176
tashuvchi sel jarayoni o‘ta murakkab bo‘lib, quyidagi geologik, gidrologik
va meteorologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir:
- jala va boshqa turdagi yomg‘irlarning yog‘ish
jadalligi,
davomiyligi;
- yomg‘ir tomchilarining o‘lchamlari, ularning yer sirtiga tushishi va
sachratma eroziyaning yuzaga kelishi;
- yomg‘ir suvlaridan yer sirtida yuza oqim hosil bo‘lishi va uning
harakatlanishi;
- daryo yoki soylarning suv to‘plash havzalarida yuza oqim ta’sirida
turli ko‘rnishdagi suv eroziyasining namoyon bo‘lishi;
- suv-loyqa oqiziqli yuza oqimlarning daryo o‘zaniga quyilishi va sel
oqimlarining shakllanishi;
- kichik jilg‘alar, kichik soylar va daryolardagi
sel oqimlarining
qo‘shilishi natijasida sel toshqinlarining hosil bo‘lishi;
- sel toshqinlarining o‘zanda harakatlanishi va ularni belgilovchi
omillarni hisobga olish va boshqalar.
Sel oqimi tarkibidagi turli o‘lchamdagi
oqiziqlarning harakati
o‘zandagi tezlik va uni belgilovchi nishablik bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash
lozimki, ivishi oson kechadigan va zaif holatda birikkan tuproq-
gruntlarning o‘zandagi harakati kichik nishabliklarda ham kuzatiladi.
Eroziya - siljituvchi sel oqimi. Jala quyishi, muzliklar faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘llar to‘g‘onlarining buzilishi oqibatida vujudga kelgan
suv oqimi sel o‘chog‘iga tushadi. Bu o‘choq
yuzasining qiyaligi yetarli
darajada bo‘lganda, ko‘ldan chiqqan suv oqimi loy-toshli oqimni
shakllantiradi. Bunda aksariyat hollarda eroziya
- siljituvchi sel oqimi
kuzatiladi. Demak, bu turdagi sel oqimi suv va potensial sel
maydonlarining (PSM) o‘zaro ta’siri jarayonida vujudga keladi.
Bunday
sel oqimida nisbatan katta, hatto xarsang toshlar ko‘rinishidagi tog‘ jinslari
ham o‘zanda ketma-ket siljib boradi. Ushbu turdagi sel toshqinlarining
davomiyligi ularni yuzaga keltirgan suv oqimlarining ta’sir muddati bilan
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: