Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari
Download 412.37 Kb. Pdf ko'rish
|
23-25 1656048232
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matyakubova Soxiba O‘rinboy qizi Urganch davlat universiteti magistranti Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
www.re-search.uz 23 “UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI OGAHIY ASARLARIDA XONLIK TARIXINING AKS ETISHI Matyakubova Soxiba O‘rinboy qizi Urganch davlat universiteti magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada Xiva xonligining eng muhim tarixchisi Ogahiyning Xiva va Rossiya munosabtlarini yorituvchi asarlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Chor Rossiyasi, savdo aloqalari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, tarix, adabiyot, zikri jamil, vasfi jalil. Xiva xonligining Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi hamda Eron, Hindiston, Afg‘oniston bilan bo‘lgan munosabatlari, o‘zaro urushlar, Xiva – Rossiya savdo aloqalari, Chor Rossiyasining Xiva xonligi bilan bo‘lgan munosabatlarida XIX asrning 40-50-yillaridan boshlab siyosiy maqsadning ustuvorligi, shuningdek, xalqlarning madaniyati, urf – odatlari va oilaviy turmushi haqida keng miqyosda muhim ma’lumotlar beriladi. “Riyoz ud – davla”, “Zubdat ut – tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” asarlarining ko‘pgina parchalari “Ogahiy” deb nomlangan asarlar to‘plamidagi V va VI jildlarda ogahiyshunos Subutoy Dolimov tahriri ostida nashr etilgan. Ammo Ogahiyning “Shohidi iqbol” asari bu to‘plamga kiritilmagan. Asarda 1865-yildan 1873-yilgacha bo‘lgan Xiva xonligidagi voqealar tavsiflanadi. Mazkur asarning yagona dasxat nusxasi Sankt- Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Xorazm tarixining jonkuyari Q.Munirov sa’y-harakati bilan 1955-yili asarning mikrofilm nusxasi keltirilgan va hozirda Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. “Shohidi iqbol” asari 227 varaqdan iborat. Kitob qora siyohda nasta’liq xati bilan Qo‘qon qog‘oziga yozilgan. Har bir beti 15 qatordan iborat. Muqovasi qizil charmdan ishlangan. Asar muqddimasida Ogahiy shunday yozadi: ”Men, Muhammadrizo, laqabim, Ogahiy yoshligimdan to shu vaqtgacha Xorazmda yashadim. Bu yerda hukmronlik qilgan podshohlarning tarixlarini yozdim. Muhammad Rahim II vaqtida bu asarni yozishga boshladim va unga “Shohidi iqboli Feruzshohiy” deb nom qo‘ydim”. Hozirgi kunda “Shohidi iqbol” asarining matni Q.Munirov va X.Muxtorovlar tomonidan nashrga tayyorlangan. O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakillarida biri hisoblanmish Muhammadrizo Ogahiyning badiiy merosi qanchalik salmoqli bo‘lsa, uning tarixiy asarlari ham shunchalik ko‘lamlidir. Ular madaniy – ma’rifiy meros va muhim tarixiy manba bo‘lishi bilan birga, o‘zbek tili tarixi, uning shakllanish jarayoni va bosqichlarini belgilashda katta ahamiyatga egadir. Ogahiyning Xiva xonligi tarixini aks ettiruvchi asarlaridan yana biri “Zubdat ut- tavorix” (Saralangan tarixlar) Rahimqulixon xonligining dastlabki yillarini aks ettiradi. Unda Rahimqulixonning harbiy yurishlari, Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo‘qon xonligiga munosabati, o‘sha davrdagi Xiva xonligining hududi, iqlimi va tabiati kabilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar keltirilgan. Asar shunchaki voqealar bayoni emas, balki badiiy bo‘yoqlarga boy bir tilda yozilgan manba bo‘lib, Ogahiyning ijtimoiy – siyosiy qarashlarini aks ettirishi bilan e’tiborga loyiqdir. Bu asar haqida Q.Munirovning tadqiqotlarida qisqacha www.re-search.uz 24 Download 412.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling