Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi


-Mavzu: Mehnat intizomi. Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish


Download 1.26 Mb.
bet43/55
Sana20.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1631029
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi Mexnatmuhof

2-Mavzu: Mehnat intizomi. Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish.


Reja:
1. Ish vaqti rejimi.
2. Dam olish va bayram kunlari.
3. Mehnat muhofazasi.


Ish joyida mehnat va dam olish rejimlarini tashkil etish.


Mehnat huquqida ish vaqti rejimi deganda xodimlar uchun belgilangan ish vaqti muddatining muayyan kalendar davr (sutka, hafta, oy va shu kabilar) doirasidagi taqsimoti tushuniladi.


Ish vaqti rejimi tushunchasi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: kundalik ish (smena) muddati: ish boshlanadigan va tugallanadigan payt: ishdagi tanaffuslar vaqti, sutkadagi smena miqdori, ish kunlari bilan ishlanmaydigan kunlar navbatma-navbat kelishi, xodimlarni bir smenadan boshqasiga o'tqazish tartibi va boshqalar.
Xodimlar uchun ish vaqti rejimi korxonaning lokal normativ hujjatlarida, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa, korxonaning ish rejimini inobatga olgan holda, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan belgilab qo‘yiladi. Bu ish rejimi, bir tomondan, korxona zimmasidagi vazifalar bajarilishini, ikkinchi tomondan esa, qonun hujjatlari, lokal normativ hujjatlar yoki mehnat shartnoma- sida har bir xodim uchun belgilab qo‘yilgan ish vaqti muddatiga rioya etilishini ta’min etishi lozim.
Korxonaning ish rejimi mazkur korxona qaysi maqsadda tashkil etilgan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish shu maqsadni amalga oshirish uchun vazifalar va ishlar bajaradigan (u yoki bu mahsulot ishlab chiqaradigan, aholiga u yoki bu xil xizmat ko‘rsatadigan va boshqa ishlarni bajaradigan) vaqtdir.
Korxonaning asosiy vazifalarini bajarishi turli ish rejimlarida kechishi mumkin.
Jumladan, agar korxonaning asosiy ishlab chiqarishi kecha-kunduz, dam olish va bayram kunlari ham tinmay ishlaydigan bo‘lsa, bunday korxona uzluksiz, ko‘p smenali ish rejimida ishlaydigan korxona hisoblanadi. Vokzal, aeroport, kasalxona va shu kabilar, shuningdek ko‘pgina sanoat korxonalari, odatda xuddi shunday ish rejimida ishlaydi.
Asosiy ishlab chiqarishi umumiy belgilangan dam olish va bayram kunlari davrida yoki kalendar haftaning muayyan kunlari tegishli muddatga to‘xtaydigan korxonalar tinim bilan, bir smenali yoki ko‘p smenali ish rejimida ishlaydigan korxonalar sanaladi.
Tinim bilan, bir smenali ish rejimidagi korxonalarda asosiy ishlab chiqarish dam olish va bayram kunlaridan tashqari har sutkaning muayyan vaqtida ham to‘xtatib turiladi. Tinim bilan, ko‘p smenali (masalan, ikki smenali) ish rejimida
ishlaydigan korxonalarda asosiy ishlab chiqarishning har sutkalik to‘xtashi bo‘lishi ham mumkin.
Shunday qilib, korxonaning ish rejimi mazkur korxona zimmasiga uning o‘z ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalar asosida yuklangan vazifalar (ishlar) hajmiga bog‘liq.
Korxonaning ish rejimidan farqli ravishda ish vaqti rejimi tushunchasi mazkur korxona xodimlarining ish vaqti taqsimotigagina taalluqli bo‘lib, bunday taqsimot har bir xodim uchun belgilangan ish vaqti muddatiga korxonaning ish rejimi doirasida ham (aytaylik, asosiy ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar uchun), asosiy ishlab chiqarish to‘xtab turgan vaqtda ham (masalan, mazkur korxonaning asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi xodimlar uchun) rioya etilishini ta’minlaydi.
Shu tartibda korxonaning ish rejimi mazkur korxona zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun kerak bo‘ladigan vaqtdir. Ish vaqti rejimi esa mazkur korxona bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan xodimlarning ish vaqti taqsimotidan iboratdir.
Korxonalar ish rejimlarining, ular tomonidan bajariladigan vazifalarning xilma-xilligini, xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini, shuningdek boshqa ko‘pgina holatlarni inobatga olib, korxonalarda ish vaqti rejimlarining turli variantlari qo‘llanilishi mumkin, ularni to‘g‘ri tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Mehnat kodeksining 120-moddasiga binoan ish haftasining turi (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi), shuningdek ish vaqtining har qanday rejimi, shu jumladan ish vaqtini jamlab hisobga olish asosidagi ish rejimi korxonalarda tegishli lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan belgilanadi.
Xodimlarga ish vaqti rejimining variantlaridan qaysi birini belgilash zarurligini aniqlashda mazkur rejim quyidagilarni ta’minlashi lozim ekanligidan kelib chiqishi lozim:

  • birinchidan, o‘z ustavi yoki nizomi bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalarni (ishlarni) to‘liq va sifatli qilib bajarish (mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, aholiga har xil xizmatlar ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan buyurtmalarni bajarish va shu kabilar);

  • ikkinchidan, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan ish vaqti hamda dam olish vaqtidan foydalanishga taallukli normalar va xodimlarning huquqlariga (ish vaqti muddatining chegarasi, kundalik va haftalik dam olishning minimal muddati va shu kabilarga) rioya etish. Korxonada haftalik dam olish kunlarini belgilash chog‘ida shuni inobatga olish kerakki, besh kunlik ish haftasida ham, olti kunlikda ham umumiy dam olish kuni yakshanbadir (Mehnat kodeksi 129-moddasining uchinchi qismi);

  • uchinchidan, xodimlarga o‘z manfaatlarini (ota-onalik burchini o‘tash, o‘qish va malaka oshirish, ijodiy ish bilan shug‘ullanish va shu kabilar) mehnat vazifalarini lozim darajada bajarish bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini berish.

Ish vaqtining u yoki bu rejimini belgilash tartibi ko‘p jihatdan ish vaqtini hisobga olishning korxonada joriy etilgan turiga bog‘liqliligiga ham e’tibor berish kerak.
Shu sababli ish vaqti rejimining korxonalarda qo‘llanib kelinayotgan variantlarini guruhlarga jamlagan holda qarab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. Birinchi guruhga ish vaqti kunbay hisobida yuritiladigan korxonalarda joriy etib kelinayotgan variantlarni birlashtirish mumkin. Ikkinchi guruhga esa ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilgan korxonalarda qo‘llanilayotgan variantlar kiradi.
Bir smena ishlanadigan korxonalarda, odatda, hamma uchun yagona ish vaqti rejimi o‘rnatiladi, bunda xodimlar mehnat vazifalarini besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasida ishga kelingan har bir ish kuni davomida bir miqdordagi ish soatlarida bajarishlari lozim. Ish vaqtining bunday rejimida kundalik ishning boshlanish va tugashi vaqti, shuningdek to‘liq tanaffus ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilab qo‘yiladi.
Boshqa korxonalarning, shu jumladan ko‘p smenali rejimda ishlaydigan korxonalarning boshqaruv apparati xodimlari uchun ham, odatda, ana shunday ish vaqti rejimi belgilanadi.
Ko‘p smenali ish rejimida ishlaydigan korxonalarda, tabiiyki, barcha xodimlar uchun yagona ish vaqti rejimini belgilab bo‘lmaydi. Shuning uchun ish vaqti rejimi bunday korxonalarning bir smena ishlaydigan xodimlariga ichki mehnat tartibi qoidalarida, smenada ishlaydiganlar uchun esa bundan tashqari ish smenasi jadvallarida belgilab qo‘yiladi. Ish smenasi jadvallarida ish haftasining turiga (besh kunlik yoki olti kunlik) qarab ish smenasi muddati (tegishlicha ko‘pi bilan sakkiz yoki yetti soat), har bir smena uchun alohida-alohida qilib ish boshlanadigan va tugallanadigan vaqt, tushlik tanaffus, bir smenadan boshqasiga o‘tish tartibi va shu kabilar belgilab beriladi.
Agar ish vaqtini kunbay hisobida yuritishda yuqorida aytib o‘tilgan talablarga xilof ravishda ish kuni (smena) muddati belgilab qo‘yilgan normadan ortiq (shu jumladan ish haftasi muddati saqlab qolingan taqdirda ham) bo‘lishini nazarda tutadigan bo‘lsa, normadan ortib ketgan vaqt ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish bilan band bo‘lingan vaqt sanaladi. Shu sababli ish vaqti kunbay hisobida yuritiladigan rejimni, aytaylik, besh kunlik ish haftasida uch smenada ishlaydigan korxona xodimlariga tadbiq etish qiyin, chunki normal ish vaqtining umumiy muddatini sutka mobaynidagi uch smenaga taqsimlash (ish vaqtini kunbay hisobida yuritishda ayni shu narsa talab etiladi) xodimlarga yo ish vaqtining qisqartirilgan muddatini belgilashni, yoki ularning dam olishi va ovqatlanishiga ajratiladigan tanaffus muddatini anchagina kamaytirishni taqozo etadi.
Ko‘p smenali rejimda ishlaydigan korxonalarda, ayrim ishlab chiqarishlar, uchastkalar, sexlarda, shuningdek ayrim turdagi ishlarni bajarishda mazkur toifa uchun belgilangan ish kuni (smena) muddatiga rioya etishning iloji bo‘lmaydi, ko‘pincha esa rioya qilish maqsadga nomuvofiq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish sharoiti yoki bajarilayotgan ishning xususiyati ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilishini talab qiladi.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish korxonada ish vaqti rejimining boshqa variantlarini ham belgilash imkonini beradi. Bu variantlar hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining umumiy muddati xuddi shu davr uchun har bir toifadagi xodimlarga belgilangan tarkibda hisoblab chiqarilgan ish vaqti normasidan oshib ketmasligini ta’minlash mo‘ljalidan kelib chiqib, muayyan kalendar davr, ya’ni hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarning ish vaqti muddati ma’lum kunlarda uzaytirilishi, boshqa kunlarda esa, tegishincha kamaytirilishi mumkin ekanligi bilan bog‘liq hollarni birlashtiradi.
Bunday rejimda ish vaqti ichki mehnat tartibi qoidalari va ish smenasi jadvallari bilangina emas, balki korxonada lokal tartibda maxsus ishlab chiqilgan tegishli nizom bilan ham taqsimlanishi mumkin.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish asosidagi ish rejimining turli variantlaridan transport sohasida, qurilishda, qishloq xo‘jaligi va boshqa ba’zi tarmoqlarda keng foydalaniladi.
Ishlarni bajarishning vaxta usulida ish vaqti rejimining alohida varianti belgilanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari qanchalik puxta ishlab chiqilmasin, bu qoidalarda korxonaning hamma xodimlari uchun ish vaqti rejimini nazarda tutish ancha murakkabdir. Hatto ish bir smenada bajariladigan joylarda ham ayrim xodimlar (masalan, asosiy ishlab chiqarishning yordamchi xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan, korxonaning ruxsatnoma asosidagi kirish-chiqish rejimini yoki qo‘riqlashni amalga oshirayotgan, joylarni, binolarni tozalash bilan shug‘ullanayotgan xodimlar, navbatchi elektrchilar, mexaniklar, santexnika ustalari, avtotransport haydovchilari va shu kabilar) uchun belgilangan ish vaqti rejimi asosiy ishlab chiqarish xodimlari uchun belgilangan variantga mos kelmasligi mumkin.
Smenali ishlanadigan korxonalar xodimlarining ish vaqtiga taalluqli barcha masalalarni ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutishning amalda iloji ham yo‘q.
Bunday korxonalarning qoidalarida asosan ish smenalari soni, har smenadagi ishning (tushlik tanaffusning) boshlanish va tugash vaqti aks ettiriladi. Ularda odatda necha ish kunidan keyin bir smenadan boshqasiga o‘tilishi va bunday o‘tish tartibi, necha ish kunidan keyin smenalararo va umumiy dam olish kunlari berilishi hamda ularni berish tartibi (ya’ni maxsus jadvallar bo'yicha yoki hammaga bir yo‘la) aniqlab qo‘yilmaydi. Shu sababli bunday hollarda xodimlarning ish vaqtini ichki mehnat tartibi qoidalaridan bo‘lak, ish smenasi (ish) jadvallari bilan ham taqsimlagan maqsadga muvofiqdir. Ish smenasi (ish) jadvallari ish vaqtini bor xodimlarga taqsimlashi mumkin, ya’ni ularda alohida brigadalarga (smenaga) birlashuvchi xodimlarning familiyalari yoki guruhlari ko‘rsatiladi. Bunda jadval asosida belgilab qo‘yilgan ish vaqti rejimi u yoki bu brigada (smena) hisobida turuvchi barcha xodimlarga taalluqli bo‘ladi.
Jadvallarning mazmun-mohiyati va shakli ko‘p jihatdan sutkadagi ish smenalari soniga, har bir smenadagi ish vaqti muddatiga, hisobga olinadigan davr muddati va boshqa talaygina masalalarga bog‘liq. Ammo ish smenasi (ish) jadvallarini tuzishda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan umumiy talablarga rioya etish zarur.
Birinchidan, jadvallarni tuzishda shu narsaga e’tibor berish kerakki, jadvallar ularda tayin etilgan davr mobaynida xodimlar o‘zlariga belgilangan ish vaqti muddatiga rioya etishini ta’minlaydigan bo‘lsin. Bunda ish vaqti jamlab hisobga olingan taqdirda ish smenasi muddati o‘n ikki soatdan, qonun hujjatlariga muvofiq ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishda cheklashlar belgilangan shaxslarning (voyaga yetmagan xodimlarning, I va II guruh nogironlari va shu kabilarning) ish smenasi muddati esa, olti kunlik ish haftasida 7 soatdan va besh kunlik ish haftasida 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. Hisobga olinadigan davrdagi ish soatlarining umumiy muddati mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarda u yoki bu toifadagi xodimlar uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshib ketishi mumkin emas.
Ikkinchidan, ish smenasi jadvallari xodimlarning smenalar bo‘yicha bir maromda almashib turishini nazarda tutishi kerak, ya’ni bir smenadan boshqasiga
o‘tish jadvalda belgilangan vaqtda muayyan ish kunlaridan keyin amalga oshirilishi lozim. Jadval xodimlarni surunkasiga ikki smena mobaynida ishga jalb etishni nazarda tutmasligi zarur. Bir smenani tugatib, ikkinchisini boshlash oralig‘idagi dam olish vaqti muddati kamida o‘n ikki soat bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari ish smenasi jadvallarini tuzishga amaliyot taqozosi bilan ham qator talablar qo‘yiladi.
Chunonchi, foydalanish qulay bo‘lishi uchun jadvallarda ishlatilgan shartli belgilarga izoh berib tushintirilgan, hisobga olinadigan davrning belgilangan jadvali muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jadvalga kiritilgan har bir toifadagi xodimlar uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan ish vaqti normasi, ish smenasi va brigadasi soni hamda ish vaqti bilan dam olish vaqtini taqsimlashga taalluqli boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Foydalanishda qulayligi, shu bilan bir qatorda ko‘zga yaqqol tashlanishi ham ta’min etiladigan ish smenasi jadvallarining shakli va matni korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Jadvallarni tuzishda ularning yaqqol ko‘zga tashlanishiga erishish uchun ish smenasining ilgarigi namunaviy shaklidan foydalanish mumkin. Biroq ish vaqtining hisobi va taqsimotini belgilashda Mehnat kodeksida nazarda tutilgan talablariga asoslanishi zarur.
O’zbekistan Respublikasi xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida ish smenasi jadvallarining namunaviy variantlari ishlab chiqilishi mumkin.
Moslashuvchan ish vaqti rejimi - ish vaqtidan foydalanishning shunday usuliki, bunda korxonaning ayrim xodimlari (xodimi) uchun yoki bo‘linmalari (bo‘linmasi) jamoasi uchun ish vaqti muddatini muayyan doirada ularning (uning) o‘zi tomonidan boshqarib borishiga yo‘l qo‘yiladi. Aniqroq qilib aytganda, xodim o‘zi uchun belgilangan moslashuvchan ish vaqti rejimining variantiga qarab muayyan kalendar davrda kundalik ish vaqtining boshlanish va tugashi paytini yoki ish kunlari soni va muddatini o‘zi belgilaydi. Faqat bitta sharti joriy etilgan, ya’ni xodim ish vaqti normasini albatta ishlab berishi kerak. Shuning uchun ham moslashuvchan ish vaqti rejimi, ko‘proq mehnatiga bajarilgan ishning natijalarga
qarab haq to‘lanadigan hamda ishi boshqa xodimlarning mehnatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan xodimlarga belgilanadi.
Moslanuvchan ish vaqti rejimini joriy etish uchun, birinchidan, xodim o‘z ish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda boshqarib borishga haqli bo‘lgan doiraning aniq ko‘rsatkichlarini, ikkinchidan, xodim o‘zi uchun belgilangan ish vaqti normasini (ish kuni, haftasi, oyi va hokazolarni) qancha muddatda ishlab berishi lozim ekanligini aniqlab olishi g‘oyat muhimdir.
Moslashuvchan ish vaqti rejimining muayyan varianti ish vaqtining boshqa rejimlari kabi, Mehnat kodeksi 120-moddasiga binoan, ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuviga binoan bevosita mehnat shartnomasi bilan joriy etiladi.
Moslashuvchan ish vaqti rejimining tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling