Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
Nazorat savollari va topshiriqlar
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Yer tuzish ishlarini avtomatlashtirishning qanday tamoyillari mavjud? 2. Yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy vositalarni ishlashda qanday masalalarni yechish kerak? 3. Avtomatlashtirilgan hisoblashlar vositalari tizimi o‟zida nimalarni ifodalaydi? 4. Qanday turdagi ta‟minotlar yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish pastki tizimiga kiradi? 5. Yer tuzish ma‟lumotlarining asosiy manbalarini ayting. 6. YETLIATni qo‟llashdan olinadigan umumiy samara qanday tarkibiy qismlardan iborat va ular qanday hisoblanadi? 7. Ma‟lumotlarga ishlov berish tizimining iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi? 8. Iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun qanday ko‟rsatkichlardan foydalaniladi? 9. Yer tuzishda YETLIAT va GATlarni joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samarani hisoblash usulini tushuntirib bering. VIII –BOB YER TUZISHDA EKSPERT TIZIMLARI 8.1. Ekspert tizimlarining tarkibi va imkoniyatlari YETLIAT va GATlarning kelajakdagi rivojlanishi ko‟p jihatdan ekspert tizimlarini yaratish va foydalanishga bog‟liq. Ular sun‟iy intellekt tizimining bir turi hisoblanadi. Sun‟iy intellekt – bu XX asrning 50 yillarida kibernetika, lingvistika, psixologiya va dasturlash fanlari orasida paydo bo‟lib, Viner, Makkalok va Rozenblatlarning neyron tarmoqlari bo‟yicha ishlaridan boshlangan va tez rivojlanayotgan ilmiy fandir. Uni bilimlar va ularni qanday qilib olish, 121 sun‟iy tizimlarda ko‟rsatish, ularning ichida qayta ishlash va amaliy masalalarni yechish uchun foydalanish to‟g‟risidagi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu sohadagi izlanishlar bir qancha asosiy yo‟nalishlar bo‟yicha olib boriladi (32-rasm): 32-rasm.Suniy intelektdan foydalanish yonalishlari Sun‟iy intellekt sohasida eng yirik rivojlanish ekspert tizimlarini (ET) yaratish bilan bog‟liq. Ular hozirgi vaqtda yetarlik darajada keng tarqalib ulgurgan va ko‟plab amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi. Yer tuzishni loyihalash masalalarini yechish doimiy ravishda katta hajmdagi ekspertlar bilimlarini jalb etishni talab qiladi. Bu qator sabablardan kelib chiqadi: ushbu turdagi masalalarning ko‟pchiligi ojiz tarkiblashtirilgan; ularni qo‟yishda mutaxassis–ekspertlarning qatnashishi; turli xil, biroq amaliy jihatdan teng qiymatli loyihalar olish imkoniyati; yechimlarning yagona algoritmi yo‟qligi; loyihalashning navbatdagi qadamlarida loyihalanuvchi obyektlarning murakkabligi oshib borishi va hisobga olinadigan ko‟rsatkichlarning soni ko‟payishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling