Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
suv sarfi va minerallashuvining yil davomida o‘zgarishi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX BOB. Daryolarning harorat rejimi va ularda muzlash hodisalari 19.1. Daryo suvining harorat rejimi
suv sarfi va minerallashuvining yil davomida o‘zgarishi
Nazorat savollari 1. Daryo suvining gidrokimyoviy rejimini belgilovchi asosiy ionlarni ayting. 2. Daryo suvining minerallashuvini qanday tushunasiz? 3. Tabiiy suvlar O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha qanday sinflarga bo‘linadi? 4. Daryo suvida mavjud bo‘lgan ionli oqim qanday hisoblanadi? 5. Ionli oqim moduli nima va qanday aniqlanadi? 169 XIX BOB. Daryolarning harorat rejimi va ularda muzlash hodisalari 19.1. Daryo suvining harorat rejimi Daryo suvining harorati uning gidrologik rejimida muhim o‘rin egallaydi. Chunki, daryolarda kuzatiladigan muzlash hodisalari, ularning muz bilan qoplanishi yoki muzdan xalos bo‘lishi, daryolarda kechadigan kimyoviy va biologik jarayonlar, daryo suvining ichimlik sifatidagi xususiyatlari harorat bilan bog‘liqdir. Daryolarning harorat rejimini belgilaydigan asosiy omillar Quyosh nurlari va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan havo haroratidir. Bu jarayonda o‘zandagi suv massalari bilan atmosfera havosi o‘rtasida, shuningdek, o‘zan tubi bilan unda harakatlanayotgan suv massalari o‘rtasidagi issiqlik almashinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Daryolarning harorat rejimi yuqoridagilar bilan bir qatorda, quyidagi tabiiy-geografik omillarga ham bog‘liqdir: daryo va daryo havzasining geografik o‘rni; iqlim sharoiti, o‘lchamlari, daryoda suvning oqish tezligi, daryo suvining fizik hamda kimyoviy xossalari va boshqalar. Daryo suvi harorat rejimining kunlik, oylik, mavsumiy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlari kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi shu muddatlarda daryodagi suv massalarining issiqlik balansi bilan bog‘liqdir. Daryoning ma’lum qismi va istalgan muddat uchun issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: , Q P R bk S m m q q q q yu g ki o m bu yerda: R - radiatsiya balansi deb ataladi va uning qiymati I r q ) 1 ( ) Q ( R ifoda bilan aniqlanadi. Oxirgi ifodada ) Q ( q - to‘g‘ri va sochilgan radiatsiya; r - suv yuzasi albedosi; I - suv yuzasidan samarali (effektiv) nurlanish; P - daryodagi suv massalari bilan atmosfera havosi o‘rtasida issiqlik almashish; bk Q - bug‘lanish yoki kondensatsiya jarayonlari hisobiga issiqlik almashish; m q - suv muzlashi yoki muz hamda qorning erishi hisobiga issiqlik almashish; o q - suv massalari bilan o‘zan tubi orasida issiqlik almashish; ki q - kinetik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida suv massalarining isishi; g m - issiqlikning gurunt - yer osti suvlari bilan qo‘shilishi yoki shimilish natijasida sarflanishi; q yu m - yuqori va quyi gidrologik stvorlar orqali issiqlik almashish; S - hisob intervali oralig‘ida daryodagi suv massalarida issiqlik zahirasining o‘zgarishi. Yuqoridagi tenglikda barcha kattaliklar 2 sm g da ifodalanadi. Ularning barchasi, shuningdek S ham, manfiy yoki musbat qiymatlarda kuzatilishi mumkin. Lekin, ki q faqat musbat qiymatlarga ega bo‘ladi. 170 Yuqorida keltirilgan ifodani qisqartirgan holatda quyidagicha yozish mumkin: , ) ( 1 2 C B A c H S p Yuqoridagi ifodada: H - daryoning chuqurligi, sm ; - suvning zichligi, 3 sm g ; p c - suvning issiqlik sig‘imi, K g g ; 2 1 va - boshlang‘ich 1 t va oxirgi 2 t vaqtlardagi suvning harorati; A - suv bilan havo, B - suv bilan o‘zan tubi va C - suv bilan boshqa turdagi ( m q , o q , ki q , g m , q yu m ) issiqlik almashinishlar. Yuqoridagi ifodalarda barcha kattaliklar birlik yuza, ya’ni 1 sm 2 ga tegishlidir. Shuning uchun yuqoridagi tenglamada suv massasi asosining yuzasi 1 sm 2 va balandligi H sm bo‘lgan suv ustuni hajmining zichlik ( ) ga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Suv haroratining ma’lum 1 t va 2 t vaqtlar oralig‘idagi o‘zgarishi, yuqoridagi ifodaga asosan, quyidagicha aniqlanadi: p c H C B A 1 2 . Ushbu ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryo suvi haroratining o‘zgarishi, ya’ni ko‘tarilishi yoki pasayishi, suv - havo, suv - o‘zan tubi va suvning harakati natijasidagi hamda boshqa ko‘rinishlardagi issiqlik almashishlar bilan bog‘liqdir. Yuqoridagi jarayonlarni o‘rganish asosida P.P.Kuzmin, A.P.Braslavskiy, Z.A.Vikulina va boshqalar quyidagilarni qayd etadilar. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yozda suv massalari o‘zan tubini, kuz va qishda esa, aksincha, o‘zan tubi guruntlari suv massalarini isitadi. Daryodagi suv oqimi kinetik energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida qo‘shiladigan issiqlik miqdori ) ( ki q quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: i h q ki , bu yerda: - suvning solishtirma og‘irligi, - suvning oqish tezligi, h - daryoning chuqurligi, i - suv yuzasi nishabligi; - issiqlikning mexanik ekvivalenti. Yuqori va quyi gidrologik stvor (kesma)lar orqali issiqlik almashinuvi ) ( q yu m ning qiymatini quyidagi ifoda bilan hisoblash mumkin: t Q Q c m p q yu ) ( 2 2 1 1 , 171 bu yerda: 1 Q va 2 Q - vaqt oralig‘i( t ) da yuqori va quyi gidrologik stvorlarda qayd etilgan o‘rtacha suv sarfi; 1 va 2 shu gidrologik stvorlarda kuzatilgan suv haroratining o‘rtacha qiymatlari. Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, daryolarda o‘zgaruvchan harakat bo‘lganda, ya’ni to‘linsuv yoki toshqin davrlarida ) ( q yu m ning qiymatlari ortadi. Kuzda Quyoshdan keladigan issiqlik radiatsiyasi miqdori keskin kamayib, aksincha, suv yuzasidan samarali nurlanish ortadi. Shuningdek, bu mavsumda daryodagi issiqlikning ma’lum qismi daryo yuzasiga yog‘adigan qor zarrachalarini eritishga, muzlashga sarflanadi. Bu jarayonlarning hammasi daryolarda issiqlik miqdorining kamayishiga, natijada, undagi suv harorati pasayishiga olib keladi. Daryo yuzasi muz bilan qoplanganda issiqlik almashinuvi, asosan, o‘zan tubi bilan kechadi. Bahorda esa, daryolar muz qoplamidan xalos bo‘lgach, issiqlik almashinuvida quyosh nurlari va atmosfera havosining hissasi keskin ortadi. Yuqorida bayon etilgan omillar ta’sirida, daryolarning harorat rejimida kunlik, mavsumiy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlar kuzatiladi (19.1-rasm). S u v n in g h ar o ra ti , 0 С O y l a r Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling