174
Shunga o‘xshash hodisalar, ya’ni muz
tiqinlari Amudaryoning quyi
oqimida, xususan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududlarida qayd etilgan. Ko‘rinib turibdiki,
daryolar va boshqa suv
havzalarida muzlash hodisalarini o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Ana shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijalariga tayanib, daryolarda
kuzatiladigan muzlash hodisalarini prognozlash usullari ishlab chiqiladi.
Bu esa, o‘z
navbatida, daryolarda muzlash jarayonlari bilan bog‘liq
bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olishga, ularning zararini kamaytirishga
va shu maqsadda tegishli chora-tadbirlarni oldindan belgilashga imkon
beradi.
Hozirgi kunda dunyo
amaliyotida suv havzalari, jumladan,
daryolarda muzlash hodisalarini turli muddatlar uchun prognozlashning
quyidagi turlari mavjud:
1) daryolarni muz qoplashi va hosil bo‘lgan muz qoplami qalinligini
qisqa muddatli
prognozlash;
2) daryolarning muz qoplamidan xalos bo‘lish muddatlarini qisqa
muddatli prognozlash;
3) daryolarni muz qoplashi va ularning muzdan xalos bo‘lish
muddatlarini uzoq muddatli prognozlash.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda O‘zgidrometning
gidrologik
prognozlar bo‘limida daryolar va boshqa suv havzalarida kuzatilishi
mumkin bo‘lgan muzlash hodisalari haqida ogohlantirish ko‘rinishidagi
prognozlar muntazam ravishda berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: