138
to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shuls, asosan, yer
osti suvlaridan to‘yinuvchi kichik daryolarni hisobga olmagan holda, O‘rta
Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga bo‘ladi:
1. Muzlikqor suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
2. Qormuzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
4. Qoryomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
Ushbu tasnifda o‘rganilayotgan daryoning
qaysi turga mansubligini
aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
1) daryoda suv eng ko‘p bo‘ladigan oylar;
2) qormuzlik suvlaridan hosil bo‘lgan yozgi to‘linsuv
davridagi
oqim miqdori (
IX
VII
W
);
3) yozgi to‘linsuv davridagi oqim miqdori (
IX
VII
W
)ning
qor suv-
laridan hosil bo‘lgan bahorgi to‘linsuv davridagi oqim miqdori (
VI
III
W
) ga
nisbati, ya’ni
VI
III
IX
VII
W
W
olinadi (15.1jadval).
15.1jadval
Do'stlaringiz bilan baham: