Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 Grafikaviy ishchi stantsiyalar


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

6.3. Grafikaviy ishchi stantsiyalar 
YTLAT operatorining ishchi o‟rnini jihozlashda, avvalo, grafikaviy 
stantsiyaning apparatlari resurslari to‟g‟risida savol tug‟iladi. Zamonaviy dasturiy 
ta‟minot ularga yetarli darajada qattiq talablar qo‟yadi. Maksimal unumdorlikka 
erishish uchun nafaqat bugungi kunda eng quvvatli protsessor, balki, yana qator 
pastki tizimlarning yuqori tavsiflari zarur bo‟ladi. Ko‟plab YTLATlar bilan 
ishlashda grafikaviy stantsiya uchta asosiy ishlarni bajaradi. Ularni bajarish tartibi 
bo‟yicha ko‟rib chiqamiz.
1. Tizim va markaz modullariga ish yuklash. Barcha mavjud YTLATlar
o‟zida modullar tarkibini ifodalaydi, ularning turli biri u yoki bu vazifalarni bajara- 
di. Foydalanuvchi modullardan qancha ko‟p foydalansa, qattiq disk, tezkor xotira 
va protsessorlar orasida shuncha tez ma‟lumotlar almashish sodir bo‟ladi. Shuning 
uchun ham stantsiyaning ishlash tezligi to‟g‟ridan-to‟g‟ri tizim shinasining 
o‟tkazish qobiliyatiga bog‟liq bo‟ladi.
2. Modelning geometrik o‟zgarishini ko‟p martalab qayta hisoblash; bu 
ishlar uchun talab etiladigan vaqt model o‟lchamiga bog‟liq bo‟lib, disk yuzasida 
o‟nlab, hattoki yuzlab megabaytni egallashi mumkin. Qayta hisoblashda model 
tezkor xotirada «o‟tkaziladi» va asta sekin protsessorda qayta hisoblanadi; bu 
yerda grafikaviy stantsiyaning ish unumdorligi, asosan, protsessor quvvatiga 
bog‟liq bo‟ladi.
3. Modelga ko‟rinish berish. Bugungi kunning talabi - modelni uch 
o‟lchamda rangli ko‟rsatish va uni real vaqtda manipulyatsiya qilish imkoniyatiga 
ega bo‟lishdir. Bu ishlarning tezligi, asosan, grafikaviy tezlatgichning quvvatiga va 
uni tezkor xotira bilan bog‟lovchi shinaning o‟tkazish qobiliyatiga bog‟liq bo‟ladi.


88 
Ko‟rsatilgan talablarni umumlashtiradigan bo‟lsak, aytishimiz mumkinki, 
turli qanday grafikaviy stantsiya uchun eng avvalo protsessorni, grafikaviy va 
diskli
pastki tizimlarni, grafikaviy va tizimli shinalarni tanlash katta ahamiyatga ega.
Ishchi stantsiyalarni ishlab chiqaruvchilar orasida an‟anaviy liderlar 
(oldingilar) SUN, SGI va DEClar hisoblanadi. Xozirgi vaqtda esa ular jumlasiga 
Intel Pentium IV, MIPS RISC protsessorlari bazasidagi UNIX, Microsoft 
Windows NT/2000 (hamda keyingilari), Red Nalt Linux ishchi tizimlaridan 
foydalanuvchi mashinalar kiradi. Ularning imkoniyatlari berilgan platformalar 
uchun ishlangan dasturiy ta‟minotlar bilan aniqlanadi. Bunday grafikaviy 
stantsiyalarning baholari doim yuqori bo‟lib kelmoqda.
Alternativ variant sifatida quvvatli grafikaviy pastki tizimga va bitta yoki bir 
necha Pentium IV protsessorga ega, oddiy xususiy (personal) kompyuterlardan 
foydalanish mumkin. Bunday stantsiyalar hisoblash quvvati pastroq bo‟lganligi 
uchun hamma vaqt ham o‟ta murakkab grafikaviy masalalarni yechish uchun zarur 
ish unumdorligini ta‟minlay olmaydi, biroq ular foydalanilishi mumkin bo‟lgan 
ilovalar soni bo‟yicha katta ustunlikka ega (sababi, «ommaviy» Windows 9x, 
Windows NT/ 2000 ishchi tizimlaridan foydalaniladi). Undan tashqari ular nafaqat 
arzon baholari, balki, bahoning ish unumdorligiga nisbatining yaxshiligi bilan ham 
ajralib turishadi.
Ko‟plab grafikaviy pastki tizimlar orasidan uch o‟lchamli modellashtirish va 
ekranda ko‟rsatish tizimlari uchun mo‟ljallangan ELSA, shu jumladan ELSA
Gloria – Synergy, Gloria – L, Gloria – L/MX, Gloria – XL, Gloria – XXL 
professional grafikaviy tezlatgichlarni ajratib ko‟rsatish mumkin.
ELSA platalarida turuvchi grafikaviy protsessorlar ko‟plab sinovlar natijasi 
bo‟yicha eng tez va ishonchli deb topildi. Buning sababi, ham sifatli 
tayyorlanishida (Yevropa zavodlarida ishlab chiqariladi va himoyalangan sifatga 
ega), ham o‟zining sxema texnik yechimlarida, keng turlardagi drayverlar va 
boshqa asbob vositalaridadir. O‟z platalarida firma 3D Ladsda ishlab chiqarilgan 
Glint seriyasidagi maxsus grafikaviy protsessorlardan foydalanadi. Uch o‟lchamli 


89 
modelni ekranga chiqarishda rastrlash amalga oshiriladi, ya‟ni model to‟g‟risida 
ma‟lumotlarga asosan rastrli tasvir yaratiladi. Aynan mana shu jarayon, eng ko‟p 
apparatli qo‟llab-quvvatlashga muxtoj bo‟ladi. Bundan tashqari grafikaviy platada 
uch o‟lchamli obyektlar bilan manipulyatsiya qiluvchi geometrik protsessor 
bo‟lishi kerak. Z – buferi tasvirining turli bir nuqtasi va teksturalar to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlar uchun uchinchi koordinata to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni saqlash uchun 
ko‟rsatish xotirasini ikkilangan buferlashni ta‟minlash kerak. Tekstura to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlarning ko‟payishi ko‟rsatish xotirasining kamayishiga olib keladi, bu esa 
rang tiniqligini va aniqligini pasaytiradi, shuning uchun ELSA Gloria –L, Gloria – 
L/MX, Gloria – XL/XXL modellarida ajratilgan ko‟rsatish (video) va 3D xotira 
bor. Sifatli ko‟rinishning zarur sturliti - yuqori aniqlik va TrueColor/HighColor 
tartiblarini (rejimlarini) qo‟llab-quvvatlashdir. ELSA firmasi ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan yechilgan yana bir masala – Gloria nazarotchilarini keng qamrovli 
ilovalar uchun yaroqli etishdir. Buning uchun nazoratchilar AutoCAD, Autodesk 
inventor, Autodesk Mechanical Desktop, 3D Studio MAX/VIZ va ko‟plab boshqa 
3D tizimlar bilan samarali ishlash imkonini beradigan OpenGL interfeysini 
qo‟llab-quvvatlaydilar; 3D Studio MAX/VIZ va AutoCAD 2000 dasturlari bilan
ishlash uchun maxsus HEIDI – drayveri bor. 
Grafikaviy stantsiya umumiy ish unumdorligining sezilarli qismini diskali 
pastki tizim (qattiq disk nazoratchisi, interfeys va diskning o‟zidan tashkil topgan 
majmua) ish unumdorligi tashkil etadi. Bugungi kunda asosan ikki turdagi 
interfeys: SCSI va UltraATA ishlatiladi. SCSIning ustunligi - uning moslashuv-
chanligi, universalligi, kaskadlashtirilishi, sakkiztagacha qurilmalarni ulash 
imkoniyati (qo‟shimcha, vinchesterlar, CD-ROM, skanerlar va sh.o‟.), ta‟sirlarga 
turg‟unligi va ma‟lumotlarni uzatishda eng yuqori tezligi (1600 Mb/s gacha) 
hisoblanadi. Biroq interfeysning va mos qurilmalarning qimmatligi sababli, undan 
faqat haqiqatan ham juda zarur vaziyatlarda foydalanish kerak. Standart UltraATA 
ma‟lumotlarni uzatishning kichikroq tezligini (66 Mb/c gacha ) va 4 ta 
qurilmagacha yuklamani ta‟minlaydi, biroq u ancha arzon. Qattiq disk hajmiga 
qaraganda baholash mezoni bitta – qancha ko‟p bo‟lsa, shuncha yaxshi. Disk 


90 
yuzasida katta hajm talab qiladigan grafikaviy modullardan tashqari uch o‟lchamli 
modellar loyihalarining o‟zi ham vinchesterda yuzlab megabayt hajmni egallaydi. 
Tezkor (operativ) xotiraning hajmi ham katta ahamiyatga ega. ZD – grafika bilan 
ishlashda u tizimning umumiy unumdorligini pasaytirib yubormasligi uchun 
yetarlik darajada katta bo‟lishi kerak (128 dan 512 Mb gacha). 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling