II-Bob bo’yicha xulosa
Ikkinchi bob xulosasi sifatida yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib
ta’kidlash lozimki, hududiy Dasturlarni qabul qilish ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning hududiy darajalaridagi keskinlikning bir muncha yumshatish
imkoniyatini yaratishdan tashqari mamlakat iqtisodiyotini jadallashtirishga ham
xizmat qiladi. SHuning uchun hududiy dasturlar tuzishda ilmiy-amaliy ishchi
guruhlari shakllantirilishi va ularga viloyat boshqarmalari, olimlar va yetakchi
korxonalar vakillari jalb etilib, har bir yangi loyihalarni oldindan tahlil qilish va
tegishli xulosalar tayyorlash, tavsiyalar berish lozim.
Ayni paytda xorijiy investitsiyalar samarasida vujudga kelgan va bugungi
kunda tobora mukammal darajada rivojlanib borayotgan milliy avtomobilsozlik
sanoati kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, mamlakat mintaqalari o’rtasida
koopertsion aloqalarni kuchayishiga, yagona xo’jalik tizimini shakllanishiga olib
keladi.
Mamlakatning turli qismlarida joylashgan avtomobilsozlik ishlab
chiqarishlarini rivojlantirish ko’proq teng darajada hududiy rivojlanishga va
mintaqaviy mutanosibsizliklarning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |