Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari
“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
Download 412.37 Kb. Pdf ko'rish
|
23-25 1656048232
“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI Ogahiyning qayd etishicha, Olloqulixon Muhammad Bahodirxon vafot etgan paytda, kichik o‘g‘li Muhammad Aminxon Xivada, uning huzurida edi. Otasi vafot etgach, Muhammad Aminxon o‘sha paytda Hazorasp hokimi vazifasini bajarayotgan akasi – Rahimqulixonga “otasi vafotining axbori va tez kelmaganining asrori uchun qosidai sarsarmisolin, ya’ni choparni jo‘natadi. Rahimqulixon o‘sha kuniyoq tezlik Xivaga yetib keladi. Ta’ziya marosimi ado etilgach, barcha amirlar, ulomalar, shariat peshvolari “ hazrati zilllullohiy”, ya’ni Rahimqulixon huzuriga yig‘iladilar va uning xorazmshohlik taxtini qabul etishini so‘raydilar. Shunda Rahimqulixon shodlikka rag‘bati yo‘qligi, bu dunyoning o‘zi bevafo ekanligi, shohlikning “no‘shi bir bo‘lsa, nishi ming”, ya’ni rohati bir bo‘lsa, tashvishi ming ekanligi to‘g‘risida so‘zlaydi. Ogahiyning qayd etishicha, ”Chun arkoni davlat va umaroyi ziynatshavkatning ilhoh va mubolag‘asi hadu g‘oyatdin o‘tdi, lojaram, hazrat zilullohiy kamoli karamdin ul jamoaning royin sindurmay va siynai iltimoslariga dasti rad urmay,saltanat amri xatirin qabul etib, hamul kechakim, chahorshanba tuni erdi, namozi shom hangomi niqizo topgandin so‘ngkim, xilofat tojin g‘ushai qulohig‘a va xorazmshohlik niginin angushti iqtidorig‘a solib,jahonbonlig‘ zamonin qabzai ixtiyorig‘a oldi”. Darhaqiqat, alloma Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning boy ilmiy va adabiy ijodi nafaqat yurtimiz olimlari, balki jahon miqyosida ham o‘rganilmoqda. Yillar, zamonlar o‘tar, buyuk vatandoshimizning tabarruk nomlari abadul – abad mangu qoladi. Chunki, allomaning o‘z so‘zi bilan aytganda “so‘z martabasi nihoyatsiz baland va so‘z ahli hamisha aziz va arjumanddurlar”. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ogahiyga arg‘umon. Urganch. 2009. B.-38 2. Ogahiy asarlarining tavsifi. (katalog) T.: 1986. B.-24. Download 412.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling