Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
– rasm. Daryoda suvning oqiish tezligini qalqimalar
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- GR21M, GR55, GR99
10.2 – rasm. Daryoda suvning oqiish tezligini qalqimalar yordamida aniqlash (g) a, b – yuza qalqimalar, v – chuqurlik qalqimasi. 10.3.2. Tezlikni gidrometrik parraklar yordamida o‘lchash Daryo suvining oqish tezligini gidrometrik parraklar yordamida aniq o‘lchash mumkin. Eng muhimi, u istalgan nuqtadagi tezlikni aniqlashga imkon beradi. Gidrometrik parraklarning turli xillari mavjud. Hozirgi kunda gidrometeorologiya xizmatida va suv xo‘jaligida uning GR21M, GR55, GR99 kabi turlaridan foydalaniladi. Gidrometrik parraklar yordamida tezlikni aniqlash uchun daryoning to‘g‘ri qismi tanlanib, unda ko‘ndalang qirqim belgilanadi. Ko‘ndalang qirqimda chuqurliklar o‘lchanib, ulardan tezlik o‘lchanadiganlari ajratib 111 olinadi. Har bir tezlik vertikalida tezlikni bir nechta (15) nuqtada o‘lchash mumkin. Suvning oqish tezligini o‘lchashda gidrometrik parrak temir shtangaga o‘rnatilib, kerakli nuqtaga chuqurlikka tushiriladi. Bunda suv o‘lchash parragining o‘qi suv oqimining uning qanoatlariga ta’siri natijasida suvning oqim yo‘nalishiga parallel holatni egallaydi. Tezlik qancha katta bo‘lsa, parrak shuncha tez aylanadi. Har 20 marta aylanganda esa, bitta tovush (signal) beradi. Aylanishlarga ketgan vaqt sekundomerda aniqlanadi va bir sekunddagi aylanishlar soni quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: t k n 20 ), / ( sek аyl bu yerda: t hisob olish uchun ketgan vaqt (6080 sekunddan kam bo‘lmasligi kerak), k shu vaqt ichidagi signallar soni. Aylanishlar soni ( n ) bilan suvning oqish tezligi ( ) orasidagi bog‘lanish suv o‘lchash parragini darajalash (graduirovka) natijasida aniqlanadi (10.3rasm). Darajalash maxsus laboratoriya yoki gidrometrik parraklar ishlab chiqariladigan zavodlarda amalga oshiriladi. Aylanishlar soni ( n ) ma’lum bo‘lgach, ) (n f bog‘lanishni ifodalaydigan chizma yordamida suvning oqish tezligi ( )ni aniqlaymiz. Yuqorida aytib o‘tilganidek, gidrometrik parrak ma’lum nuqtadagi tezlikni aniqlashga imkon beradi. Agar tezlik vertikalida suvning oqish tezligi bir nechta nuqtada o‘lchansa, undagi o‘rtacha tezlikni quyidagi ifodalar yordamida aniqlash mumkin: a) agar tezlik 5 ta nuqtada o‘lchansa, 10 2 3 3 ' 8 , 0 6 , 0 2 , 0 ' zan o h h h yuza rt o ; b) agar tezlik 2 ta nuqtada o‘lchansa, 2 6 , 0 2 , 0 ' h h rt o , Ifodalardagi: rt o' vertikaldagi o‘rtacha tezlik, yuza suv yuzasiga yaqin nuqtadagi tezlik, zan o' o‘zan tubiga yaqin nuqtadagi tezlik, h h h 8 , 0 , 6 , 0 , 2 , 0 - mos ravishda h 0,8 h; 0,6 h; 0,2 chuqurliklarda joylashgan nuqtalardagi tezliklar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling