121
Shundan so‘ng, kundalik suv sathi jadvali ma’lumotlari asosida,
hisoblash jadvalidan foydalanib, kundalik suv sarflari tiklanadi. Tiklangan
kundalik suv sarflarining har bir qiymati "Kundalik suv sarflari jadvali" da
qayd etib boriladi.
Suv sarflarining kundalik qiymatlari asosida ularning o‘rtacha 10
kunlik, o‘rtacha oylik, oydagi eng katta
va eng kichik miqdorlari
aniqlanadi. Suv sarflarining o‘rtacha oylik miqdorlari asosida o‘rtacha
yillik suv sarfi hisoblanadi. Barcha natijalar "Kundalik suv sarflari jadvali"
ga yozib qo‘yiladi.
Ma’lum hisob davri - oy, yil, ko‘p yil uchun aniqlangan o‘rtacha,
eng katta, eng kichik suv sarflari
xarakterli suv sarflari deyiladi.
Kundalik suv sarfining ma’lum daryoning tegishli kuzatish posti
uchun tuzilgan
yillik jadvalidan foydalanib, amaliy maqsadlarda zarur
bo‘ladigan gidrologik ma’lumotlar -
daryo oqimi va uning asosiy
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu masalalar to‘g‘risida keyingi mavzularda
kengroq to‘xtalamiz.
Nazorat savollari
1. Suv sarfining ta’rifi va o‘lcham birliklarini ayting.
2. Suv sarfi ma’lum bo‘lsa, ko‘ndalang qirqimdagi o‘rtacha tezlik
qanday aniqlanadi?
3. Suv sarfi egri chizig‘i chizmasi qanday maqsadda chiziladi?
4.
Suv
sarfi
egri chizig‘i chizmasini chizishda qanday
ma’lumotlardan foydalaniladi?
5. Kundalik suv sarfining yillik jadvali gidrologik yilnoma qanday
tuziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: