Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Suv-oqiziqlar oqimlari sarflarini aniqlash
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.4-rasm. Loyli seldan daraxt shoxlarida qolgan izlar 20.5-rasm. Tyan-Shan archasi poyasidagi loy toshli sel izlari
Suv-oqiziqlar oqimlari sarflarini aniqlash. Selni tashkil etgan suv-
oqiziqlar oqimlarining eng katta sarfini aniqlash uchun tanlangan o‘zan qismlari quyidagi shartlarga mos bo‘lishi kerak: 1. Tanlangan qismdagi o‘zan imkon qadar to‘g‘ri, kengligi, qiyaligi va g‘adir-budurligi bo‘yicha bir xil turda, iloji bo‘lsa, o‘zgarmaydigan bo‘lishi lozim. Suv yo‘lida to‘siq bo‘lmasligi zarur. 185 20.4-rasm. Loyli seldan daraxt shoxlarida qolgan izlar 20.5-rasm. Tyan-Shan archasi poyasidagi loy toshli sel izlari 186 2. Maksimal suv sathi (MSS) sharoitida tanlangan qism uzunligi oqim kengligiga nisbatan 5 martadan kichik bo‘lmasligi kerak. 3. MSSda oqim kengligi uning o‘rtacha chuqurligiga nisbati 20 dan oshmasligi kerak. Sel oqimining maksimal sarflarini qayrning keng joylarida aniqlash mumkin emas, Chunki bunday joylarda oqimning harakatlanishi tarqoq, hatto turli suv sathlariga ega bo‘lgan ko‘rinishda kechadi. 4. MSSning belgilari o‘zanning tanlangan qismida aniq va imkon qadar har ikki sohilda belgilanishi lozim. Shuni esda tutish darkorki, o‘zan qismining to‘g‘ri tanlanishi kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal sarflarni hisoblashda ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishni kafolatlaydi. Shu tufayli ko‘proq vaqt sarf etib bo‘lsa ham, daryo oqimi bo‘ylab yuqoriroq chiqib borish va talablarga to‘g‘ri keladigan o‘zan qismi uchramagunga qadar izlanishda davom etish maqsadga muvofiq. Yuqorida qayd etilgan ishlarni olib borish tartibi quydagicha. Daryo yoki soyning tanlangan qismida oqim yo‘nalishiga perpendikulyar 3 ta ko‘ndalang qirqim ajratiladi va har bir qirqimdagi ko‘ndalang kesim maydoni (ω) bir-biridan o‘rtacha qiymatda 10% dan ko‘pga farq qilmasligi lozim: 3 2 1 2 4 1 Keyingi hisoblashlar uchun shunday qiymat tanlanadiki, unda ω dagi indekslar qirqimlarning tartib raqamlariga yuqoridan pastga yoki teskari holatda mos kelishi kerak. Qirqimlarning o‘zaro joylashish balandligi geometrik (nivelir) yoki trigonometrik (teodolit usulida) aniqlanishi mumkin. Qaysi usulni tanlash bajaruvchining o‘ziga bog‘liq. Lekin tog‘ sharoitida ikkinchisini bajarish osonroq bo‘lgani uchun, u qulayroq sanaladi. Qirqimdagi nuqtalar sonining to‘g‘ri tanlanishi va yetarli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bo‘ylama nishablik MSS belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Buning iloji bo‘lmagan hollarda o‘zan tubi bo‘ylab yoki tekshiruv vaqtida chekka ko‘ndalang qirqimlar orasidagi masofani taxminan 2 marta ko‘paytirilganiga teng bo‘lgan qismdagi suv sathi yordamida hisoblanadi. Tanlangan qismdagi oqimning o‘rtacha tezligini V.V.Golubsov ifodasi yordamida hisoblash tavsiya etiladi: 17 , 0 67 , 0 5 , 4 i h bunda: h - oqimning o‘rtacha chuqurligi, i - tanlangan qismning bo‘ylama nishabligi. Suv-oqiziqlardan iborat sel oqimining maksimal sarfi, oqimning 187 o‘rtacha tezligi ( ) ni ko‘ndalang kesim maydoning o‘rtacha qiymati ( ) ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi: макс Q . Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling