Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   200
Bog'liq
pdf

 
Tyanshan turidagi daryolarda to‘linsuv davri yoz oylarida o‘tadi, 
Chunki u baland tog‘lardagi qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘ladi. 
To‘linsuv davri cho‘zilgan va har xil balandlik mintaqalarida erish 
vaqtining turlichaligi sababli uncha baland bo‘lmaydi. Bu turdagi daryolar 
O‘rta Osiyo tog‘larida, Kamchatka va Kavkazda tarqalgan. 
Uchinchi guruh daryolarini toshqinli rejimga ega bo‘lgan daryolar 
tashkil etadi. Ular to‘linsuv davrining umuman bo‘lmasligi hamda katta 
yoki kichik vaqt oraliqlariga bo‘lingan, ketma­ket kuzatiladigan yomg‘irli 
toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam 
tarqalgan. Toshqin davrining yil davomida taqsimlanishiga ko‘ra 
B.D.Zaykov ushbu guruh daryolarini uchta turga bo‘ladi: Qora dengiz 
bo‘yi, Qrim va Shimoliy Kavkaz turlari. 
Qora dengiz bo‘yi turida toshqin davri butun yil bo‘yi davom etadi. 
Qrim turida esa u qishda va bahor oylarida kuzatiladi. Shimoliy Kavkaz 
turi daryolarida qish oylarida kam suvli (mejen) bo‘lib, toshqin davri 
yilning iliq mavsumlariga to‘g‘ri keladi. Bu turga Bosh Kavkaz tizma-
sining shimoliy yonbag‘irlaridagi tog‘oldi daryolari, masalan, Terek 
havzasi kiradi. 


132 
Keltirilgan tasnif suv to‘plash havzasi bir xil sharoitlarda joylashgan 
daryolarga tegishlidir. Suv to‘plash havzasi kattalasha borgan sari, uning 
tabiiy sharoiti ham o‘zgarib, oqibatda, daryolarning suv rejimi davrlari 
ham murakkablasha boradi. 
Bu tasnifni hozirgi kun talablariga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi. 
Turli balandlik zonalaridan suv to‘playdigan va shu tufayli turlicha 
to‘yinish manbalariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo daryolarining yagona ­ 
Tyanshan turiga kiritilishi buning yorqin misolidir. 
Nazorat savollari 
1. Daryolar suv rejimining elementlarini aytib bering. 
2. Daryolarda suv sathini o‘lchash ishlari qanday amalga oshiriladi? 
3. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi? 
4. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib 
bering. 
5. Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini qanday davrlarga 
ajratish mumkin? 
6. To‘linsuv davriga ta’rif bering. 
7. Daryolarning suv rejimi davrlariga ko‘ra, qanday tasniflarini 
bilasiz? 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling