Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
birinchidan, Farg’ona viloyati sanoatining mintaqa masshtabida nisbatan keng diversifikatsiyalanganligi, ikkinchidan
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqadagi mavjud qo’shma korxonalar haqida umumiy ma’lumot T/R Viloyatlar nomi 2005 yil 2008 yil
birinchidan, Farg’ona viloyati sanoatining mintaqa masshtabida nisbatan keng
diversifikatsiyalanganligi, ikkinchidan, sanoatning tarmoq tarkibida O’zbekiston milliy iqtisodiyoti darajasida ustuvor hisoblangan neftni qayta ishlash, kimyo, 2.1-jadval Mintaqadagi mavjud qo’shma korxonalar haqida umumiy ma’lumot T/R Viloyatlar nomi 2005 yil 2008 yil 2013 yil 1 Namangan
67 62 70 2 Andijon
73 87 108 3 Farg’ona
87 88 116 Jami: 227
237 294
Jadval viloyatlar Iqtisodiyot Boshqarmalari ma’lumotlari asosida tuzilgan. qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati kabi tarmoqlarning yuqori darajada rivojlanganligi, uchinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanganlik darajasining yuqoriligi kabilarni keltirish mumkin. Farg’ona viloyatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida yuzdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
Jalb etilayotgan investitsiyalar salmog’i yil sayin ortib bormoqda. Bu esa, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va uning istiqbolini ta’minlashdan xorijiy sarmoyadorlar ham manfaatdor ekanliklarini ko’rsatib turibdi. Respublika Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bu soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2012 yili viloyatda moliyalashtirishning barcha manbalari bo’yicha 1 trln. 382 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi. Uning 12,3 foizini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Hududiy investitsiyalar doirasida 45 ta loyiha ishga tushirildi. 11 ta qo’shma korxona tashkil etildi. Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va xitoylik sarmoyadorlar bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. Natijada, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd. 66 mln. AQSH dollaridan oshib ketdi. 436 mln. AQSH dollarilik mahsulot eksport qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda atigi 2 ta korxona tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunda 105 ta ana shunday korxona ishlab turibdi (3-ilova). Keyingi yillarda kimyo, neft-gaz, energetika, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, xususiy biznes, yengil va oziq-ovqat sanoati ob’ektlarida yuzlab yangi loyihalar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. CHet el investitsiyasi ishtirokidagi zamonaviy korxonalardan biri – Qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Indorama tekstil” qo’shma korxonasidir. Ushbu korxona “nol” qiymatda 55 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan singapurlik sarmoyadorlarga sotilgan edi. Endilikda yuzlab mahalliy yoshlar mehnat qilayotgan korxonada paxta tolasidan xalqaro standartlarga mos keladigan sifatli ip ishlab chiqarilmoqda. Korxonada SHveytsariya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy mashina, uskuna va texnologiyalardan oqilona foydalanib, yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Yiliga yetti ming tonnagacha sifatli ip ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan bu korxona mahsulotlari Ispaniya, Belgiya, Frantsiya, Italiya, Braziliya, Argentina, Venesuela, Peru, Dominikan Respublikasi, Bangladesh singari o’ndan ortiq mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Farg’ona shahrida ishga tushirilgan “UzSungwoo” qo’shma korxonasi ham xorijiy investorlar bilan hamkorlik samarasidir. Bu korxona tomonidan Asakadagi avtomobilsozlik zavodiga har yili 120 mingta detallar jamlanmasi yoki 83 mln. AQSH dollari miqdorida ehtiyot qismlari yetkazib berilmoqda. Respublika avtomobilsozligining faxri hisoblangan “SHevrolet” va “Kobalt” avtomobillari ishlab chiqarishda farg’onaliklar ishlab chiqarayotgan ehtiyot qismlar juda qo’l kelmoqda. Ayni paytda korxonani yanada kengaytirish va yuzlab yangi ish joylari yaratish rejasi amalga oshirilmoqda. 2012 yilning dekabrida ishga tushirilgan “Fergana-Turon-Textile” O’zbekiston–Janubiy Koreya qo’shma korxonasi ham viloyatning investitsion salohiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Dastlab 100 nafar ishchi bilan ish boshlagan korxonada hozir 400 nafardan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda. Bu yerda paxta tolasidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ichki bozordan tashqari dunyoning o’nlab rivojlangan davlatlariga eksport qilinmoqda. Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoy davlatlari ishbilarmonlari farg’onalik tadbirkorlarning asosiy hamkorlari hisoblanadi. Ana shunday hamkorlik samarasida o’tgan yili Dang’ara tumanida ishga tushirilgan “Bur sol shoce”, Toshloq tumanidagi “Tekstil postavka” hamda Qo’qon shahridagi “Buluttekstil” qo’shma korxonalarida dastlabki mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Farg’ona shahrida turizm yo’nalishida xitoylik ishbilarmonlar bilan birgalikda “Ziyorat palace” qo’shma korxonasi faoliyati yo’lga qo’yilgan. Qo’qon shahridagi “Imono grup” qo’shma korxonasiga qo’shimcha ravishda investitsiya jalb etilib, zamonaviy dastgohlar o’rnatilgan. Ayni kunda bu yerda bir necha turdagi bolalar poyabzallari tayyorlanmoqda. Umuman, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’tgan yili ellik turdan ortiq 787 milliard so’mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilgan, 149,2 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar eksport qilingan.
Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “UZSUNGWOO” qo’shma korxonasi, “O’zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, Janubiy Koreyaning “Sungwo hitch Co.LDT” hamda “I-Zone. Co.LDT” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan. Unga 47,8 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilib, xorijning zamonaviy texnologiyalari o’rnatilgan. Natijada, bu yerda 453 yangi ish o’rni yaratilgan. Korxonada “GM Uzbekistan” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan “Chevrolet Cobalt” rusumli avtomobillar uchun 183 turdagi butlovchi qismlar tayyorlanmoqda. Bu yerda yiliga 82,7 million dollar miqdoridagi butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda farg’onaliklar Janubiy Koreyaning oshxona jihozlari ishlab chiqaruvchi “Seongchang Benefica Co.Ltd.”, uylar uchun konditsionerlar va isitish moslamalari tayyorlovchi “SEL Air Conditioning Co.Ltd”, plastmassadan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Gummyeong Industry”, tayyor tekstil mahsulotlari va yotoqxona choyshablari ishlab chiqaruvchi “Micro Corporation” kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik o’rnatish yuzasidan ish olib bormoqdalar. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq korxonalari samaradorligi bo’yicha Andijon viloyati nafaqat mintaqada, balki, butun respublikada ham yuqori o’rinni egallaydi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat ishlab chiqarishiga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar samarasida Andijon viloyatining respublika sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 1991 yildagi 11-o’rindan 2010 yilga kelib 6-o’ringa ko’tarildi. Birgina keyingi 7 yil ichida Andijon viloyatidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 47 tadan 108 taga, ular tomonidan tayyorlangan mahsulot hajmi esa 1,1 trln. so’mga, ushbu sektorda ishlovchilar soni esa 22,4 ming kishiga yetdi (Farg’ona viloyatida 11538 kishi). Andijon viloyatidagi sanoat tarmog’idagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar viloyat jami sanoat mahsulotlarining 79 foizini tashkil etadi. Viloyatdagi sanoat mahsulotlari eksportidan kelib tushayotgan mablag’larning 89,1 foizi, importning 95 foizi aynan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga tegishli. Namangan viloyati sanoatiga 2011-2015 yillarda jami 56 ta investitsion loyihani amalga oshirish, 174,5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ayni paytda Namangan viloyati iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 70 korxona mavjud (4-ilova). Xorijiy investitsiyalar oqimining asosiy yo’nalishi, bu – yengil sanoat tarmog’idir. CHunki, viloyat iqtisodiyotida yengil sanoat tarmog’i katta ahamiyatga ega bo’lib, jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning 40 foizi va eksportning 50 foizdan ortig’i mazkur sohaga to’g’ri keladi. Namangan viloyatining yengil sanoatiga kiritilgan va o’zlashtirilgan investitsiya 2006-2011 yillarda jami 148,7 mlrd. so’mni tashkil etib, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ulushi 41,2 foizga yetdi. Tahlil qilinayotgan yillar davomida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,2 barobarga oshgan bo’lsa, ularning eksporti hajmi 2005 yildagi 0,29 mln. AQSH dollaridan 2011 yilda 40,6 mln. dollargacha ko’paydi. SHuningdek, 2007-2011 yillarda jalb etilgan investitsiyalarning har 1000 AQSH dollari hisobiga ishlab chiqarish 726 ming so’mga va eksport esa 419 AQSH dollariga ko’payishiga erishildi (2.2-jadval). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling