Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Tezlikning ko‘ndalang qirqim bo‘yicha taqsimlanishi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200
Bog'liq
pdf

 
10.4. Tezlikning ko‘ndalang qirqim bo‘yicha taqsimlanishi 
Suvning oqish tezligi (

) ko‘ndalang qirqim (

) da uning chuqurligi 
va kengligi bo‘yicha bir xil bo‘lmaydi. 
Dastlab, tezlikning chuqurlik bo‘yicha qanday o‘zgarishi ustida 
to‘xtalamiz. Buning uchun tezlik vertikalida tegishli nuqtalarda o‘lchangan 
tezliklar o‘zaro solishtiriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tezlik 
vertikalida eng kichik tezlik o‘zan tubiga yaqin joyda kuzatiladi. Tezlik 
chuqurlik bo‘yicha o‘zan tubidan suv sathiga tomon avval tez o‘sadi, 
ma’lum chuqurlikdan boshlab esa o‘zgarmasligi yoki kamayishi mumkin 
(10.4­rasm, b). Ko‘pchilik hollarda eng katta tezlik 
h

2
,
0
chuqurlikda yoki 
suv sathida kuzatiladi. 
Suvning oqish tezligining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi chizmasi 
tezlik epyurasi deb nomlanadi. Agar tezlik epyurasi yuzasi (
v
S
) ma’lum 
bo‘lsa, tezlik vertikalidagi o‘rtacha tezlik quyidagi ifoda bilan topiladi: 
,
'
h
S
V
v
rt
o

ifodada ­ tezlik vertikalining chuqurligi. 
Suvning oqish tezligi daryo kengligi (B) bo‘yicha ham bir xil 
bo‘lmaydi, ya’ni qirg‘oqlarga yaqin joylarda tezlik kichik, ulardan 
uzoqlashish bilan tezlikning ortishi kuzatiladi. Eng katta tezlik daryoning 
o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 
Daryo uzunligi bo‘yicha suv yuzasidagi eng katta tezliklarni 
tutashtiradigan chiziq strejen deb ataladi. Strejenni aniqlash suv transporti 
va daryolarda yog‘och oqizish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal 
etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


116 
Ko‘ndalang qirqimda tezlikning chuqurlik va kenglik bo‘yicha 
o‘zgarishini izotaxlar aniq ko‘rsatib turadi. Ko‘ndalang qirqimda bir xil 
tezlikdagi nuqtalarni tutashtiradigan chiziq izotax deb ataladi (10.4­rasm, 
v). 
Ko‘ndalang qirqimda eng katta tezlik oblasti suv yuzasidan biroz 
chuqurda joylashgan bo‘ladi. Daryo uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang 
qirqimlardagi eng katta tezlikli nuqtalarni tutashtiradigan chiziq oqimning 
dinamik o‘qi deyiladi. 
Tezlikning ko‘ndalang qirqimda turli qiymatlarga ega bo‘lishiga 
o‘zan osti relyefi, daryodagi muz qoplami, shamolning tezligi va 
yo‘nalishi, o‘zandagi suv o‘tlari kabi omillarning ta’siri sabab bo‘ladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling