10.3. Daryo suvining oqish tezligini o‘lchash usullari
Daryo suvining oqish tezligini quyidagi usullar bilan o‘lchash va
aniqlash mumkin:
1. Qalqimalar yordamida.
2. Gidrometrik parraklar (vertushkalar) yordamida.
3. Hisoblash ifodalari yordamida.
Quyida mana shu usullar bilan tanishamiz.
10.3.1. Tezlikni qalqimalar yordamida o‘lchash
Oddiy qalqimani yupqa taxtadan doira shaklidagi ko‘rinishda
tayyorlash mumkin (10.2rasm, a). Daryodagi suvning oqish tezligini
o‘lchashda ishlatiladigan qalqimalar soni daryoning kengligiga va o‘zanda
suvning oqish xususiyatlariga bog‘liq.
Qalqimalar yordamida tezlik quyidagi tartibda aniqlanadi. Daryoning
to‘g‘ri qismi tanlab olinib, unda birbiridan 15-20 metr masofada
joylashgan uchta ko‘ndalang qirqimlar belgilab olinadi (10.2rasm, g).
Qalqimalar I qirqimdan, daryo kengligi bo‘ylab, navbati bilan birmabir
suvga tashlanadi. Qalqima II qirqimdan o‘tayotganda sekundomer ishga
tushiriladi, III qirqimga yetib kelgach esa u to‘xtatilib, hisob olinadi.
Tezlik esa quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
1
t
i
,
ifodada: i suvga navbati bilan tashlangan qalqimalar tartibi,
II va III
qirqimlar orasidagi masofa,
i
t
shu masofada qalqima oqib o‘tishi uchun
ketgan vaqt.
Qolgan qalqimalar uchun ham tezlik shu tartibda aniqlanadi. So‘ng
har bir qalqima uchun aniqlangan tezliklarning o‘rtacha arifmetik qiymati
hisoblanadi:
n
i
rt
o
'
,
bu yerda:
rt
o'
suv yuzasidagi o‘rtacha tezlik;
n
qalqimalar soni.
Yuqorida bayon etilgan ketmaketlikda aniqlangan suv yuzasidagi
o‘rtacha tezlikdan ko‘ndalang qirqimdagi o‘rtacha tezlikka o‘tish uchun
maxsus jadvallarda keltirilgan o‘tish koeffitsiyentlaridan foydalaniladi.
Bunday jadvallar "Gidrometriya" faniga oid darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalarining deyarli barchasida keltiriladi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |