kazalinsk shahri yaqinida erigan moddalar miqdori 1974- yilda 1953- yildagiga nisbatan 3,1 marta, 1975- yilda esa 5,1 marta ortgan. O‘lkamizda daryo suvlari minerallashuv darajasining ortishi Surxondaryoda 60yillardan, Amudaryo va Zarafshonda 60yillarning 166 oxiridan sezilarli bo‘la boshladi. Keyingi yillarda ularning minerallashuvi quyilishi tomon borgan sari ortib bormoqda. Natijada ko‘pgina daryolar, jumladan, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin bo‘lmay qoldi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling