Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

6.4. Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish 
Yangi loyihalarni tuzatishda tez-tez yig‟ilgan arxiv hujjatlaridan foydalanish 
muammosi kelib chiqadi. Bugungi kunda grafikaviy ma‟lumotlarni kompyuter-
larga kiritishning ikkita asosiy usulidan keng foydalaniladi. Ular: qo‟lda va 
avtomatlashtirilgan kiritish usullari. 
Qo‟lda kiritish digitayzer (21-rasm) yordamida amalga oshiriladi. U 
«Elektron doska» bo‟lib, standart formatga (A4 dan A0 gacha) va ko‟rsatish 
qurilmasiga (kursorga) ega. Kursor bosqich tugmachalari va digitayzer sathi bilan 
elektromagnit aloqali vizirdan iborat kichik paneldir. Bunday qurilma yordamida 
eski chizmalarni «aylantirish» yoki yangilarini yaratish mumkin. Digitayzerlarning 
turli xil turlari mavjud: ishchi yuzani yorituvchi, standart yuzali, ko‟rinib turadigan 
(shaffof) yuzali. Kursorlar ham turli xil shakllarga ega va 4, 16 va undan ham 
ko‟proq bosish tugmalari bilan chiqarilmoqda. 
Digitayzerlarning aniqligi millimetrning o‟ndan bir bo‟lagidan yuzdan bir 
bo‟lagigacha o‟zgarib turadi. Aniq nuqtalarni kursor bilan «teshish», ya‟ni tasvirni 
aniqroq tushirish yer tuzish xaritashunosligida qo‟llaniladi. Asosiy xato operator 
tasvirni qo‟lda raqamli ko‟rinishda kiritishida 
kelib chiqadi (taxminan 0,5 mm). Bu xatoni 
maxsus vositalardan foydalanib, pasaytirishga 
xarakat qilinadi (kursor viziridagi linzani 
kattalashtirish, 
ishchi 
yuzani 
maxsus 
fluorestsent chiroqchalari o‟rnatilgan quticha 
yordamida yoritish, viziri yoritiladigan maxsus 
22-rasm. Digitayzer (planshet) kursorlardan foydalanish). Oddiy qalamga 


91 
o‟xshagan, bosimga sezgir, peroli digitayzerlar ham bor. Ularni asosan, eskizlarni 
chizishda rassom-dizaynerlar ishlatishadi.

 
 
 
 
 
 

 
23-rasm. Planshetli skanerlar 
24-rasm. Rangli rolikli universal skaner 
25-rasm. CONTEX firmasining rangli 
yuqori aniqlikdagi skaneri (LIAT va 
GAT 
uchun 
ProfScan 
modeli). 
Skanerlash yuzasi 900x 1200 mm, 
aniqligi 0,1mm 
Avtomatlashtirilgan kiritish skaner yordamida amalga oshiriladi (23-25-
rasmlar). Skanerlarning bir necha turlari mavjud: qo‟lda olib yuriladigan, 
planshetli, barabanli va tortuvchi. Qo‟l skanerlari kam aniqligi va past unumdorligi 
б 


92 
sababli, professional ishlarga qo‟llanishga yaramaydi. Kichik o‟lchamdagi 
planshetli skanerlar kompyuterga matnli (tushuntirish xatlari va sh.o‟.) va 
grafikaviy ma‟lumotlarni - kichik chizmalarni, rasmlarni kiritish uchun 
qo‟llaniladi. Katta o‟lchamdagi skanerlar yuqori darajadagi poligrafiya ishlarida 
qo‟llaniladi; ular juda qimmat turadi. Barabanli skanerlar ham poligrafiyada, 
hamda kiritishda yuqori aniqlik talab qilinadigan joylarda (masalan, 
xaritashunoslikda) foydalaniladi. Ularning asosiy kamchiligi – skanerlash 
vaqtining kattaligidir. Hozirgi vaqtda chizma hujjatlarini kiritish uchun qo‟proq 
tortuvchi skanerlardan foydalaniladi: bugungi kunda ular eng yaxshi baho (ish 
unumdorligi)ga ega. Bunday qurilmalarning aniqligi ko‟plab ilovalar uchun to‟la 
yetarli hisoblanadi.
Skanerlash tamoyilining o‟zi odatdagi tasvirni rastr shakliga o‟zgartirishga
asoslangan (ya‟ni uni ko‟p raqamli nuqtalar ko‟rinishida ko‟rsatish). Skanerlashdan 
keyin navbatdagi ishlar uchun tez-tez rastrli ma‟lumotlarni vektorli (chiziqlar 
yig‟indisi) ko‟rinishiga aylantirish zarurati tug‟ilib turadi. Buning uchun maxsus 
dasturlardan (vektorlovchidan) foydalaniladi.
Skanerlarning asosiy tavsiflari imkoniyati (optik va dasturiy), aniqligi, 
adaptiv porogi borligi, chiquvchi fayllar turlari va sh.o‟. hisoblanadi. Rangli 
skanerlar uchun ranglar chuqurligi va dinamik diapazon ham katta ahamiyatga ega. 
Skaner imkoniyati bir dyumda tasvir necha nuqta yordamida yoritilishi bilan 
baholanadi (dot per inch, dpi). Nuqtalar soni qancha ko‟p bo‟lsa, tasvir aniqligi 
shuncha yuqori bo‟ladi. 
Skaner optikasi sifati bilan aniqlanadigan optik imkoniyat bilan dasturiy 
imkoniyatlarning farqini ajratib bilish kerak. Dasturiy imkoniyat optik 
imkoniyatdan 1,5-2 marta yuqori bo‟lib, unga «sanalgan» nuqtalarga qo‟shimcha 
nuqtalarni qo‟shish yo‟li bilan erishiladi. Bu tekislangan chiziqlarni olish va yarim 
tonli tasvirlarni skanerlashda sezilarsiz ranglarning bir-biriga o‟tishini ta‟minlaydi. 
Skaner aniqligi ko‟pchilik hollarda ma‟lumotlarni sanash mexanizmi bilan 
aniqlanadi va berilgan kesma uzunligidan foiz (protsent) bilan o‟lchanadi. 


93 
Adaptiv porogi borligi juda ifloslangan materiallarni skanerlash imkonini 
beradi. Bunday parametrga, tortuvchi keng formatli CONTEX va VIDAR kompa-
niyalarining skanerlari ega. Masalan, FSC seriyasidagi skanerlar AO formatiga ega 
bo‟lib, qog‟ozning maksimal kengligi 1016 mm (40‟‟) skanerlash yuzasi kengligi 
914 mm (36‟‟); qog‟ozning uzunligi cheklanmagan. 24 bit RGB, 8/4 bit Paletted 
color skanerlanadi. Oddiy ranglarni tanlash ANSI IT8 standart jadvallari 
yordamida amalga oshiriladi, rangli politrani avtomatik tarzda va qo‟l bilan 
yaratishga yo‟l qo‟yiladi, o‟rnatilgan jetStream moduli (3010 modeldan boshqalari) 
skanerlash jarayonida rangli plotterda yuqori sifatli nusxa ko‟chirishni ta‟minlaydi. 
Nusxa ko‟chiruvchi skanerlar plotterda to‟g‟ridan-to‟g‟ri nusxa ko‟chirishning 
qo‟shimcha imkoniyatlariga ega bo‟lishadi (reprografiya). 
Skanerlarning barcha zamonaviy modellari judayam rivojlangan dasturiy 
ta‟minot bilan jihozlanib, yetkazib beriladi, ular turli turli rastrli formatlar – TIFF, 
PCX, JPEG, GIF va boshq. chiqish fayllarini olishning mo‟ljallangan maqsad-
lariga bog‟liq holda foydalaniladi. Agar rastrli tasvirlarni amalda sifatini yo‟qot-
masdan saqlash kerak bo‟lsa, eng to‟g‟ri keladigan format TIFF hisoblanadi.
Rang chuqurligi, skaner berishi mumkin bo‟lgan ranglarning maksimal soni 
bilan tavsiflanadi. Bu yerda o‟lcham birligi sifatida rastrli tasvirning bir nuqtasiga 
to‟g‟ri keladigan rangli ma‟lumotlarning bitlari soni xizmat qiladi; odatda bu 24, 
36 yoki 48 bit (odam ko‟zi atrofidagi 17 mln ranglarni ko‟rishi mumkin, bu rang 
chuqurligining 24 bitiga mos keladi). 
Skanerning dinamik diapozoni yorqin elementlarni ko‟rsatish sifatini va 
tasvirning qorong‟i tomonlaridagi detallarning ajratilishini aniqlaydi. 
Ko‟rsatilgan raqamli shaklga keltirish usullarini solishtirishda hisobga olish 
kerakki, digitayzer bilan kiritish yetarlik darajada ko‟p mehnat talab qilishiga va 
mutaxassisning malakali, astoydil mehnatini talab qilishiga qaramasdan, hozircha u 
to‟la avtomatlashtirilgan kiritish bilan almashtirilishi mumkin emas. 
Qo‟lda raqamli shaklga keltirishning asosiy ustunliklari: 
- CAD tizimlarida foydalanish uchun yaroqli vektor shaklidagi chiquvchi 
ma‟lumotlarni darrov olish. Olinadigan fayllar xajmi katta emas (AO formati 


94 
betida 2 Mb atrofida), bu kompyuter resurslariga qo‟yiladigan talabni sezilarli 
pasaytiradi va umuman tizimni arzonlashtiradi; 
- raqamli shaklga keltirishning maksimal yuqori aniqligi; 
- tasvirlarni ranglar bo‟yicha qatlamlashtirish imkoniyati (monoxrom 
skanerlar buni qilmaydi, rangli keng formatli skanerlar hozircha juda qimmat); 
- yomon saqlangan va qattiq ifloslangan hujjatlarni sifatli raqamli shaklga 
o‟tkazish imkoniyati; 
- digitayzerlarning past bahosi (keng formatli skanerlarga nisbatan), bu 
ko‟pchilik hollarda ulardan foydalanishni samaraliroq qiladi (agar raqamli shaklga 
aylantirish ishlari xajmi katta bo‟lmasa). 
Avtomatlashtirilgan raqamli shaklga keltirishning (skaner yordamida) 
ustunliklari: 
- eng murakkab grafikaviy ma‟lumotlarni (slaydlar, fotosuratlar va sh. o‟.)
kiritish imkoniyati; 
- yer tuzishda, kartografiyada, mashinasozlikda va qurilishda katta qag‟ozli 
arxivlar bilan ishlash imkonini beruvchi ma‟lumotlarni kiritishning yuqori tezligi; 
Shuni hisobga olish kerakki, avtomatik raqamli shaklga keltirishning 
texnologik jarayoni va keyingi vektorlash skanerda va vektorlagichlar bilan 
ishlashga o‟rgatilgan malakali mutaxassislarni hamda katta kompyuter resurslarini 
(bitta monoxrom fayli hajmi AO formatdagi hujjatni raqamli shaklga keltirishda 
bir necha o‟nlab Mb tashkil etishi, ranglida esa – undan ham bir necha barobar 
yuqori bo‟lishi mumkin) talab etadi. Rastrli hujjatlar arxivini tashkil etishda, 
saqlash va umumiy hajmi yuzlab gigabaytga yetadigan elektron kutubxonalardan 
tezkor foydalanish masalasi tug‟iladi. 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling