Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
CHiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
4.3. CHiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash
YTLATda yechiladigan masalalarning eng ko‟p tarqalganlaridan biri - turli qanday qatlam uchun karta maydoniga tuzatib bog‟langan chiziqli va konturli obyektlarning maydonini hisoblashdir. Bu masalani yechishda maydonlarida defor- matsiya natijasida o‟zgarish yo‟q kartalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. YTLAT tarkibiga konturli obyektlarni identifikatsiyalashni va ularning yopiqligini nazorat qilishni ta‟minlovchi; masshtabsiz sturlitli belgilar bilan ko‟rsatilgan chiziqli va nuqtali obyektlarni identifikatsiyalash, ularning chiziqli o‟lchamlariga mos tarzda himoya mintaqalarini qurish; ajratilgan himoya maydon- larini hisobga olgan holda, barcha obyektlarning maydonlarini hisobga olish; sektsiyalar va planshetlar ichida maydonlarni bog‟lash; planshetga yangi konturni 62 geodezik koordinatalari bo‟yicha tushirish va zarurat tug‟ilganda planshetda konturlarni qayta bog‟lash; obyektni bo‟lish yoki ikki va undan ko‟p konturlarni berilgan maydon ko‟rsatkichi bo‟yicha bittaga birlashtirish. Konturlar maydonlarini hisoblash bo‟yicha berilgan topshiriqning EHMda avtomatlashtirilgan tarzda yechilishining yiriklashtirilgan chizmasi 13– rasmda keltirilgan. Foydalaniladigan texnik vositalar va maxsus dasturlar to‟plamlaridan kelib chiqib, keltirilgan chizma o‟zgarishi mumkin. Shunga qaramasdan, yer tuzish ehtiyojiga mo‟ljallangan turli qanday avtomatlashtirilgan tizimda maydonlarni hisoblash bloki u yoki bu shaklda amalda o‟rin egallaydi. YTLATdan foydalanishda yotqizish tamoyili dasturiy ta‟minotga o‟ziga xos talab qo‟yadi. Xususan, nuqta, kontur, konturlar guruhi (masalan, ularning tartib raqamlari bo‟yicha), kartaning chegara bo‟yicha boshqa qatlamdan olingan, hohlagan qismi va sh.o‟. uchun qatlamlarni grafikaviy va mantiqiy yotqizishda umumlashtirilgan ma‟lumotlarga bo‟lgan foydalanuvchining talabi qondirilishi kerak. Ma‟lumotnoma yotqizilish tamoyili bo‟yicha tuzilishi kerak, ya‟ni birinchi qatlam konturlariga ikkinchi qatlam konturlari kiradi, ularning turli bittasiga uchinchi qatlam konturi kiradi va sh.o‟. Foydalanuvchining hohishiga ko‟ra, yotqizish natijalari yangi qatlam sifatida saqlanishi, to‟plangan semantika ma‟lumotlari esa, ma‟lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin. Tizim oddiy yoki to‟plangan qatlamdan berilgan qatlamni yoki pastki qatlamni ajrata olishi va uni mustaqil qatlam sifatida saqlay olishi ham kerak. 63 13-rasm. Konturlar maydonlarini avtomatlashgan tarzda hisoblash chizmasi. Panorama majmuasi yordamida aniq maydonli va chiziqli ob‟ektlar bo‟yicha maydon o‟lchamlarini avtomatlashgan tizimda hisoblash ishlariga misollar 14-15 rasmlarda keltirigan. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling