Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Mintaqa avtomobilsozlik sanoatining mintaqalararo kooperatsion


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

2.3. Mintaqa avtomobilsozlik sanoatining mintaqalararo kooperatsion

aloqalarni rivojlantirish va sanoat klasterini barpo etishdagi o’rni

Mustaqillik yillarida Farg’ona mintaqasida mashinasozlik sanoati, ayniqsa,

avtomobilsozlik istiqbolli tarmoqqa aylandi. O’zbekistonda avtomobilsozlik

sanoatiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq asos solindi va izchil rivojlanish

bosqichlarini bosib o’tdi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi Davlat

delegatsiyasining 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan

rasmiy tashrifi chog’ida DAEWOO korporatsiyasi tizimidagi zavodlar bilan

tanishuvlar uyushtirildi va 1992 yil iyul oyida O’zbekiston hamda Janubiy Koreya

tomonidan Asaka shahrida avtomobil zavodining qurilishi to’g’risidagi

Memorandum davlatlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish

to’g’risidagi “dastlabki hujjat”lar doirasida imzolandi.

1992 yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan

hamkorligida O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo

qilish to’g’risida kelishib olindi.

Korxonani tashkil qilish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi 1992 yil 5 noyabr «Selxozmash» kontserni va DEU korparatsiyasi

bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O’zDEU avto» qo’shma

korxonasini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi. Korxona Andijon

viloyatining Asaka shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil

etildi va 1993 yilning mart oyida avtomobil ishlab chiqaruvchi birinchi zavod

«O’zDEU avto» nomi bilan ro’yxatga olindi. «O’zDEUavto» kompaniyasi

O’zbekiston hukumati va Janubiy Koreyaning Daewoo Motor kompaniyasi

o’rtasida tashkil etilgan bo’lib, Asakadagi avtozavod 1996 yili foydalanishga

topshirilgan. Zavod yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga

ega. 2005 yili O’zbekiston Daewoo’ga tegishli 50 foiz aktsiyani sotib olgan va

2007 yil oxirida esa «O’zavtosanoat» va General Motors o’rtasida «O’zDEUavto»

zavodi bazasida GM Uzbekistan kompaniyasini tashkil etish haqida bitim

imzolangan. GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2008 yili «O’zDEUAvto»

bazasida AQSHning General Motors va «O’zavtosanoat» AK o’rtasida tashkil

etilgan. GM korxona aktsiyalarining 25 foiziga egalik qiladi va o’z ulushini 40

foizga oshirishi mumkin. GM Uzbekistan’ning 75 foiz aktsiyasi

«O’zavtosanoat»ga tegishli.

Asaka shahridagi “GM-Uzbekistan” avtomobil zavodiga yetkazib

beriladigan ehtiyot qism va xom ashyolar mahalliylashtirish dasturi doirasida




nafaqat Andijon viloyati, balki, Farg’ona va Namangan viloyatlarida ham

kooperatsiyada ishlaydigan bir qator korxonalar ixtisoslashtirildi. (Qo’qon

shahridagi “Elektromash”, Quvasoydagi “Kvarts”, Namanganda barpo etilgan

“O’zCHazis” qo’shma korxonalari kabilar). Mazkur korxonalar tomonidan

avtomobillar uchun kuzov, fara va fonar, oyna hamda boshqa ehtiyot qismlar

ishlab chiqariladi.

Avtomobilsozlik sanoati boshqa ustuvor sanoat tarmoqlariga nisbatan

sezilarli darajada texnologik murakkablikka ega bo’lib, o’z navbatida texnologik

murakkablikning yuqori darajasi boshqa teng sharoitlarda ushbu tarmoq tarkibiy

o’zgartirish jarayonlariga boshqa tarmoqlarga qaraganda ko’proq ulush qo’shishini

hamda murakkab kooperatsion aloqalarga asoslanishini anglatadi (2.7-rasm).


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling