Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi


Download 1.26 Mb.
bet44/55
Sana20.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1631029
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi Mexnatmuhof

qayd etib qo‘yilgan ish vaqti – ya’ni, xodim o‘z ish joyida bo‘lishi shart bo‘lgan vaqt. Uning muddati ishlab chiqarish jarayoni normal borishi va xizmat bilan bog‘liq aloqalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan tayin etiladi;
o‘zgaruvchan ish vaqti – xodim ishni o‘z ixtiyori bo‘yicha boshlash va to‘xtatishga haqli bo‘lgan doiradagi vaqt. Bunday vaqt hisobga olinadigan davr deb kelishilgan muddatda xodim belgilangan ish vaqti normasini ishlab berishini ta’minlab beradi;
ishdagi tanaffuslar – vaqtning xodim dam olish va ovqatlanish, bolani emizish va boshqa maqsadlar uchun o‘ziga belgilangan tanaffuslardan foydalanishga haqli bo‘lgan davri.
Ishdagi tanaffuslar o‘z navbatida qayd etib qo‘yilgan (ularning boshlanishi va tugash vaqti jadvalda tayin etilgan bo‘ladi) yoki o‘zgaruvchan (ulardan foydalanish vaqtini xodimning o‘zi aniqlaydi) bo‘ladi.
Hisobga olinadigan davrga moslashuvchan ish vaqti rejimining muhim qismi sifatida qarash kerak, chunki u vaqtning shunday davriki, bu davr mobaynida
xodimlar qayd etib qo‘yilgan va o‘zgaruvchan ish vaqtidan foydalanganda o‘zlari uchun belgilangan ish vaqti muddati normasini ishlab berishlarini ta’minlaydi.
Moslashuvchan ish vaqti rejimlari asosiy qismlarining, hisobga olinadigan davrning aniq muddati va ulardan foydalanish tartibi korxona tomonidan belgilab qo‘yiladi, moslashuvchan ish vaqti rejimining u yoki bu variantini ham asosan shu tartibda belgilanadi.

3-Mavzu:Mehnat gigienasi,fiziologiyasi va psixologiyasining asosiy tushunchalari.
Reja:
1. Mehnat gigienasi
2. Mehnat fiziologiyasi 
Mehnat gigienasi-profilaktika tibbiyotining bo’limi bo’lib, inson organizmiga mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti omillarining ta’sirini o’rganadi.
Bundan maqsad ishlovchilarga kasbiy kasalliklar va boshqa noqulay sharoitlarning ta’siri ilmiy tomondan asoslanadi. Ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlari mehnat gigienasining o’rganish predmeti hisoblanadi. Mehnat sharoitlarining inson organizmiga ta’sirini sifatli va sonli baholash mehnat gigienasining asosiy vazifasi sanaladi. Mehnat gigienasining kundalik vazifalari xalq xo’jaligini rivojlatirish bilan belgilaadi va mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishga, hamda kasbiy kasalliklari bartaraf etib, har tomonlama yaxshilashga yo’naltirilgan. Mehnat gigienasi umumiy va xususiy bo’lishi mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling