Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Laminar va turbulent rejimli harakatlar
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2. Laminar va turbulent rejimli harakatlar
Tabiatdagi barcha suyuqliklar, shu jumladan, suv ham ikki xil - laminar va turbulent rejimda harakat qiladi. Laminar rejimli harakat quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: a) suyuqlik zarrachalari va shu zarrachalardan tashkil topgan qatlamlarning tezliklari doimiy va bir xil yo‘nalishda bo‘ladi; b) suyuqlik oqimi tubiga tomon tezlik nolga yaqinlashib, suyuqlik yuzasi tomon esa o‘sib boradi; v) suyuqlikning harakati uning yopishqoqligiga bog‘liq bo‘ladi.Demak, suyuqlik zarrachalarining va shu zarrachalardan tashkil topgan qatlamlarning birbiriga nisbatan tartibli va parallel harakati laminar rejimli harakat deyiladi. Tabiatda laminar harakatni daryolarning kichik nishablikka ega bo‘lgan to‘g‘ri qismlarida kam suvli davrlarda, yer osti suvlari mayda donali gruntlar orasidan juda kichik tezlik bilan harakatlanganda kuzatish mumkin. Suyuqliklarning tartibsiz, girdobli harakati turbulent rejimli harakatdir. Turbulent rejimli harakatda quyidagilar kuzatiladi: a) oqimning har bir nuqtasida tezlik kattaligi va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi; b) oqim tezligi uning tubida eng kichik qiymatga ega bo‘lib, undan uzoqlashish bilan o‘sadi, oqim yuzasiga yaqinlashgan sayin esa yana sekinlasha boradi; v) suyuqlik harakati uning yopishqoqligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Yer yuzidagi barcha oqar suvlar, asosan, turbulent rejimli harakat qiladi. Laminar rejimli harakatdagi suyuqlikning tezligi ortishi bilan u turbulent rejimli harakatga aylanadi. Bu hodisa 1883 yilda ingliz fizigi O.Reynolds tomonidan o‘rganildi va u quyidagi ifodani taklif etdi: урт е h R , ifodadagi: e R Reynolds soni, suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligi, урт h oqimning o‘rtacha chuqurligi, suyuqlikning nisbiy (kinematik) yopishqoqlik koeffitsiyenti. Reynolds sonining yuqoridagi ifoda yordamida hisoblangan qiymati uning chegara qiymatidan katta bo‘lsa, turbulent rejimli harakat, aks holda laminar rejimli harakat kuzatiladi. Ochiq o‘zanlar - daryolar, kanallarda Reynolds sonining quyi chegarasi 300 ga, yuqori chegarasi esa - 1200 ga tengligi tajribalarda aniqlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling