Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Sel toshqinlarining miqdoriy ko‘psatkichlari va
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sel toshqinlari ko‘rsatkichlarini ular qoldirgan izlar bo‘yicha aniqlash
- Sel oqimlari turlarini aniqlash.
20.4. Sel toshqinlarining miqdoriy ko‘psatkichlari va
ularni aniqlash usullari Tog‘li hududlarda qurilish ishlarini loyihalashtirish, seldan himoyalanish va sel xavfini prognozlash uchun sel oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblashning zamonaviy usullarini yaratish talab etiladi. Buning uchun bo‘lib o‘tgan sel hodisalari haqidagi axborotlarni to‘plash, ularni birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Ta’kidlash joizki, sel to‘g‘risidagi «Sel havzalarini tekshirish bo‘yicha hisobotlar» hamda «Sel faoliyatining yillik sharhlari» kabi materiallarda har doim ham sellar haqidagi zaruriy ma’lumotlar bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, ularda ko‘pincha oqib o‘tgan sel toshqinlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari berilmaydi. Quyida shu muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qisqacha yoritiladi. Sel toshqinlari ko‘rsatkichlarini ular qoldirgan izlar bo‘yicha aniqlash Sel toshqinlari va ularning ko‘rsatkichlarini sel oqimi qoldirgan izlarga ko‘ra ishonarli baholash imkoniyatlari biz o‘ylaganimizdan ancha kamroq. Shunga qaramay, hozirgi kunga qadar sellarni aynan shu usulda baholash sel oqimlariga oid miqdoriy ma’lumolar to‘plashning deyarli yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar nazorat belgilari o‘rnatilgan joylar qoidaga mos ravishda tanlansa va sharxlansa, oqib o‘tgan sellar izlari yuzasidan olingan ma’lumotlar keyinchalik ham ommaviy axborot manbai sifatida qimmatli material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sel oqimlari turlarini aniqlash. Suv va oqiziqlardan iborat oqimlar 184 o‘zan sohilidagi o‘t bilan qoplangan qiyalik va terrasalarda o‘zlarining eng katta (keyingilari kichik bo‘lsa pastroqda) sathlarining daryo uzunligi bo‘yicha uzluksiz izini qoldiradi. Ular qurib qolgan o‘t, singan va yuvilgan ildizlar, poyalar va ko‘pincha po‘stlog‘idan tozalangan shoxchalar holida yoki o‘zan qayirida cho‘kib qolgan qum va loy ko‘rinishida bo‘ladi. Suv oqimi o‘tgan hudud atrofida o‘suvchi daraxt va butalarda odatda o‘sha oqim qorishmasi yopishib qolgan bo‘ladi. Bular turli balandlikda bo‘lgani uchun hamma vaqt ham maksimal suv sathini aniqlashning iloji bo‘lmaydi. Qoyalarda esa agar kuzatuvchi toshqin o‘tishidan keyin darhol belgi qo‘ymagan bo‘lsa, sel toshqini maksimal sathining izlari unchalik aniq saqlanib turmaydi. Odatda, loyli va loy-toshli oqimlar shunday izlar qoldiradi. Shu bois ham bunday izlarning mavjudligi, bu turdagi sel oqimining o‘tganidan guvohlik beruvchi dalildir. Biroq, ta’kidlash joizki, suv-oqiziqlar loyli va loy-toshli oqim ketidan o‘tgan bo‘lishi ham mumkin yoki aynan o‘sha o‘zanda boshqa vaqtda o‘tgan va o‘ziga xos izlarni boshqa turdagi sellar qoldirgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Loyli va loy-toshli oqimlar o‘tadigan sel o‘zanlarining eng ishonchli belgisi, bu ko‘p sonli, odatda, katta-katta terrasalarning mavjudligidir. Bular sel massalarining qattiq materialidan vujudga kelgan bo‘ladi. Faol harakatlanuvchi o‘choqlardan pastroqda joylashgan sel o‘zanlarida har doim turli sathlarda har xil sel oqimlari izlarini yoki ularning alohida to‘lqinlariga xos bo‘lgan terrasalarini topish mumkin. Loy-toshli oqimlar sel o‘zani o‘lchamlariga mos bo‘lgan katta xarsang toshlarni oqizib o‘tadi va shu bois sohil bo‘ylab ushbu toshlardan iborat uyumlar hosil bo‘ladi. Loyli va loy-toshli oqimlar tegib o‘tgan, biroq shikast yetkazilmagan daraxt va butalarning ma’lum qismlari quyuq sel qorishmasi bilan chaplangan bo‘ladi (20.4-rasm). Ayrim hollarda daraxtlarning po‘stlog‘i archilib ketadi. Bunday izlar aynan faqat suvdan iborat bo‘lmagan sel oqimlari o‘tganini tasdiqlovchi ishonchli dalil bo‘ladi. Ular keyingi yog‘ib o‘tadigan yomg‘irlardan so‘ng ham, daraxtlar shoxlari bilan himoyalangani tufayli uzoq vaqtgacha saqlanib turadi. Ba’zi daraxtlarning, ayniqsa, archalilarning pastki shoxlarida qurib qolgan loy bo‘laklarini bir necha yillardan so‘ng ham topish mumkin (20.5-rasm). Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling