Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   200
Bog'liq
pdf

G‘arbiy Sibir turi daryolari nisbatan baland bo‘lmagan va 
cho‘zilgan bahorgi to‘linsuv davri, suv birmuncha ko‘p bo‘ladigan 
yozgi­kuzgi davr va qishki kam suvli davri bilan ajralib turadi. Ularda 
bahorgi to‘linsuv davri to‘rt oy va undan ortiq davom etadi. Bu turdagi 
daryolarga Ob daryosi (quyi oqimida) va uning irmoqlari ­ Ket, Vasyugan, 
Shimoliy Soseva va boshqalar kiradi. 


130 
 
13.1-rasm. Daryolarning suv rejimi davrlari bo‘yicha tasnifi 


131 
Sharqiy Sibir turidagi daryolar ancha baland bo‘lgan bahorgi 
to‘linsuv davri, yozgi va kuzgi toshqin davri hamda qishki kam suvli 
davrga ega bo‘lgan rejimi bilan ajralib turadi. Bu turdagi daryolarga 
Yenisey daryosi suvayirg‘ichidan sharqqa hamda Sayan tog‘laridan 
shimolga oquvchi daryolar kiradi. Lekin, Saxalin oroli, Kamchatka yarim 
oroli va Yan­Indigirka hududlarining tog‘li qismlaridagi daryolar bundan 
mustasno. 
Oltoy turiga kiruvchi daryolar baland bo‘lmagan davomli to‘linsuv 
davri, gidrografi cho‘qqi ko‘rinishli, nisbatan ko‘tarilgan yozgi oqimi va 
qiyosan past bo‘lgan qishki oqimi bilan xarakterlanadi. To‘linsuv 
davrining cho‘zilganligi turli balandlik mintaqalarida qor erishining turli 
muddatlarda kuzatilishi bilan bog‘liqdir. Suv to‘plash maydoni doimiy 
qorliklardan pastda joylashgan tog‘li hududlardagi, jumladan, Oltoy, O‘rta 
Osiyo, Kavkaz tog‘laridan oqib tushadigan va shu shartni bajaradigan 
daryolar mazkur turga mansubdir. 
 
To‘linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar 
guruhiga ikki turdagi daryolar kiradi: Uzoq Sharq va Tyanshan turlari. 
Uzoq Sharq turidagi daryolarda yilning issiq mavsumlarida tez­tez 
kuzatiluvchi yomg‘irli toshqin davrlari bir­biriga qo‘shilib baland bo‘l-
magan va juda cho‘zilgan to‘linsuv davrini hosil qiladi. Uning davomliligi 
4 oydan 6 oygacha bo‘ladi va taroqsimon ko‘rinishdagi gidrografga ega 
bo‘ladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling