Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


  XIV BOB. Daryolarning to‘yinishi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200
Bog'liq
pdf

 


133 
XIV BOB. Daryolarning to‘yinishi 
14.1. Daryolarning to‘yinish manbalari 
Yer yuzasidagi barcha daryolar to‘yinishining asosiy manbai 
atmosfera yog‘inlaridir. Yomg‘ir ko‘rinishida tushgan yog‘inlar yer 
yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to‘yinishining bevosita manbai 
bo‘ladi. Agar yog‘in qor ko‘rinishida yog‘sa, u yer sirtida yig‘ilib, havo 
harorati ko‘tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo‘lgan suvlar ham 
daryolar to‘yinishida qatnashadi. 
Yer yuzasining baland tog‘li qismiga yoqqan qorlar bir yoz
mavsumida erib ulgurmaydi, natijada, u yerdagi qor zaxirasini boyitib
doimiy qorliklar va muzliklarni to‘yintiradi. Ana shu baland tog‘lardagi 
asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar to‘yinishining yana bir manbai 
hisoblanadi. 
Yomg‘ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan 
suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo‘shiladi. 
Yer osti va grunt suvlari ham daryo o‘zaniga sekin-astalik bilan qo‘shiladi, 
natijada, daryolarda doimiy suv bo‘lishi ta’minlanadi. Shunday qilib, daryo-
lar to‘yinishining to‘rt manbai mavjud: yomg‘irlar, qor qoplami, baland 
tog‘lardagi muzliklar, yer osti suvlari. 
Yuqorida 
aytilgan manbalardan hosil bo‘lib, daryolarga 
qo‘shiladigan suv miqdori turli hududlarda turlicha qiymatga ega bo‘ladi. 
Uning miqdori esa, asosan, daryo havzasining iqlim sharoitiga bog‘liq 
holda yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi. 
Iqlimning daryolarning to‘yinishidagi ahamiyati va ularning suv 
rejimiga ta’sirini iqlimshunos olim A.I.Voyeykov o‘zining 1884-yilda 
chop etilgan "Yer kurrasi va xususan, Rossiya iqlimlari" kitobida aniq 
yoritib bergan. Mazkur kitobda qayd etilgan "daryolar o‘z havzalari iqli-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling