Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
XXI BOB. Daryo o‘zanida kechadigan jarayonlar va
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi nazariyasini rivojlantirish va takomillashtirib borish.
- Gidrodinamik nazariyaga asoslangan yo‘nalish.
- Gidromorfologik nazariyaga asoslangan yo‘nalish.
XXI BOB. Daryo o‘zanida kechadigan jarayonlar va
o‘zan oqimi dinamikasi 21.1. O‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlarini o‘rganishning maqsadi, vazifalari O‘rta Osiyo tog‘ daryolarida, jumladan, O‘zbekiston daryolarida o‘zan oqimi dinamikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularda o‘zan jarayonlari jadal sur’atlarda kechadi. Daryolar suv resurslaridan turli maqsadlarda foydalanishda hamda xalq xo‘jaligi obyektlari - suv omborlari, kanallar, suv taqsimlash inshootlari, to‘g‘onlarni loyihalash, qurish va ularni ekspluatatsiya qilishda bu holatni hisobga olish katta iqtisodiy samara beradi. O‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlari nazariyasi asoslarini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu boradagi bilimlarga tayanib, daryolar va yirik kanallarda kechadigan o‘zan deformatsiyasi jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblash hamda prognoz qilish usullari takomillashtiriladi. Hozirgi kunda yuqoridagi masalalar “O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi” fanining tadqiqot obyekti hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi ochiq o‘zanlar - daryolar, kanallarda kechadigan o‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi qonuniyatlarini o‘rganish, o‘zan deformatsiyasini hisoblash va prognoz qilish usullarini takomillashtirishdan iborat. Har bir fanning o‘z vazifasi bo‘lganidek, “O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi” fanining ham o‘ziga xos vazifalari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi nazariyasini rivojlantirish va takomillashtirib borish. 1. O‘zan jarayonlarini hisoblash va prognoz qilish usullarini ishlab chiqish, ularni rivojlantirish. 2. O‘zanda suvning oqish tezligining ko‘ndalang kesim bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlarini o‘rganish. 3. O‘zanda suv oqimiga ko‘rsatiladigan gidravlik qarshiliklarni hisoblash usullarini takomillashtirish. 4. Daryo o‘zanida loyqa oqiziqlarning harakatlanishi qonuniyatlarini o‘rganishni davom ettirish va ularning miqdorini hisoblash usullarini takomillashtirish. Har bir fan o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo‘ladi. Uning ravnaqi darajasi esa shu fanning insoniyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rniga bog‘liq. Shu jihatdan tahlil qilinadigan 190 bo‘lsa, “O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi” ham juda qadimiy fanlardan hisoblanadi. “O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi”ning alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga grek olimi Arximed (yangi eradan 250 yil ilgari), italyan olimlari Leonardo da Vinchi (1452-1519), Galileo Galiley (1564-1642), shved olimi Daniil Bernulli (1700-1782), fransuz olimlari Blez Paskal (1623-1662), Antuan Shezi (1718-1798), Anri Darsi (1803-1858), Anri Bazen (1829-1917), nemis olimi Filipp Forxgeymer (1852-1933), golland olimi Van-der Vaals (1837-1923), rus olimlari Nikolay Egorovich Jukovskiy (1847-1921), Vladimir Mixaylovich Loxtin (1849-1919) va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. XX asrda ushbu fanning rivojiga N.N.Jukovskiy (1876-1943), M.A.Velikanov (1879-1964), G.I. Shamov (1891-1956) N.B.Barishnikov, M.R.Bakiyev, V.N. Goncharov, K.V.Grishanin, G.V.Jeleznyakov, YU.A.Ibodzoda, X.A. Ismagilov, I.V.Karasev, N.I.Makkaveyev, S.E.Mirsxulava, A.M. Muxamedov, I.V.Popov, B.F.Snishenko, R.S.Chalov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. O‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlarida asosiy e’tibor suv va loyqa oqiziqlarning harakatlanish qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi. Hozirgi kunda daryo o‘zanida, umuman ochiq o‘zanlarda loyqa oqiziqlar harakatlanishining quyidagi ikki nazariyasi mavjud 1. Loyqa oqiziqlar harakatlanishning diffuzion nazariyasi. Ushbu nazariyaga 1931- yilda N.I.Makkaveyev asos solgan 2. Loyqa oqiziqlar harakatlanishning gravitatsion nazariyasi. Mazkur nazariyaning asoslari esa 1944- yilda M.A.Velikanov tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, ayni paytda, o‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlarini o‘rganishda quyidagi ikki ilmiy yo‘nalish vujudga keldi 1. Gidrodinamik nazariyaga asoslangan yo‘nalish. Ushbu ilmiy yo‘nalishning asosiy tamoyillari M.A.Velikanov, V.N.Goncharov va boshqalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularning fikricha, daryolarda kechadigan o‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi ulardagi suv sarfi va suvning oqish tezligining hosilasidir. 2. Gidromorfologik nazariyaga asoslangan yo‘nalish. Bu yo‘nalishga dastlab N.I.Makkaveyev va I.V.Popovlar asos solgan bo‘lsalar, keyinchalik R.S.Chalov, N.I.Alekseyevskiy va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda rivojlantirilgan. Bu ilmiy yo‘nalishdagilar o‘zan oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlarini suv oqimi bilan o‘zanning gidravlik elementlariga bog‘liq holda o‘rganadilar. Hozirgi kunda daryolar gidrologiyasining o‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasini o‘rganadigan qismi yuqorida qayd etilgan har ikki 191 ilmiy yo‘nalishning yutuqlaridan foydalangan holda rivojlanmoqda. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling