Учқўрғон туман мактабгача таълим бўлимига қарашли 4-сонли мактабгача таълим


Download 96.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi96.5 Kb.
#253432
Bog'liq
1.01.20201Кузатув кенгаши таркиби


Uchqo’rg’on tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim

tashkilotining 2020-2021 o’quv yili uchun shakllantirilgan

KUZATUV KENGASHI TARKIBI



I.F.O

Lavozimi

Ish joyi

Telefon raqami

1

Alixanova Xuriyat Toshtanovna

Kengash raxbari

Nafaqada

93 050 65 05

2

Axmadjanova Inoyat Abdurasulovna

Kengash kotibi

15 MTT

94 907 69 04

3

Toshmirzaev Baxriddin Fazlidin o’g’li

MTB vakili

Uchqo’rg’on MTB inspektori

93 705 30 70

4

Qo’chqarova Zarifa Muxammadniyozovna

MFY vakili

Navbaxor MFY

93 948 19 33

5

Yuldasheva Shoxida Ikromjanovna

MTT vakili

4 MTT

93 678 45 46

6

Mamadalieva Salima Sultanovna

MTT vakili

4 MTT

99 300 61 31

7

Yusupova Marxabat Abduraxmanovna

Ota-ona vakillari

Navbaxor MFY

94 305 75 07

8

Raximjanova Shaxnoza Toirovna

Ota-ona vakillari

9-maktab

97 573 03 60

9

Xusanova Fotima Abdusattarovna

Ota-ona vakillari

4 MTT

88 825 30 31

10

Akbarova Raxima Xamidovna

Ota-ona vakillari

Nafaqa

94 179 64 12

11

Nuriddinova Nargiza Parpievna

Ota-ona vakillari

46 DMI

93 052 50 05

12

Normatova Zamira Maxamadjanovna

Ota-ona vakillari

Uchqo’rg’on tuman Yangier trikataj

94 154 03 16

13

Mirzalieva Asida Muxammadalievna

Ota-ona vakillari

8 maktab

94 172 79 85

14

Xolmirzaeva Nazira Shavkatjanovna

Ota-ona

Uztex qo’shma korxona

97 255 11 14

15

Yuldashev Umidjon Ismoiljanovna

Ota-ona

BTP jamg’armasi

93 678 45 46

Uchqo’rg’on tuman maktabgacha ta’lim tashkilotiga qarashli

4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’yicha

B U Y R U Q
Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari ota-onalarini badal pulidan ozod etish xaqida

O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2016 yil 23 avgust kuni 2821-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotida” bolalar ta’minotiga xaq to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga asosan kam ta’minlangan oilalar bolalarini ozod etish tartibiga amal qilgan xolda maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi tavsiyasi va bayoniga asoslanib



  1. Kuzatuv kengashining qaroriga asosan tashkilotda 20 nafar bola ota-ona badal to’lovidan ozod etilsin

  2. Ushbu buyruq va ro’yxatning bir nusxasini maktabgacha ta’lim bo’limiga taqdim etilsin

  3. Ota-onalar badal pulidan xar bir guruxdan yoshiga mos xolda guruxdan 2 tadan bola taqsimlansin.

  4. Ushbu buyruqni bajarilishini o’z zimmamda qoldiraman


4-sonli MTT mudirasi: M.Abduraxmanova

O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 21 noyabrdagi 2-mx buyrug’iga

ILOVA

Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi xaqidagi

NAMUNAVIY NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ 3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari xamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.



Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tadbiq etiladi.

Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.

2. Kengash yuridik shaxs xisoblanmaydi va davlat ro’yxatidan o’tkazilmaydi.

Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ xisoblnadi.

3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;

maktabgacha ta’lim tuman (shaxar) bo’linmasi (bundan buyon matnda xududiy bo’linma deb yuritiladi) tomonidan tafsiya etilgan nomzodlar tarkibida maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbarini saylash;

tashkilotning maqsadlari va vazifalarini xamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko’rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish



4. Kengash o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari xamda boshqa qonun xujjatlari, shuningdek tashkilotning Ustavi xamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

KENGASHNING VAZIFALARI

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

Xududiy bo’linma tomonilan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot raxbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish xaqida takliflar kiritish;

tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

tashkilot faoliyatini takomillashtirish, molifviy-xo’jalik xolati, daromadlari va xarajatlar, byudjetdan tashqari xamda xomiylik mablag’laridan foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida tashkilot raxbarining xisobotlarini tinglash;

tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko’rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara xaqi miqdorini, shu jumladan auktsiondagi boshlang’iy narxni tashkilot raxbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

tashkilot raxbari, pedagog va boshqa xodimlarning foaliyati bo’yicha ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish xamda ularni yaxshilash bo’yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va xomiylari bilan xamkorlik qilishda amaliy yordam ko’rsatish;

tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo’nalishlarni belgilan bo’yicha ta’lim tashkiloti raxbarining dastur va rejalari yuzasidan xududiy bo’linmaga takliflar kiritish;

tashkilotning xodimlarini rag’batlantirish bo’yicha xududiy bo’linmaga takliflar berish;

Kengash qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin



Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish

Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish xamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkilot raxbariga ko’maklashish uchun xar bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.

Kengash 11 kishidan kam bo’lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibida muassasning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar tegishli xududiy bo’linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va xomiylari orasidan 2 nafar xamda xar bir guruxda tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar a’zo kiritiladi

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

Kuzatuv kengashi xar bir guruxdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati, xududiy bo’linma xodimlari orasidan shakllantiriladi.

Kengashning birinchi yig’ilishida ishtirok etayotgan a’zolari umumiy sonining oddiy ko’pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi xisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.

Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi xar o’quv yili boshida ko’rib chiqilishi mumkin.

Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.

Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig’ilishida ochiq ovoz berish yili bilan saylanadi.

Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o’rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.

tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilar Kengashga yashirish ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

Kengash a’zoligiga xududiy bo’linma vakili tegishli tuman (shaxar) maktabgacha ta’lim bo’linsasi buyrug’ bilan tayinlanadi.

tashkilotning raxbari yoki uning o’rinbosarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Kengash a’zosi Kengashning yig’ilishlarida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.



Kengash yig’ilishlarini tashkil qilish va o’tkazish


Kengashning birinchi yig’ilishi tashkilot raxbari tomonidan tashkillashtiriladi va o’tkaziladi.

Kengash xar chorakda kamida bir marta yig’iladi.

Kengash yig’ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Kengash yig’ilishida uning umumiy a’zolaridan 60 % ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.

Kengash o’z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.

Kengash qarorlari a’zolarning teng xuquqliligi asosida oddiy ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan xollarda Kengash raisining ovozi xal qiluvchi xisoblanadi.

Kengash yig’ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.

Kengash raisi o’z vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati bo’lmagan xollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda tashkilot va xududiy bo’linma xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.

Kengash yig’ilishida tashkilot raxbari yoki uning o’rinbochari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Kengash yig’ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirishi va o’tkazilishi xamda xujjatlarning to’g’ri va to’liq rasmiylashtirishi uchun Kengash raisi xisoblanadi.

Kengash yig’ilishi o’tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muxokama etiladigan tashkilotlar xaqida Kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul xisoblanadi.

tashkilot raxbari Kengash yig’ilishlarini o’tkazish va uning ishini tashkil qilish (xujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo’lgan xona, tashkilot faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlar va kontselyariya jixozlari) uchun mas’ul xisoblanadi.

Kengashning faoliyati bo’yicha ma’lumotlarni xar chorakda tashkilotning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki tashkilotning barcha ko’rishi mumkin bo’lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.

Kengash yig’ilishlari o’tkazilganligi xaqida bayonnomalar kengash yig’ilishi o’tkazilgan kundan boshlab 3 kundan ko’p bo’lmagan muddatda xududiy bo’linmaga taqdim etilishi lozim.



Kengashning xuquq va vakolatlari

Kengash o’ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi xuquqlarga ega;

Tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo’yicha tashkilot raxbaridan ma’lumotlar so’rash va olish.

Tashkilotning moliyaviy xisobotlari bilan tanishish

Xomiylik va xayriya mablag’larini kirim qilinishi va sarflanishi xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishish

Tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro’sini ximoya qilish bo’yicha takliflar qiritish



Yakuniy qoidalar

Kengashning faoliyatiga tashkilot raxbari, xududiy bo’linma maxalliy xokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.

tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot raxbari, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag’larini yig’ilish qat’iyan taqiqlanadi.

Mazkur Nizomaybdor bo’lgan shaxslar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Bandlikka va mexnat munosabatlari vazirlishi xamda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling