183
Sel toshqinlari va ular kuzatilgan havzalarni maxsus o‘rganish va
tadqiq etish juda muhimdir. Undan ko‘zlangan maqsad sel oqimlari
zararini
baholash, ular hosil qilgan yotqiziqlar,
konus yoyilmalarning
miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholashdir. Bunday izlanishlar oddiy va
alohida yirik sel o‘choqlarida, sel o‘zanlarida, sellar hosil qilgan oqiziqlar
yoyilmalarida olib boriladi.
Shuningdek, baland tog‘li va tog‘ muzliklari
tarqalgan glyasial hududlarda
esa bevosita muzliklarda, ularning
morenalaridan hosil bo‘lgan uyumlarida va
muzliklar faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘llarda olib boriladi. Birinchi navbatda, albatta,
yuqori
faollikka ega bo‘lgan yoki xalq xo‘jaligi obyektiga tahdid soluvchi sel
havzalari o‘rganiladi.
Ixtisoslashgan izlanishlar natijasida sel o‘choqlarining ishchi karta -
sxemalariga aniqlik kiritiladi, ular chuqur tahlil etiladi. Mazkur izlanishlar
va tadqiqotlar natijasiga tayangan holda amaliyot uchun zarur bo‘lgan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: