Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari


Download 412.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi412.37 Kb.
#1542033
  1   2   3
Bog'liq
23-25 1656048232



www.re-search.uz 
23 
“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI 
OGAHIY ASARLARIDA XONLIK TARIXINING AKS ETISHI 
 
Matyakubova Soxiba O‘rinboy qizi 
Urganch davlat universiteti magistranti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xiva xonligining eng muhim tarixchisi Ogahiyning 
Xiva va Rossiya munosabtlarini yorituvchi asarlari keltirib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: Chor Rossiyasi, savdo aloqalari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, tarix, 
adabiyot, zikri jamil, vasfi jalil.
Xiva xonligining Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi hamda Eron, Hindiston, 
Afg‘oniston bilan bo‘lgan munosabatlari, o‘zaro urushlar, Xiva – Rossiya savdo aloqalari, 
Chor Rossiyasining Xiva xonligi bilan bo‘lgan munosabatlarida XIX asrning 40-50-yillaridan 
boshlab siyosiy maqsadning ustuvorligi, shuningdek, xalqlarning madaniyati, urf – odatlari 
va oilaviy turmushi haqida keng miqyosda muhim ma’lumotlar beriladi. 
“Riyoz ud – davla”, “Zubdat ut – tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani 
davlat” asarlarining ko‘pgina parchalari “Ogahiy” deb nomlangan asarlar to‘plamidagi V va 
VI jildlarda ogahiyshunos Subutoy Dolimov tahriri ostida nashr etilgan. Ammo Ogahiyning 
“Shohidi iqbol” asari bu to‘plamga kiritilmagan. Asarda 1865-yildan 1873-yilgacha bo‘lgan 
Xiva xonligidagi voqealar tavsiflanadi. Mazkur asarning yagona dasxat nusxasi Sankt-
Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.
Xorazm tarixining jonkuyari Q.Munirov sa’y-harakati bilan 1955-yili asarning 
mikrofilm nusxasi keltirilgan va hozirda Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 
“Shohidi iqbol” asari 227 varaqdan iborat. Kitob qora siyohda nasta’liq xati bilan Qo‘qon 
qog‘oziga yozilgan. Har bir beti 15 qatordan iborat. Muqovasi qizil charmdan ishlangan. Asar 
muqddimasida Ogahiy shunday yozadi: ”Men, Muhammadrizo, laqabim, Ogahiy 
yoshligimdan to shu vaqtgacha Xorazmda yashadim. Bu yerda hukmronlik qilgan 
podshohlarning tarixlarini yozdim. Muhammad Rahim II vaqtida bu asarni yozishga 
boshladim va unga “Shohidi iqboli Feruzshohiy” deb nom qo‘ydim”. Hozirgi kunda “Shohidi 
iqbol” asarining matni Q.Munirov va X.Muxtorovlar tomonidan nashrga tayyorlangan. 
O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakillarida biri hisoblanmish Muhammadrizo 
Ogahiyning badiiy merosi qanchalik salmoqli bo‘lsa, uning tarixiy asarlari ham shunchalik 
ko‘lamlidir. Ular madaniy – ma’rifiy meros va muhim tarixiy manba bo‘lishi bilan birga, 
o‘zbek tili tarixi, uning shakllanish jarayoni va bosqichlarini belgilashda katta ahamiyatga 
egadir. 
Ogahiyning Xiva xonligi tarixini aks ettiruvchi asarlaridan yana biri “Zubdat ut-
tavorix” (Saralangan tarixlar) Rahimqulixon xonligining dastlabki yillarini aks ettiradi. Unda 
Rahimqulixonning harbiy yurishlari, Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo‘qon xonligiga 
munosabati, o‘sha davrdagi Xiva xonligining hududi, iqlimi va tabiati kabilarni o‘z ichiga 
olgan ma’lumotlar keltirilgan. Asar shunchaki voqealar bayoni emas, balki badiiy 
bo‘yoqlarga boy bir tilda yozilgan manba bo‘lib, Ogahiyning ijtimoiy – siyosiy qarashlarini 
aks ettirishi bilan e’tiborga loyiqdir. Bu asar haqida Q.Munirovning tadqiqotlarida qisqacha 


www.re-search.uz 
24 

Download 412.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling