Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   200
Bog'liq
pdf

 
13.2. To‘linsuv davri 
 
Yer yuzidagi barcha daryolar oqimining asosiy qismi - 50-80 foizi 
to‘linsuv davrida oqib o‘tadi. Shuning uchun ham gidrologiyada daryolar 
suv rejimining to‘linsuv davri va uning elementlarini o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratiladi.
To‘linsuv davri deb, daryoda suvning ko‘payishi har yili deyarli bir 
xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2­6 oy) davom etadigan 
davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining 
keskin ko‘tarilishi esa ayrim hollarda ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘ladi. 
To‘linsuv davri turli iqlim mintaqalaridagi daryolarda yilning turli 
fasllarida kuzatiladi. Agar daryoning to‘yinishida mavsumiy qor qoplami 
va muzlik suvlari asosiy o‘rin tutsa, bunday daryolarda to‘linsuv davri 
bahor va yozda kuzatiladi. Bahorgi to‘linsuv davri kontinental iqlimli 
tekislik daryolari uchun xarakterlidir. Tog‘ daryolari uchun esa yozgi 


128 
to‘linsuv davri xosdir. Masalan, Pomir, Tyanshan va Kavkaz daryolarida 
yozgi to‘linsuv davri kuzatiladi. Musson iqlimli hududlarda (Uzoq Sharq) 
to‘linsuv davri yilning barcha iliq oylarini (bahor va yoz bilan birga) o‘z 
ichiga oladi. Ekvator daryolarida (Amazonka, Nil, Niger) yomg‘ir 
suvlaridan hosil bo‘ladigan to‘linsuv davri kuz fasliga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim daryolarda to‘linsuv davri qish oylarida ham kuzatiladi. 
Bunday rejimli daryolar Janubi­g’arbiy Osiyo, Avstraliyaning janubiy 
qismi, Yangi Zelandiya va Shimoliy Afrikada joylashgan. 
To‘linsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: 
to‘linsuv davrining boshlanish vaqti, ko‘tarilish tezligi va bu 
ko‘tarilishning davom etish vaqti, to‘linsuv davrining balandligi va 
cho‘qqisi, to‘linsuv davrining pasayishi va bu pasayishining davom etish 
vaqti, to‘linsuv davrining tugash vaqti, to‘linsuv davrining umumiy davom 
etish vaqti, to‘linsuv davridagi oqim hajmi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling