Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   200
Bog'liq
pdf

Siljituvchi sel jarayoni. Ushbu turdagi jarayon tufayli hosil 
bo‘ladigan sel oqimlarining shakllanish imkoniyati PSM ga keladigan suv 
oqimi va siljitish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ta’rif qoya tubi sel 
o‘choqlarida yig‘iluvchi yumshoq - chaqiq qatlamlarga taalluqlidir. 
Muzlagan morenalarda filtirlovchi toshqin ta’sirida ivib qolgan tog‘ jinsi 
bo‘lagi massivi PSM bo‘ladi. Agar PSMda loyli qatlam katta miqdorda 
mavjud bo‘lsa, sel oqimi o‘z harakatida plastik xususiyatlarni namoyon 
qiladi.


177 
Siljituvchi jarayon yumshoq - chaqiq tog‘ jinslarning ichki 
ishqalanish burchagi soyliq (o‘zan)ning qiyalik burchagidan uncha katta 
bo‘lmagan holda kuzatiladi. Shuningdek, bu jarayon PSM da suv toshqini 
natijasida yuzaga kelgan siljituvchi kuchlar ularga qarshilik qiluvchi 
kuchlardan katta bo‘lganda rivojlanib boradi. PSMdagi tog‘ jinslarining 
siljishi va keyinchalik ularning suv oqimi bilan birga harakatlanishi 
natijasida sel massasi hosil bo‘ladi. Bu jarayonda loyli va loy-toshli sel 
toshqinlarining shaklllanishi ro‘y beradi. 
Ta’kidlash joizki, sel oqimining atigi bir turi bilan tavsiflanadigan sel 
havzalari ham uchrashi mumkin. Biroq ko‘p hollarda yagona bir o‘zanda 
barcha turdagi sel oqimlari birgalikda yoki navbatma-navbat kuzatilishi 
mumkin. Barcha holatlarda suv oqimlari o‘zandagi loyli, loy-toshli va 
boshqa ko‘rinishdagi tog‘ jinslari uyumlarini yuvib, seldan keyingi 
o‘yiqlarni vujudga keltiradi (20.1-rasm). 
20.1-rasm. Ugom daryosining o‘ng sohilidagi sel o‘yiqlari
va loy-toshli sel uyulmalari 


178 
20.2. Sel toshqinlarining tarqalish xususiyatlari 
 
Sel 
jarayonlari 
tog‘li 
mamlakatlarda 
keng 
tarqalgan. 
Mamlakatimizning tog‘li, ya’ni Sharqiy qismi sel jarayonlari faol bo‘lgan 
yirik hududlardan biri sanaladi. Bu yerlardagi deyarli barcha vaqtinchalik 
oqar jilg‘alar, soylar va daryolarda sel toshqinlari tez-tez kuzatiladi. Ular 
tabiat boyliklari, xalq xo‘jaligi obyektlari va turli inshootlarga katta zarar 
yetkazadi. 
Umuman, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi sel jarayonlari va 
ularning ko‘lami haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Birgina 
Farg‘ona vodiysiga uni o‘rab turgan tog‘ yonbag‘rlaridan 300 ga yaqin sel 
xavfi mavjud bo‘lgan daryo va soylar oqib tushadi. Bu yerlarda 
kuzatiladigan sel toshqinlarining turlari, taqsimlanishi va takrorlanishida 
balandlik mintaqalariga xos bo‘lgan qonuniyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Masalan, tog‘larning yuqori zonalarida loyli va loy-toshli sel oqimlari 
vujudga keladi. Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan past tog‘ etaklarida esa 
o‘ziga xos suv-oqiziqli sel oqimlari - adir sellari shakllanadi. Ular uzoq 
vaqt tinimsiz yoqqan jala yomg‘irlar natijasida paydo bo‘ladi va ba’zi 
daryolar havzalarida yil davomida bir necha bor takrorlanishi mumkin.
Sel jarayonlari G‘arbiy Tyan-Shan (Chotqol, Qurama, Sandalash, 
Ugom, Piskom, Qorjantov tizmalari) daryolari va soylarida ham o‘ziga xos 
tarzda, tez-tez kuzatiladi. Ular jala yomg‘ir yoki qorning jadal erishi 
natijasida, ba’zan esa har ikki omilning birgalikdagi ta’sirida hosil bo‘lishi 
mumkin. Pomir-Oloy daryolari va soylari, shu jumladan, Qashqadaryo va 
Surxondaryo havzalari ham sel oqimlarining faolligi bilan ajralib turadi. 
O‘zbekiston hududida, tog‘ daryolari havzalarida yog‘ingarchilik 
miqdori o‘rtacha yillik normadan katta bo‘lgan yillarda sel toshqinlari 
xavfi ortadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi deyarli har yili fevralning oxiri yoki mart oyining boshlarida 
maxsus qaror qabul qiladi. Ushbu qarorlarning asosiy maqsadi 
mamlakatimizda sel oqimlari tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
favqulodda vaziyatlarning, ularning og‘ir oqibatlarining oldini olish, 
moddiy zararni bartaraf etish yoki, hech bo‘lmaganda, ularning zararini 
kamaytirishdan iboratdir. 
Tog‘li hududlardagi daryolar havzalarida havo haroratining keskin 
ko‘tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham sel 
toshqinlari kuzatilishi mumkin. 
O‘zMU “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasida ishlab chiqilgan “Sel 
toshqinlari” kartasida (20.2-rasm) muammoni ilmiy va amaliy nuqtai 
nazardan yoritishda asosiy e’tibor quyidagi ikki holatga qaratilgan: 


179 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling