Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqim koeffitsiyenti
- Oqimning modul koeffitsiyenti
12.4. Oqim koeffitsiyenti Oqim koeffitsiyenti daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarining qancha qismidan oqim hosil bo‘lganligini ifodalaydigan nisbiy ko‘rsatkichdir. Oqim koeffitsiyenti ( ) deb, daryo havzasida hosil bo‘lgan oqim qatlamining shu havzaga yoqqan yog‘in qatlamiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Bu kattalik o‘lcham birligiga ega emas. Oqim koeffitsiyenti " " harfi bilan ifodalanadi va uning qiymati quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi: Х У , bu yerda: У oqim qatlami, mm; Х yog‘in qatlami, mm da. Oqim koeffitsiyenti ( ) nazariy jihatdan 0 dan 1 gacha oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi, ya’ni 1 0 shartni bajaradi. 12.5. Oqimning modul koeffitsiyenti Suvdan foydalanish va suv xo‘jaligi amaliyotida daryolar oqimi miqdorlarini yillararo o‘zgarishini solishtirish zarur bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, joriy yildagi daryo oqimi miqdorini me’yorga nisbatan oz yoki ko‘pligini aniqlashda oqimning modul koeffitsiyentidan foydalanish masalaning yechimini soddalashtiradi. Oqimning modul koeffitsiyenti “ i К ” bilan belgilanadi. Oqimning modul koeffitsiyenti deb, daryoda o‘rganilayotgan yilda kuzatilgan oqim miqdorining shu daryo oqim me’yoriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Demak, oqimning modul koeffitsiyenti daryoning o‘rganilayotgan 125 yildagi suvlilik darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 0 0 i 0 0 0 У i i i i i У M M W W Q Q К , ifodada: i Q , i W , i M , i Y va i daryoda o‘rganilayotgan yildagi oqim ko‘rsatkichlari; 0 Q , 0 W , 0 M , 0 Y va 0 daryoning o‘rtacha ko‘p yillik oqim ko‘rsatkichlari, ya’ni oqim me’yori. Ko‘rinib turibdiki, oqimning modul koeffitsiyenti o‘lcham birligiga ega emas. Uning qiymatini ulushlarda yoki foizlarda ham ifodalash mumkin. O‘rganilayotgan yil uchun oqimning modul koeffitsiyentining qiymatini aniqlab, daryoning ayni yildagi suvlilik darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin. Oqimning modul koeffitsiyentining qiymati birdan katta bo‘lsa, ya’ni 1 i К sharti bajarilsa, shu yili daryodagi suv miqdori me’yorga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Agar 1 i К bo‘lsa, daryo oqimi me’yorga teng, 1 i К bo‘lganda esa, o‘rganilayotgan yilda daryodagi suv miqdori me’yorga nisbatan kam ekanligini bildiradi. Ommaviy axborot vositalari, jumladan, radio, televidenie va internet tarmog‘ida oqimning modul koeffitsiyenti qiymatlaridan foydalanish qulaydir. Masalan, oqimning modul koeffitsiyenti 2 , 1 i К teng bo‘lsa, ayni yilda daryo oqimi me’yorga nisbatan 20 % ko‘p bo‘lishini ko‘rsatadi. Yoki 8 , 0 i К ga teng bo‘lsa, daryo oqimi me’yorga nisbatan 20 % kam bo‘ladi. Daryo oqimining yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlarining har biridan ma’lum maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oqim hajmi haqidagi ma’lumotlar daryoda suv omborlarini loyihalash, suvdan irrigatsiya va boshqa maqsadlarda foydalanishda zarur bo‘lsa, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsiyenti kabi kattaliklar daryo oqimini xaritalashtirishda qulay imkoniyat yaratadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling