137
yetmagan. Bu sohadagi dastlabki ishlar 40yillarda M.I.Lvovich
tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u daryolarning to‘yinish
manbalari
bo‘yicha tasnifini ishlab chiqdi. Bu ish 70yillarda ancha qiyomiga
yetkazildi. Har ikki bosqichda ham olim daryolar
suv rejimining tahliliga
asoslandi va natijada Yer yuzasidagi daryolarni 38 turga bo‘ldi. Shundan
20 ta turi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida uchraydi.
Har bir to‘yinish manbai
- qor qoplami, yomg‘ir suvlari va grunt
suvlarini miqdoriy baholashda M.I.Lvovich quyidagi oraliqlarni qabul
qildi: 80 foizdan ko‘p, 5080 va 50 foizdan kam.
To‘yinishida muzliklarning erishidan hosil bo‘ladigan suvlar ishtirok
etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklar suvlarining salmog‘i
50 foizdan ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, mazkur to‘yinish manbaining o‘ziga
xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ular uchun alohida chegara berilgan: 50
foizdan ko‘p, 5025 va 25 foizdan kam. Agar yillik oqimning 80 foizidan
ko‘prog‘i uchta to‘yinish
manbaidan biri, masalan, qor hisobiga to‘g‘ri
kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi bo‘yicha
toza holda qor suvlari hisobiga
to‘yinuvchi daryolar turiga kiradi. Agar to‘yinish manbalaridan biri,
masalan, qor suvlarining yillik oqimdagi salmog‘i 5080
foiz atrofida
bo‘lsa, unda daryo, asosan,
qor suvlaridan to‘yinuvchi daryolar turiga
kiritilgan. Nihoyat, daryo oqimida uchta to‘yinish manbalaridan har
birining salmog‘i 50 foizdan kam bo‘lsa,
bu daryo aralash manbalar
hisobiga to‘yinuvchi turga kiritilgan.
Yer yuzidagi daryolarning to‘yinish manbalariga ko‘ra 38
ta turga
bo‘linishi ma’lum qonuniyatlarga asoslangan. Masalan, ko‘pchilik daryolar
qor suvlari, yomg‘ir suvlari va boshqa manbalar hisobiga to‘yinsada,
ularda umuman olganda qor suvlarining ulushi ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Tasnifni ishlab chiqishda mana shunday holatlar e’tiborga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: