Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Yuzalarning relyefliligini tasvirlash (bump mapping)


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Yuzalarning relyefliligini tasvirlash (bump mapping). Bu usul obyektga 
maxsus teksturani yotqizishdan iborat bo‟lib, natijada yuza ko‟proq haqiqatga 
yaqin ko‟rinadi. Uni amalga oshirishning bir necha yo‟llari bo‟lib, ular jumlasiga 
bosish (emboss), nuqtalarga ishlov berish (dot-product) va sahna elementlarining 
teksturali kartasi (enveronment – mepped bump mapping, EMBM) yordamida 
relyefni ko‟rsatishlar kiradi. 
Bosish usuli tasvirning kerakli aniqligiga teksturalarni qo‟zg‟atish yo‟li bilan 
erishish imkonini beradi va ko‟p resurslarni talab etmaydi.
EMBM –Direct X 6,0 va keyingi versiyalarini kengaytirish to‟plamida 
amalga oshirilgan detallarni qayta ishlash texnologiyalarining biridir. Ushbu yuza 
uslubidan foydalanishda, yuzaga yorug‟lik o‟tkir burchak ostida tushsa tasvir aniq 
bo‟ladi, bundan tashqari yorug‟lik polixromatik bo‟lishi ham mumkin. 
Teksturani siqish. Obyekt tasvirining aniqligini boshqacha yuqoriroq 
zichlikka ega teksturadan foydalanib ham, oshirish mumkin. Teksturani siqish 
uchun S3TC texnologiyasidan foydalaniladi. Uning yordamida 32-bitli 1024x1024 
nuqtali o‟lchamdagi (3 Mb xotiraga joylashadigan) tekstura bor yo‟g‟i 524 Kb 
xotiraga joylashadi 
O’zgartirishlar va yoritishlarni hisoblash. Ishlab chiqarishga keyingi 
yillarda NVIDIA firmasi tomonidan ishlangan Ge Force grafikaviy ishlov berish 
moduli tavsiya etildi. Rendering katta hisoblash resurslarini talab etadi, foydala-
nuvchilar esa o‟xshatishlarni emas, balki, hayotiy aniq tasvirlarni ko‟rishni istaydi. 
3D-grafika doirasida bu masalani yechishning bittagina yo‟li bor, ya‟ni, tas-
virni tashkil etuvchi ko‟pburchaklar sonini ko‟paytirish. Biroq, ko‟pburchaklar 
sonini ko‟paytirib tasvirni ko‟rsatish uchun markaziy protsessorni uch o‟lchamli 
grafikaviy ma‟lumotlarga ishlov berishdan qutqarish kerak. Bu masalani 
akselerator bajarishi mumkin, masalan, NVIDIA va S3 firmalarining yangi mikro-
sxemasi, T&L hisoblashlariga ishlov berishni Pentium IV protsessoriga nisbatan 


87 
bir necha barobar tez bajarish imkonini beradi. Agar MP da grafikaga ishlov be-
rish bilan bir qatorda doimo boshqa ishlar borligini hisobga olsak, uni ozod etish, 
sahnadagi ko‟pburchaklar sonini taxminan 10 barobarga oshirish imkonini beradi.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling