122
XII BOB. Daryo oqimi va uning miqdoriy ko‘rsatkichlari
Daryoning
suvlilik darajasi, ya’ni undagi oqim miqdorining yil
davomida va ko‘p yillar bo‘yicha o‘zgarishi xususiyatlarini o‘rganish katta
amaliy ahamiyatga ega. Shu masalalar yechimini hal etmay turib, daryolar
suvidan samarali foydalanish va ularda qurilishi mo‘ljallangan gidrotexnik
inshootlarni loyihalash ishlarini to‘g‘ri amalga oshirib bo‘lmaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni amalga oshirishda daryo oqimining
miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashga ehtiyoj seziladi.
Daryo oqimini
miqdoriy baholashda oqim hajmi,
oqim moduli, oqim qatlami, oqim
koeffitsiyenti va oqimning modul koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi. Quyida ushbu miqdoriy ko‘rsatkichlarning
har biri ustida
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
12.1. Oqim hajmi
Oqim hajmi daryo oqimining asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Gidrologiyada daryo oqimi hajmini “
W
” bilan belgilash qabul
qilingan.
Oqim hajmi deb, daryo o‘zanining berilgan ko‘ndalang qirqimidan
ma’lum vaqt (minut, soat, kun, hafta, dekada, oy, yil)
davomida oqib
o‘tgan suv miqdoriga aytiladi. Agar gidrologik kuzatish postida T kundagi
o‘rtacha suv sarfi ma’lum bo‘lsa, u holda shu vaqt davomidagi oqim hajmi
(
W
) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
T,
Q
86400
W
bu yerda:
Q
hisob vaqti (
T
kunda) gi o‘rtacha suv sarfi, m
3
/s larda;
86400 bir kundagi sekundlar soni. Oqim hajmi
m
3
yoki yirik daryolarda
km
3
da ifodalanadi.
Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib
turibdiki, oqim hajmini ixtiyoriy vaqt
oralig‘i bir kun, bir oy, bir yil, to‘linsuv
davri va hokazolar uchun
hisoblash mumkin. Buning uchun shu oraliqdagi o‘rtacha suv sarfi
(
sek
m /
3
) uning sekundlarda ifodalangan qiymatiga ko‘paytiriladi.
Yillik oqim hajmini hisoblashda o‘rtacha yillik
suv sarfi bir yildagi
sekundlar soniga ko‘paytiriladi. Masalan, agar
sek
m
Q
rt
o
/
0
,
25
3
'
bo‘lsa, bir
yilning 30,54·10
6
cekundga tengligini hisobga olib,
daryodagi yillik suv
hajmini
3
3
6
6
3
'
km
79
,
0
m
10
788
sek
10
31,54
/sek
m
25,0
T
Q
W
rt
o
miqdorga teng ekanligini aniqlaymiz.