Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi turdagi
- Uchinchi turdagi
Birinchi turdagi daryolarning to‘yinishida baland tog‘lardagi asriy
qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan suvlar eng ko‘p ishtirok etadi. Biroq, muzliklarga yaqin bo‘lgan joylar e’tiborga olinmasa, bu turdagi daryolarning to‘yinishida muzlik suvlarining miqdori qor suvlari miqdoriga nisbatan kam bo‘ladi va yillik oqim hajmining 2530 foizini tashkil etadi. Bu xil daryolarda oqim miqdori yillar bo‘yicha kam o‘zgaradi va to‘linsuv davri juda kech iyulavgust oylarida kuzatiladi. Bu turdagi daryolar, asosan, PomirOloy tog‘larining mangu qor va muzliklar ko‘p bo‘ladigan eng baland tizmalarida (Panj, Vaxsh, Zarafshon daryolari) va Oloy tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida (Isfara, So‘x daryolari) ko‘pdir. Bunday daryolar Norin havzasining yuqori qismida, Issiqko‘l havzasida va Qirg‘iz, Orqa Ili, Jung‘oriya Olatovlarining shimoliy yonbag‘irlarida hamda Talas Olatovining g‘arbiy qismida ham uchraydi. Ikkinchi turdagi daryolar oqimi ko‘proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda mangu qorlarning erishidan hosil bo‘ladi. Ularda muzlik suvlarining hissasi ancha kamyillik oqimning 15 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Bu turdagi daryolarda to‘linsuv davridagi oqimning 140 eng ko‘p qismi mayiyun oylariga to‘g‘ri keladi. Ularga Sirdaryo havzasidagi Norin, Qoradaryo, Piskom, Чotqol, Chirchiq va Xisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlaridan oqib tushadigan bir qancha daryolar To‘palangdaryo, Qoratog‘daryo va Kofirnihon kabilar kiradi. Uchinchi turdagi daryolarning suv to‘plash havzalari ancha past joylashgan bo‘lib, ular, asosan, mavsumiy qor va qorliklar hisobiga to‘yinadi. Bu turdagi daryolar oqimi yillararo va yil davomida keskin o‘zgarib turadi, to‘linsuv davri ertaroq (martmay oylarida) kuzatiladi. Qashqadaryo, Sangardak, G’ovasoy va Yassi kabi daryolar shu turga kiradi. Nihoyat, to‘rtinchi turga mansub daryolarning to‘yinishida baland tog‘ qorlari va muzliklari deyarli yoki butunlay ishtirok etmaydi. Lekin yomg‘ir suvlari hissasi boshqa turdagi daryolarga nisbatan eng katta salmoqqa ega bo‘ladi. Bu turdagi daryolarning suv to‘plash havzalarining o‘rtacha balandliklari nisbatan kichik bo‘lib, ularga Ohangaron, Aris, Kalas daryolari, Qoratovning janubig‘arbiy yonbag‘irlaridan oqib tushadigan soylar, shuningdek, Turkmaniston daryolarini misol qilib keltirish mumkin. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling