Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
xarakterli suv sathlari deb ataladi. Suv sathini kuzatish ma’lumotlari
maxsus gidrologik yilnomalarda chop etiladi. Suv sathini kundalik kuzatishlar natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida uning yil ichida o‘zgarish grafigi chiziladi (9.2rasm, a). Unda suv sathining ayni yildagi o‘zgarishi aniq ko‘rinib turadi. 9.3. Daryolarning suv sathi rejimi Daryolarda suv sathining o‘zgarishi, avvalo, daryodagi suv miqdori, ya’ni suv sarfining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Suv sarfi qanday omillar ta’sirida o‘zgarsa, suv sathi ham ana shu omillar va ularga qo‘shimcha ravishda o‘zan ko‘ndalang qirqimining shakliga, o‘zanda kuzatiladigan muzlash hodisalariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Suv sathi va sarfi o‘zga- rishlarining o‘xshashligi ularning davriy tebranishlari chizmalari birbiriga solishtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni suv sarfi egri chizig‘i chizmasidan ham ko‘rish mumkin. 103 104 Daryoning ayrim qismlarida suv sathi rejimi o‘zan va qayirlarning tuzilishiga bog‘liq holda suv sarfiga nisbatan oz yoki ko‘p o‘zgarishi mumkin. Masalan, daryoning keng va shu bilan birga, sayoz qismida suv sathi suv sarfiga nisbatan juda sekin o‘zgarsa, chuqur va tor o‘zanda buning teskarisi bo‘ladi. Bunga sabab, katta qayirda suv massalari to‘planishi (akkumulyatsiyasi) natijasida suv sathi amplitudasi kamayadi. Daryolarning suv sathi rejimi quyidagi omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin: a) agar bosh daryoga quyiladigan irmoqda to‘linsuv davri oldin boshlansa, u holda irmoqning quyilish joyidan yuqorida bosh daryoda, dimlanish hisobiga, suv sathining ko‘tarilishi kuzatiladi; b) agar to‘linsuv davri bosh daryoda oldin boshlansa, u holda irmoqning suv sathi ko‘tariladi; v) o‘zan suv o‘simliklari bilan qoplanganda suv sathi o‘simlik yo‘q vaqtdagiga nisbatan yuqori bo‘ladi; g) o‘zanning yuvilishi suv sathini kamaytirsa, oqiziqlarning o‘zanda to‘planishi (akkumulyatsiyasi) esa suv sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi; d) qish oylarida, suv sarfi o‘zgarmagan holda, muzlash hodisalari sababli, suv sathi keskin o‘zgarishi mumkin; e) daryolarning okean va dengizga quyilish qismida suv sathi rejimi ancha murakkab xarakterga ega bo‘ladi. Chunki bunda Yer bilan Oyning o‘zaro tortishish kuchi yoki shamol ta’sirida vujudga keladigan suvning ko‘tarilishi va pasayishi (qaytishi) hodisalari faol ta’sir ko‘rsatadi. Bunday hodisalar Volga, Neva, Don kabi daryolarda kuzatiladi; j) inson xo‘jalik faoliyati (yog‘och oqizish ishlari, to‘g‘onlar qurilishi kabilar) ham suv sathining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling